Test (ing. sinash va tekshirish) metodi yordamida biror
o‘rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarak-
teristikalarini olish, ularni ko‘pchilikda qayta-qayta sinash va
ma’lumotlarni korrelatsion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish
mumkin. Testga qo‘yilgan talab hech qachon o‘zgarmaydi, hattoki,
shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli
davrlarda ham o‘zgarmagan holda ishlatiladi (masalan, Ravenning
aqliy intellektni o‘lchash, Kettel va Ayzenkning shaxs testlari).
Testning
so‘rov shaklida oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan
savollarga javob berish talab qilinadi (masalan, Ayzenkning 57 ta
savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya – ekstroversiyani aniqlab,
undagi savollarga “ha” yoki “yo‘q” tarzida javob berish so‘raladi).
Test-topshiriq da esa odam xulqi va holatini amalga oshirgan
ishlari asosida baholash tushuniladi. Bunday testlarga shaxsning
kreativliligini
aniqlash maqsadida
sinaluvchiga tugallamagan
shakllardan o‘zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi
.
Chizilgan rasmlarning o‘ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs
fikrlashi jarayoniga baho beriladi, miqdoriy ko‘rsatkich aniqlanadi.
Mazkur metodlarning afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga
nisbatan qo‘llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa
guruhda yana qayta tekshiruv o‘tkazish imkoniyatining mavjudligidir.
Kamchiligi – agar sinaluvchi testning mohiyatini yoki kalitini bilib
qolsa, natijalar sun’iy xarakterga ega bo‘lib qoladi.
Testning
proyektiv (loyiha) turida uning asl maqsadi tekshiriluvchiga
sir bo‘ladi. Bunda tekshiriluvchi o‘zining qaysi hislati yoki holati,
yoki jarayoni tekshirilayotganidan bexabar bo‘ladi. Masalan, mashhur
Rorshaxning “siyoh dog‘lari” testi, assotsiativ (tugallanmagan
hikoyalar), ekspressiv (psixodrama, o‘yinlar, ishbilarmonlik o‘yinlari,
ijtimoiy treninglar, erkin mavzuda rasm chizish) kabi testlarda bir
narsaning loyihasidan go‘yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati
aniqlanadi.
Sotsiometrik test kichik
guruh organlari o‘rtasidagi bevosita emotsi-
o nal munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda
qo‘l lanilib, unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos sol gan.
Mazkur test yordamida muayyan guruhdagi har bir
organ
ning o‘zaro
159
munosabatlarini aniqlash uchun, uning qaysi faoliyatida kim bilan
qatnashishi so‘raladi.
Eksperiment metodining psixologiyada ikki turi: laboratoriya
eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi.