301
“soddalardan” “Nega shunday javob berdingiz?” deb so‘ralganda,
ular aslida to‘g‘ri javobni bilganliklarini, lekin guruhdan ajralib qol-
maslik uchun noto‘g‘ri javobga qo‘shilaverganliklarini aytishgan.
Shunday qilib, oddiy hayotda tez-tez uchrab turadigan bunday hodisa
aslida shaxsning o‘z nuqtayi nazari yo‘qligidan emas,
balki inson
ruhiyatida ko‘pchilik qabul qilgan xulq me’yorlariga ergashish,
o‘z shaxsining ajralib qolishidan cho‘chish hissi borligini isbotlaydi.
Konformizm hodisasiga teskari bo‘lgan nokonformizm hodisasini o‘rgangan
rus olimlari G.Andreeva, V.Petrovskiy va boshqalar jamiyatda ko‘pchilik
fikriga, ta’siriga befarq odamlar deyarli bo‘lmasligini, aslini olganda
hattoki, o‘sha «qaysar» toifali odamlar ham qo‘shilmasligi bilan ma’lum
ma’noda o‘zlarida konformizmni namoyon qilishlarini isbot qilganlar.
Masalan, guruhdoshning tug‘ilgan kuniga bormaslikka qaror qilgan
talaba
birinchidan, hali qarorini o‘zgalarga oshkor qilmay turiboq,
«qo‘shilmasam nima deb o‘ylasharkin?» deb qayg‘uradi. Ikkinchidan,
hamma tug‘ilgan kunga ketib, u yotoqxona yoki uyiga ravona bo‘lgan
takdirda ham tez-tez xayolan o‘sha do‘stlari davrasini eslaydi, «hozir
nima hakda gaplashish ayotganikin, men to‘g‘rimda g‘iybat qilma-
yotganmikin?» degan xayolga boradi. Bu ham aslida o‘sha shaxsning
ko‘pchilik ta’siridan tamoman xolos bo‘lolmaganligidan darak beradi.
Demak,
vaziyatga qarab, konformizmlikning ham ijobiy, ham
salbiy jihatlarini tahlil qilish mumkin. Lekin har doim ham uning yon
bosishlilik sifatidan farqi borligini anglashimiz lozim. Yon bosishlilik
shaxsdaga o‘z-o‘ziga baho bilan bog‘liq xodisa. Masalan, o‘zi
haqida
juda yaxshi fikrdagi odamlar, odatda, guruh ta’siriga
kam berilish,
yon berishlari ham ancha qiyin bo‘ladi. Past baholilar esa aksincha,
ta’sirchan bo‘lib, har narsaga ham yon bosaveradi. Yon bosish, degan
tushuncha aslida odamdagi shaxsiy sifatlarga ko‘proq aloqador narsa,
shuning uchun ham uni konformizmning o‘zi deb bo‘lmaydi.
Konformizm va shaxsning o‘zgalarga yon beruvchanlik sifatlariga
asosan nimalar sabab bo‘ladi?
Avvalo yuqorida ta’kidlanganidek, shaxsning
o‘ziga beradigan
bahosi,
uning qanchalik obyektiv mos kelishiga bog‘liq.
2. Ta’sir ko‘rsatuvchi guruhning hajmi.
Guruhda odamlar soni
qanchalik katta bo‘lsa, ayrim shaxslarga kuzatiladigan konformistik
302
kayfiyat ham ortib boradi. Bu ko‘rsatgich, agar a’zolar soni 5 taga
yetganda keskin ortsa, 8 taga yetgandan so‘ng, sekin-asta ortib boradi.
Bu narsalar amerikalik olim Jerar (Oegaga, 1986) kuzatishlarida qayd
etilgan. Milgram ham bu borada juda qiziqarli eksperimentni odamlar
ko‘z o‘ngida namoyish etgan. Olti qavatli uyning derazalaridan biriga
5 kishi turib olib, rosa telmurib qarab turishavergan. Kuzatuvchilar
yolg‘on «kuzatuvchilarning» qatoriga kelib qo‘shilayotgan tasodifiy
odamlar sonini qayd etib turganlar. 5 kishi bo‘lib turishganda, qiziqib
qo‘shilganlar miqdori 16% ni tashkil etgan bo‘lsa, ular soni 15 kishiga
yetganda bu ko‘rsatgich 40% gacha ortgan. Odamlar gavjum joylarda
ro‘y beradigan voqealarni eslab turib, bunday hodisalarning guvohi
bo‘lganligimizni eslashimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: