145
XIX asrning o‘rtalarida psixologiyaning rivojlanishida katta
o‘zgarishlar yuz berib, Mesmer gipnoz (
yunoncha – “uyqu” degan
ma’noni anglatib, fanga ushbu tushunchani 1843-yili angliyalik
jarroh Jeyms Bred kiritgan.
) haqidagi ta’limot yaratadi. Gipnozda
kuzatiladigan barcha hodisalarni Mesmer “magnetizm” bilan
bog‘laydi. Keyinchalik fransiyalik olim J.M.Charkott (1888) gipnoz
asosida fiziologik jarayonlar yotadi deb uqtiradi.
Mazkur davrda
mashhur nevrologlar va psixiatrlar (J.Sharko, Benedikt, Forel,
Levenfeld, Mapassan, S.S.Korsakov va Mebius) bemorni gipnoz
usuli bilan davolashni keng yo‘lga qo‘yishadi.
1879-yili Leypsigda birinchi psixologik laboratoriya tashkil qilgan
Vilgelm Vundt (1832
–
1920) psixologiyaning strukturaviy maktab
yo‘nalishiga asos soladi. Vundt psixologiyaning asosiy vazifasi
sifatida ong jarayonini qismlarga ajratish va ular o‘rtasidagi qonuniyat
bog‘lanishlarni o‘rganish taklifini kiritadi.
Venalik yosh shifokor Zigmund Freyd (1856
–
1939)
psixologiya
sohasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan psixoanalitik maktab
yo‘nalishiga asos soladi. Z.Freyd odam psixik hayotining markaziga
ongni qo‘yish o‘rniga, uning ozgina qismini suvning tepasiga chiqib
turgan aysbergga qiyosladi. U shu davrgacha hukmronlik qilib kelgan
odamga o‘z xulqini anglay oladigan aqlli mavjudot sifatida qarash-
larga mutloqo zid bo‘lgan nazariyani ilgari suradi. U odamlar doimiy
ziddiyat holatida bo‘lishini va nizolarning sababini anglanilmagan
jinsiy, agressiv mayllar bilan bog‘liqligini e’tirof etadi. Z.Freyd
o‘zining 45-yillik samarali ilmiy faoliyati davomida shaxsning
birinchi keng ko‘lamli nazariyasini, o‘zining terapevtik tajribasi va
o‘zini o‘zi tahlil qilishga asoslangan klinik kuzatishlarning keng
miqyosli
tizimini, nevrotik buzilishlarni davolashning o‘ziga xos
usulini, boshqa hech qanday usul bilan o‘rganib bo‘lmaydigan psixik
jarayonlarni tadqiq qilish usullarini yaratib, freydizm yo‘nalishiga
asos soladi.
Z.Freyd fiziologlar (I.M. Sechenov, I.P. Pavlov) hamda nevro-
patolog va psixolog olimlarning (Ernest Krechmer, Emil Krepelin va
Eygen Bleyler) ilmiy ishlarini ham o‘rganadi. U isterik nevrozlarning
kelib chiqishida I.P.Pavlovning tormozlanish va qo‘zg‘alish
146
jarayonlari haqidagi ta’limotini yuqori baholaydi. Uning dastlabki
safdoshlari va shogirdlari A.Adler va K.G.Yunglar nevrozlarning kelib
chiqishiga oid o‘z nazariyalarini ilgari surib, Freydcha yondoshuvni
kengaytirishga harakat qilishdi. A.Adler fanda individual psixologiya
g‘oyasini ko‘tarib chiqib, shaxsning ijtimoiy determinantlariga alohida
e’tibor beradi. K.G.Yung esa o‘z e’tiborini analitik psixologiyaga
qaratib, shaxsning psixik salomatligiga
erishish uchun uning turli
yo‘nalishdagi intilishlari o‘zaro mutanosiblikdagi bir butunlikda
jamlanishi kerak, degan fikrni isbotlaydi.
O‘tgan asrning birinchi yarmida E.Krechmer (1888
–
1964)
“Tibbiyot psixologiyasi” asarini yozadi va tibbiyot psixologiyasini
alohida fan sifatida rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. U mazkur
fanni barcha tibbiy, falsafiy va biologik fanlar yutug‘iga asoslanib
o‘rganish zarurligini ta’kidlaydi. Krechmer tibbiyot psixologiyasida
va psixoterepiyada odam ruhiyatining
shakllanishi va buzilishida
asosan tug‘ma konstitutsional omillarga katta e’tibor berdi.
Psixologiya fanining eksperimental, psixoanalitik, bixevioristik,
empirik, epifenomenalistik, geshtalt, assotsiativ, vyursburg, psixoge-
netik, reduksionizm, solipsizm, gumanistik, biogenetik, sotsio genetik
kabi yo‘nalishlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlar hozirgi zamon
psixologiyasini vujudga keltirdi.
Dostları ilə paylaş: