Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Umumiy o‘rta ta’lim
– umumiy o‘rta ta’lim maktablarda amalga 
oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ish mazmuni va vazifasi 
o‘quvchilarga fan asoslarini o‘rgatish, ularda ijtimoiy faoliyatni 
tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek,
Umumiy o‘rta ta’lim doirasida bolalarning qobiliyat va iste’dodini 
rivojlantirish maqsadida muayyan yo‘nalishdagi ixtisoslashtirilgan, 
maxsus ta’lim muassasalar (maktab-internatlar, musiqa, sport, 
xoreografiya hamda tasviriy san’at, shuningdek, ijtimoiy, gumanitar 
va tarbiyaviy fan yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim 
beruvchi maktablar va boshqalar)ni tashkil etish mumkin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
– uzluksiz ta’limning 
tarkibiy qismi bo‘lib, uning vazifasi va ish mazmuni o‘quvchilarga 
muayyan yo‘nalishda mutaxassislik yoki kasb-hunar ma’lumotini 
berish va ularda bu boradagi amaliy ko‘nikma hamda malakalarni 
shakillantirishdan iborat. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi akademik 
litsey va kasb-hunar kollejlarida olib boriladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari egallagan kasb-hunar 
bo‘yicha ishlash huquqini beradigan, shuningdek, ixtisoslik faoliyati 
yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos 
bo‘luvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini jadal 
o‘stirish, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va muayyan mutaxas-
sislikka yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi. Ushbu o‘quv 
yurtida o‘quvchilar o‘zlari tanlangan yo‘nalish bo‘yicha bilimlarini 
oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o‘zlashtirish 


53
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Akademik litseylar asosan oliy o‘quv 
yurtlari qoshida tashkil etiladi. Shunday o‘quvchilar borki, ular 
umumiy o‘rta ta’lim jarayonida ma’lum yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarining 
iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona 
foydalanish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish katta ahamiyat kasb etadi. 
Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga, iqtidorli, 
iste’dodli bolalarni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning muayyan kasb-hunarga 
moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan 
kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslik 
ma’lumotini olishni ta’minlovchi hamda 1 va 2-yil davomida tashkil 
etiluvchi kasb-hunar ta’limini yo‘lga qo‘yadigan o‘quv yurtidir. 
Kasb-hunar kollejlrida zamonaviy asbob-uskunalar, o‘quv-
uslubiy qurollar, ko‘rgazmali vositalar, axborot texnologiyalari va 
kompyuterlar bilan jihozlanishi bilan ham tubdan farq qiladi. O‘quv 
binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Shuni 
alohida ta’kidlab o‘tish joizki, kasb-hunar kollejlarida ishchi kadrlar 
emas balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi. 
Yana bir afzalligi– bunday o‘quv yurtlarida har bir hududning o‘ziga 
xos jug‘rofiy va demokratik shart-sharoitlari va mutaxassislarga 
ega bo‘lgan mahalliy ehtiyojlari hisobga olingan holda kadrlar 
tayyorlanadi.
Oliy ta’limni tashkil etishdan maqsad
jamiyatning ijtimoiy- 
iqtisodiy va madaniy rivojini ta’minlashga hissa qo‘shuvchi, 
tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha bozor munosabatlari sharoitida 
mustaqil ishlash layoqatiga ega, yuqori malakali, raqobatbardosh 
kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash oliy o‘quv yurtlari: 
universitetlar, institutlar, akademiyalar hamda oliy maktabning 
boshqa ta’lim muassasalari) negizida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim ikki 
bosqichda:
davlat tomonidan tasdiqlangan 
namunadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi 
bakalavriat va magistratura ta’limini berish asosida tashkil etiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin