141
asarlarida shifokor burchi, tibbiy maslahatlar haqida ham ma’lumotlar
uchraydi.
Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino (980–1037) o‘zining davriga-
cha ma’lum bo‘lgan psixologiyaga doir ma’lumotlarni to‘plab, maxsus
asarlar (“Jon to‘g‘risida risola” (“Risola fi-al-nafs”), “Psixologiya
to‘g‘risida risola” (“Risola-dar revanshinosi”), “Kitob al-ta’bir”
(“Tushni yo‘yish kitobi”), “Jon-ruh haqida kitob” (“Kitob al-muhjat”),
“Tib qonunlari” (“Kitob al-qonun fit tib”), “Shifo beruvchi kitobi”
(“Kitob an-najot”), “Donishnoma”) yozib qoldirgan.
Ibn Sino antik dunyo olim va faylasuflari va o‘tgan sharq
mamlakatlari olimlari yozib qoldirgan asarlarini chuqur o‘rganar
ekan, u psixologiyaning “otasi” deb nom olgan Arastuni o‘zining
“birinchi o‘qituvchisi” deb tan oladi. U Arastu singari odam tanasi
va “ruhiy quvvatlar” materiya bilan shaklan bir-biridan ajratilmagan
holda mavjud ekanligini e’tirof etadi. Bu bilan mashhur mutafakkir
psixik faoliyat bilan odam salomatligining bir-biriga ta’sir etish kuchi
qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini isbot qilishga harakat qiladi.
Ibn Sino o‘zining nazariy bilimlarini turli tajribalari natijalariga ko‘ra
asoslab berishga harakat qiladi.
Ibn Sino psixik holatlarning organizmga ta’siri har qanday ruhiy ja-
rayonning fiziologik asoslari bilan bog‘liq ekanligi hamda organizmga
tashqi muhitning ta’siri katta bo‘lishini
isbotlash maqsadida ikkita
qo‘zi olib, ulardan birini och bo‘ri yaqiniga bog‘lagan, ikkinchisini esa
bo‘riga ko‘rsatmay, oddiy, tinch sharoitda boqqan. Har ikkala qo‘yga
ham bir xil hajmdagi yemakni aynan bir vaqtda berib borgan. Ko‘p
o‘tmay bo‘riga yaqin bog‘langan qo‘zi uning doimiy hamlalaridan
uzoq vaqt qo‘rqqanidan juda ham ozib ketgan va yaxshi boqilishiga
qaramay, kasallikka uchrab nobud bo‘lgan. Tinch sharoitda boqilgan
qo‘zi esa kundan-kun semirib, xotirjam uzoq yashagan. Ibn Sinoning
turli kasallikka chalingan og‘ir bemorlarni psixoterapevtik, ya’ni so‘z
bilan ruhiy ta’sir qilish orqali davolaganligi haqida ko‘plab hikoyalar
uchraydi. Shuningdek, uning asarlarida kasalliklarning oldini olishda
tarbiyaning ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. “Tarbiya erta bolalik
davridan boshlanishi kerak”, degan edi Ibn Sino. Bolani qo‘rqoq,
g‘amgin yoki juda erka qilib o‘stirmaslik kerakligini, bolaning
142
istaklarini yaqinlari payqashi va uning xohishini muhayyo qilishini,
yomon illatlardan esa bolani yiroqlashtirishlari zarurligini uqtirgan.
Bu amallarni bajarish bolaning zehnini o‘tkir, tanasini sog‘lom qilib
o‘stirishini ta’kidlab o‘tgan.
Ibn Sinoning tana va ruhiyatning bir butunligi haqidagi fikrlari
hozirgi kunda zamonaviy tibbiyot yutuqlari tufayli o‘z isbotini topib,
psixosomatik tibbiyot faniga asos soldi. U xotiraning buzilishi bosh
miyaning
orqa qismi, tafakkurning buzilishi miyaning o‘rta qismi,
idrokning buzilishi esa miya qorinchalarining zararlanishi bilan bog‘liq
deb mulohaza bildirgan. Psixik jarayonlarning buzilishini o‘rganish
XIX asrlarda G‘arb olimlari tomonidan boshlangan degan fikr hali-
hanus manbalarda uchraydi. Vaholanki, buyuk bobokalonimiz o‘z
davrida depressiya, epilepsiya, ongning buzilishlari, gallyusinatsiyalar,
alahsirash, tafakkur va xotira buzilishlarini o‘rganib, ular haqida
yozib qoldirgan.
Abu Ali ibn Sino bosh miyaning atrof-muhitdagi narsa va hodisalarni
o‘zida turli xil shaklda aks ettirish qobiliyatiga ega ekanligini anglab
yetgan. Tashqi ta’sirlar avvalo sezgilar orqali namoyon bo‘lishi va
ular ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m va teri-tuyg‘u ko‘rinishga ega
ekanligini, ularning xususiyatlari va ahamiyati haqida to‘xtalib, har
qaysi sezgining bosh miyada alohida boshqarib turadigan markazi
borligini ta’kidlagan. U insonning tafakkuri, hayoli, xotirasi va iroda
sifatlariga yuqori baho beradi va bu psixik jarayonlarning bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq ekanligini anglaydi. Tafakkurning yordamida
hodisa va voqealarni bir-biri bilan almashtirish, abstraksiyalash
bilan haqiqatni yolg‘ondan ajratiladi.
Xotira yordamida esa idrok
qilingan narsa va hodisalar kishi ongida mustahkam joylashadi va
idrok qilingan bir obyektni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi.
Xayol kishi ongida obyektiv voqelikni aks ettiradi, degan fikrlarni
bayon etish orqali Ibn Sino psixologiya sohasida chuqur bilimga ega
bo‘lganidan dalolat beradi. Abu Ali ibn Sino psixologiya fanining
keyingi taraqqiyotiga ham ko‘pgina ilg‘or va haqqoniy fikrlari bilan
katta hissa qo‘shgan.
Sharqlik yana bir buyuk mutafakkir alloma Ismoil Jurjoniy
(1080–1141-yillarda Xorazmda yashab ijod qilgan)
tibbiyotga
143
oid asarlarida (“Ibn Sino haqida so‘z”, “Xorazmshoh xazinasi”
va “Xastaliklarni aniqlash usullari”) bemorlar psixologiyasiga
bag‘ishlangan bir qancha fikrlar bayon qilingan. Sharq olimlari
bemorlar psixologiyasi va ruhiy kasalliklarni o‘rganishga katta hissa
qo‘shibgina qolmay, ular Marvda, Bog‘dodda, Quddus va Damashqda
bemorlar uchun shifoxonalar ochadilar.
X
Dostları ilə paylaş: