45
fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-
qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq
maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz.
Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh
mezoniga aylanadi. Shunda odam olomon bo‘lib, har lahzada serkaga
ehtiyoj sezib emas, aksincha – o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati, o‘z
mas’uliyati bilan, ongli tarzda, ozod va hur inson bo‘lib yashaydi”.
1
Biz ma’naviy qadriyatlar va ularning shaxs ma’naviy madaniyatida
tutgan o‘rni xususida ushbu mavzuning oldingi bo‘limlarida ham
to‘xtalib o‘tgan edik. Umuman olganda, ma’naviy qadriyatlarning
shaxs ma’naviy madaniyatini shakllantirishda tutgan o‘rnini
quyidagilar orqali ifodalashimiz mumkin:
Ma’naviy qadriyatlar har bir millatning o‘z ona tilida
yaratilganligi tufayli ushbu tilning naqadar jozibali ekanligini
namoyon etadi. Bu esa shaxsda o‘z ona tiliga bepisand bo‘lmaslik
tuyg‘usini rivojlantiradi.
Ma’naviy qadriyatlar har bir millatning o‘zligini namoyon etadi.
Chunki, ular bevosita shu millatning ruhiyati asosida shakllangandir.
Ma’naviy qadriyatlar har bir shaxsni o‘z xalqi va vatani tarixini
sevishga, o‘z ajdodlari bilan har lahzada faxrlanishga undaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganlardan ko‘rinib turganidek, ma’naviy
qadriyatlarni qadrlash, ulug‘lash va rivoj toptirish, o‘z xalqiga
mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘ladigan ma’naviy barkamol
insonning muqaddas burchidir.
Dostları ilə paylaş: