Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

3.Negativ guruhlar
– shundayki, shaxs ularning xatti-harakatlaridan 
ataylab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutloq farq 
qiladi. Masalan, ikki qo‘shni bir-biri bilan murosalari kelishmasa, 
hattoki, devorlarini oqlashda ham biri tanlagan rangni ikkinchisi 
tanlamaydi. Biri «oq» desa, ikkinchisi – aksincha, «qora» deb 
turaveradi. 
Guruhlarning turlari: Hamkorlikning darajasi mezoniga ko‘ra 
guruhlarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganiladi:
1.
Birlamchi guruh
da shaxslararo o‘zaro ta’sir «yuzma-yuz, 
bevosita» ro‘y beradi. Masalan, oila davrasidagi, sinfdagi, hisobchilar 
xonasida o‘tirganlar birlamchi guruhga misoldir.
2.
 Ikkilamchi guruh
da har doim ham odamlarning bevosita 
muloqotda bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi 
munosabat va o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi. Masalan, yirik bir 
tashkilotdagi tizimlar orqali muloqot, kasaba uyushmasiga birlashgan 
odamlar, partiya a’zolarining bog‘liqligi ikkilamchi guruhga misol 
296
bo‘ladi. Ularda ham umumiylik bo‘ladi, masalan, partiyani oladigan 
bo‘lsak, ular Toshkentda bo‘ladimi, Samarqanddami, baribir umumiy 
g‘oya atrofida birlashishadi, a’zolik badallarini vaqtida to‘lab 
turishadi, saylov oldi kompaniyalarida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab 
turadilar.
3
. Rasmiy guruh
dagi munosabatlar rasmiy normalar va huquq 
burchlar tizimi bilan belgilangan bo‘ladi, masalan, guruhda boshliq 
bilan xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni ta’minlovchi guruh rasmiy 
bo‘ladi.
4. 
Norasmiy
– ichki, bevosita psixologik munosabatlarni 
ta’minlovchi guruh hisoblanadi. Masalan, do‘stlar guruhi, ulfatlar 
guruhi.
Turli guruhlar inson hayotida bir necha funksiyalarni bajaradilar:
a) ijtimoiylashtiruvchi funksiya;
b) instrumental, ya’ni, aniq mehnat funksiyalarni amalga oshirishga 
imkon beruvchi muhit; 
d) ekspressiv – odamlarning o‘zgalarning tan olishlari, hurmatga 
sazovor bo‘lish, ishonch qozonishini ta’minlash;
e) qo‘llab-quvvatlash, ya’ni, qiyin paytlarda, muammolar paydo 
bo‘lganda odamlarni birlashtirish funksiyasi.
Guruh o‘lchamlari va uning tizimi. Guruhlar ulardagi odamlar 
soniga ko‘ra 
katta va kichik guruhlarga
bo‘linib, psixologiyada 
ko‘proq kichik guruhlar o‘rganiladi. Uni necha kishi tashkil 
etishi, necha kishi hamkorlikdagi faoliyati ko‘proq samara berishi 
masalasi amaliy ahamiyatga egadir. Ko‘pchilik olimlar guruhning 
boshlang‘ich nuqtasi sifatida miqdor jihatdan ikki kishini – 
diadani 
tan olishsa, polyak olimi Yan Shepanskiyning fikricha, kamida uch 
kishi – 
triada
dan boshlanadi. Yan Shepanskiy bunga qo‘shilmasa-da, 
har qalay diada o‘ziga xos uyushma sifatida tan olingan. Masalan, 
yangi oila qurib, birga yashayotgan kishilar, sevishganlar, ikki do‘st – 
o‘ziga xos kichik guruh. Har qanday kichik guruhga xos sifat shuki, 
uning a’zolari bir-birlari bilan bevosita muloqotga kirishish, «yuzma-
yuz» bo‘lish imkoniyatga ega bo‘lib, har bir kishi uchun shu guruh 
juda ahamiyatli bo‘ladi, uning normalariga o‘zi xohlab-xohlamay 


297
bo‘ysuna boshlaydi. Xullas, olimlar (J.Moreno) kichik guruhning 
boshlang‘ich miqdori 2–3 kishi va yuqori chegarasini 30–40 kishidan 
iborat bo‘lishligi haqidagi to‘xtamga kelishdi. 
Har bir guruh o‘ziga xos 
psixologik tizimga
ega bo‘lib, uni 
tashkil etuvchi elementlar nisbatan barqaror hisoblanib, ular guruh 
a’zolari xulq-atvorini muvofiqlashtirib turadi. Guruhning psixologik 
tizimini tashkil etuvchi elementlardan biri – 
guruhning maqsadidir

Guruh 
maqsadi
– odamlarni jamoa mehnati atrofida uyushtirib, 
birlashtiruvchi psixologik elementdir. Masalan, barcha talabalarning 
maqsadi – o‘qish, professional malaka orttirib, mutaxassis bo‘lib 
yetishish.
Keyingi elementlardan biri guruhning 
avtonomligi darajasi
bo‘lib, 
u ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy 
maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z 
burch va vazifalari bor va shu nuqtayi nazardan har bir odam o‘z 
imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab 
bo‘ladi. 
Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillariga yana 
ularning jinsiy, yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtayi 
nazaridan farq qiluvchi va uyg‘unlikni tashkil etuvchi omillar ham 
kiradi.
Guruhning 
uyushganligi
ham dinamik ko‘rsatgichlardan bo‘lib, 
uning ta’sirida har bir guruh bir-biridan farq qiladi. Masalan, odamlar 
hamkorlikda bajarayotgan ishning qiziqarli va hamma uchun 
manfaatli ekanligi, guruh normalarining a’zolar tomonidan qabul 
qilinishi, qadriyatlar tizimini tasavvur qilishdagi fikrlar mosligi 
uyushqoqlikning mezonlaridir.
Guruhning tizimi uning katta yoki kichikligiga ham bog‘liq. 
Masalan, 5

10 kishidan iborat guruhdagi munosabatlar yaxshiroq, 
uyg‘unroq va faoliyat samaraliroq hisoblanib, bunday guruhlarda 
norasmiy muloqot uchun ma’qul sharoit mavjud bo‘lib, ularda «gu-
ruhbozlik» degan illat ham bo‘lmaydi. Guruhning hajmi ortib borgan 
sari ularda rasmiyatchilik, rasmiy yuzaki munosabatlar ko‘payib. bu 
odamlar o‘rtasidagi insoniy munosabatlarda o‘z aksini topadi.
298
Guruhlarda psixologik o‘zaro moslik. Guruh hayoti va undagi 
a’zolarning o‘zlarini yaxshi his qilishlari ko‘p jihatdan ularning 
hamkorlikda ishlay olishlari va bir-birlariga ijobiy munosabatda bo‘la 
olishlariga bog‘liq bo‘lib, bu hodisa psixologiyada 
psixologik moslik
tushunchasi bilan tushuntiriladi. 
Psixologik moslik 
deganda, guruh 
a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim 
sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi 
nazarda tutiladi. 
Moslikning mezoni sifatida N.Obozov quyidagilarni ajratadi: 
a) faoliyat natijalari; 
b) a’zolarning sarflagan kuch-energiyalari;
d) faoliyatdan qoniqish.
Ikki xil o‘zaro moslik farqlanadi: 
psixofiziologik va ijtimoiy 
psixologik
. Psixofiziologik moslikda faoliyat jarayonida odamlarning 
bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish 
ritmi va tempidagi uyg‘unliklar nazarda tutilsa, ijtimoiy-psixologik 
moslikda ijtimoiy xulqdagi moslik – ustanovkalar birligi, ehtiyoj 
va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo‘nalishlar birligi nazarda 
tutiladi. Birinchi xil moslik ko‘proq konveyer usulida ishlanadigan 
sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo‘lsa, bu oliygoh o‘qituv-
chilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas, 
ularda ko‘proq ijtimoiy-psixologik moslikning ahamiyati kattadir.
O‘tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikning ko‘plab qirralari 
bo‘lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, 
qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni birlashtirgan bo‘lsa, o‘sha 
maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uyg‘unlikning 
bo‘lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Guruhdagi psixologik muhit va uni o‘rganish. Guruhdagi «ma’naviy 
muhit», «psixologik muhit» – bu guruhdagi ishning yaxshiligi, 
faoliyatning samarasi bilan bog‘lanadi. 
Ijtimoiy psixologik muhit 
deganda, o‘sha guruh a’zolarining fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, 
ustanovkalari va o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘lgan emotsional-
intellektual holati tushuniladi. 
Bu o‘rindagi asosiy omil – bu a’zolarning o‘zaro munosabatlar 
bo‘lib, ular ish yuzasidan, faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda 


299
bevosita bir-birlarini yoqtirish-yoqtirmaslikka asoslangan insoniy 
em
ot sional hissiyotlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Professional faoli-
yat ni bajarish jarayonida tabiiy birinchi tipli munosabatlar ustivor bo‘-
lib, ikkinchilarining xarakteri birinchisidan kelib chiqsa, do‘stlar to‘p-
lan gan davradagi muhit esa aksincha, bevosita simpatiyalarga taya nadi.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik muhitni eksperimental tarzda 
o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Uni o‘rganishning eng keng tarqalgan 
usullardan biri sotsiometriya 
(sotsiometriya lotincha «societas» – 
jamiyat, va «metreo» – o‘lchayman degan ma’noni bildiradi)
uning 
asoschisi amerikalik olim Jon Moreno hisoblanib, u guruhdagi 
shaxslararo munosabatlarni o‘lchashga qaratilgan texnikadir. Nazariy 
sotsiometriya uning muallifi fikricha, jamiyatdagi barcha nizolar, 
muammolarni yechishning usullaridan biri – insonlar o‘rtasidagi 
munosabatlarni o‘rganish va shunga ko‘ra, jamiyatda o‘zgarishlarni 
amalga oshirish kerak, degan g‘oyaga asoslansa, amalda esa har 
bir jamoalarda maxsus sotsiometrik so‘rovlar o‘tkaziladi va uning 
natijalari tashkiliy jarayonlarda inobatga olinadi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin