Bakalavriat – mutaxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental
va amaliyot bilimi beradigan, ta’lim olish muddati kamida 4 yil davom
54
etadigan tayanch oliy ta’limdir. Bakalavrlik dasturi tugagandan so‘ng
bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlariga binoan kasb yo‘nalishi
bo‘yicha “bakalavr” darajasi beriladi va hukumat tasdiqlagan namuna-
dagi diplom beriladi.
Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan shaxs oliy ta’lim yo‘nalishidagi
tanlangan soha bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassis sanaladi va
davlat klassifik qatorda belgilangan lavozimda ishdash huquqiga ega
bo‘ladi.
Biroq bakalavr ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli
lavozimlarida faoliyat ko‘rsata olmaydi.
Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va
amaliy bilim beradigan bakalavr negizida kamida ikki-yil muddatda
tashkil etiladigan oliy ta’lim turidir. Magistraturadagi ta’lim yakuniy
kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini
himoya qilish bilan nihoyasiga yetkaziladi. Magistratura ta’limini
tugatganlarga “magistr” darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi diplom beriladi.
Magistr – bakalavrdan farqli ravishda ma’lum ixtisoslik bo‘yicha
yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab
chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko‘rsatadi. U ta-
yanch doktorantura va mustaqil tadqiqotchilikka kirish huquqiga ega.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim – oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga, shaxsning
ijodiy ta’lim kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga va uzluksiz
ta’lim tizimini ta’minlashga qaratilgan.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy- tadqiqot muassasalari (tanch
doktorantura; doktorantura; mustaqil
izlanuvchilik) da yo‘lga qo‘yiladi.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ikki bosqichda amalga oshiriladi
. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga asosan, kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning
kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga,
ularni zamon talablariga javob beradigan darajaga yetkazishga
qaratiladi.