Laboratoriya eksperimenti – tekshiruvchi kishi tekshiriladigan
psixik hodisani qachon kerak bo‘lsa, o‘sha vaqtda ataylab vujudga
keltirilib, tekshirilayotgan psixik hodisa tabiiy sharoitda birgalikda
sodir bo‘ladigan boshqa psixik hodisalar eksperiment mobaynida
o‘zgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir tarzda
bog‘lanishi, kuchi, tezligi, hajmi va boshqa shu kabi jihatlari o‘lchab
ko‘rilishi mumkin.
Layoqat – qobiliyatlar taraqqiy etishining dastlabki tabiiy sharti
sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi a’zolari va
harakatlarning morfologik hamda funksional xususiyatlari.
Liberal usuli – bu usul muloqot jarayonida murosasiz, ko‘ngilchan
bo‘lish, tashqi ko‘rinishdan iliq psixologik iqlimni, guruhiy moslikni
o‘zida aks ettirgandek tuyulsada, har qanday vaziyatni til topib hal
qilishga, prinsipiallikdan uzoqlashishga, subutsizlikka olib keladi.
Lider – guruhning shunday a’zosiki, u go‘yoki barcha guruhiy
jarayonlarning boshida turadi va o‘z xulqi, qobiliyati bilan o‘zgalarga
ta’sir qila oladi.
Manipulatsiya – muloqot jarayonidagi manipulyasiyada suhbat-
doshga ta’sir ko‘rsatib, uning xohishiga qarshi ravishda o‘z fikriga
ko‘ndiriladi. Bunda biryoqlama ustunlikka erishiladi.
Maxsus psixologiya – normal psixik rivojlanmagan tug‘ma yoki
keyinchalik orttirilgan nuqsonlar, defektlar ta’siri ostidagi insonlarning
psixologiyasini tadqiq qilish sohasi.
Mehnat psixologiyasi – insonning mehnatga munosabati,
mehnat faoliyatining qonuniyatlari va rivojlanishini tadqiq qiladigan
psixologiya sohasi.
315
Mehnat faoliyati – tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo‘lib,
uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni
yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.