Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarish



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarish.
 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarishga umumiy 
rahbarlik, Respublika ta’lim tizimini boshqarishda bir qator davlat 
a’zolarining ishtiroki, ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat 
a’zolarining huquqlari.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlar.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilinishi va rivojlantirishning 
tarixiy ahamiyati,
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq 
ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali 
integratsiyalashuvini ta’minlash, uzluksiz ta’lim va kadrlar 
tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, 
chet el investitsiyalarini jalb etishning real mexanizmlarini ishlab 
chiqish va amaliyotga joriy etish, kadrlar tayyorlash sohasida 
o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, kadrlar 
tayyorlash milliy modeli. 
48
2.1. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va ta’lim turlari
Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual 
asoslari hisoblanmish O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘ri-
sida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da davlatimiz 
ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta’limning ustuvor deb e’lon qilinishi 
Pedagogika fani zimmasiga juda katta mas’uliyatli va ulug‘vor 
vazifalarni yukladi.
1997-yilning 29-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim 
to‘g‘risidagi»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul 
qilindi. Ularda ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh 
qilishga oid asosiy yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib berildi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi ta’lim-tarbiya tizimida keng
islohotlar o‘tkazishga zamin yaratdi. Qonunga muvofiq ta’lim-tarbiya 
va o‘quv jarayonlarining tarkibi, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy 
bog‘lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish, ta’lim-
tarbiya tizimini bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik 
davlatlar talablariga javob bera oladigan qilib tashkil etishga 
yo‘l ochildi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonunining maqsadi fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar 
o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim 
olish mumkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashdan 
iboratdir. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 
1-bo‘limi “Umumiy qoidalar” deb nomlanadi. Unda ta’lim sohasidagi 
davlat siyosatining asosiy prinsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat 
bilan shug‘ullanish huquqlari, ta’lim muassasasining huquqiy 
maqomi, DTS, ta’lim berish tili kabi masalalar o‘z ifodasini topgan.
“Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunning 2-bo‘limida ta’lim tizimi 
va turlari mohiyati yoritilgan.
Respublikamizdagi ta’lim tizimi: 
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga 
oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini; ta’lim tizimini 
rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini 
bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sohasidagi davlat 


49
boshqaruv a’zolari, shuningdek ul
arga qarashli korxona, muassasa 
va tashkilotlarni qamrab oladi.
Mazkur qonunning 10-moddasida ta’lim 
quyidagi turlarda amalga 
oshirilishi ko‘rsatiladi: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta talim, 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, 
maktabdan tashqari ta’lim
Qonunning 2-bo‘lim, 11– 17-moddalarida
har bir ta’lim turining mohiyati qisqacha yoritib beriladi. Unda 
ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, 
maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini 
ko‘zlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6–7 yoshga yetgunicha davlat 
va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalalar muassasalarida hamda 
oilalarda amalga oshiriladi.
Qonunning uchinchi bo‘limi ta’lim jarayoni qatnashchilarini 
ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ta’lim oluvchilarni 
va ta’lim muassasasi xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, yetim hamda 
jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish 
masalalari qonuniy ifodasini topgan. 
Qonunning to‘rtinchi bo‘limida ta’lim tizimini boshqarishdagi 
Vazirlar mahkamasining, ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat 
a’zolarining va mahalliy davlat hokimiyati a’zolarining vakolatlari 
ko‘rsatilgan bo‘lsa, beshinchi bo‘limda yakuniy qoidalar ifodalangan.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli zamonaviy pedagogikaning 
konseptual asosi hisoblanib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh 
qilish, ularni tayyorlash tizimini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan 
chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 5 bo‘limdan iborat 
bo‘lib, unda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish omillari, dasturning 
maqsadi, vazifalari va uni ro‘yobga chiqarish bosqichlari, kadrlar 
tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, dasturni 
ro‘yobga chiqarishga oid chora-tadbirlar belgilab berilgan. Dasturning
3-bo‘limida kadrlar tayyorlashning milliy modeli mohiyati yoritilgan. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari 
jamiyatimizda yashayotgan har bir inson va fuqarolarning ilm olish 
huquqini, ularning kasb tanlash va malaka oshirish imkoniyatlarini 
50
kengaytiradi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ning tarkibiy qismlari: 
shaxs, davlat va jamiyat, fan, ishlab chiqarish, uzluksiz ta’limdir.
Mamlakatimizda “Uzluksiz ta’lim” – malakali raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini: 
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi, oliy ta’lim , oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari 
ta’limni, DTSni, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat 
ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.
“Uzluksiz ta’lim tizimi inson va jamiyatning turli xil ta’limiy 
ehtiyojlarini qondirishi, bilimlarning qadr-qimmati va mavqeini 
ko‘tarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishi, shuningdek 
iqtisodiyotning o‘zgaruvchan e’tiyojlari sharoitida umum ta’limiy, 
umummadaniy, kasbiy va ilmiy asosda mutaxassislar tayyorlash yo‘li 
bilan fundamental bilimlar berib shaxsni ijtimoiy himoya qilishni 
ta’minlashi kerak”
1

O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgan 
dastlabki kunlardayoq respublikada ta’limni tashkil etish sohasida tub 
islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va 
jahon ta’limi darajasiga ko‘tarish kabi masalalarga alohida e’tibor 
qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim sohasidagi davlat 
siyosatining asosiy tamoyillari hamda ta’limning O‘zbekiston 
Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo‘nalishi deb 
e’lon qilinganligi bilib belgilanadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosati tamoyillari quyidagilardan 
iborat:
− ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda 
ekanligi;
− ta’limning uzluksiz va izchilligi;
− umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining 
majburiyligi;
− o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini tanlash ixtiyoriyligi;
1
Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o

zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. T., “Sharq”, 1998-y, 42-bet


51
− ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
− 
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma 
uchun ochiqligi;
− ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan 
yondashuv;
− bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
− ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin