Modellashtirish metodi
– kuzatish, so‘roq, eksperiment yoki
boshqa usullar yordamida olingan natijalar qoniqtirmagan vaziyatda
qo‘llaniladi. Bunda o‘rganilayotgan hodisaning umumiy xossasi
yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida
tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi.
Muloqot
– odamlar o‘rtasida birgalikda faoliyat ehtiyojlaridan
kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.
Muloqot faoliyati
– shaxsning individual rivojlanishi jarayonida
namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri bo‘lib, u
insondagi kuchli ehtiyojlardan biri – inson bo‘lish, odamlarga
o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro munosabatlarni
muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Muloqotning interaktiv jihati
–
munosabatga kirishuvchilarning
nutq jarayonida axborotni faqat so‘zlar bilan emas, balki
xatti-
harakatlar
bilan ham almashinuvi nazarda tutiladi.
Muloqotning kommunikativ jihati
–
muloqotda hamkorlikdagi
faoliyat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga
olib, ma’lumot almashinuv sifatida ta’riflanadi.
Muloqotning perseptiv jihati
–
munosabatga kirishuvchilarning
bir-birlarini idrok eta olishlari tushuniladi.
Nutq
– inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi
zamon va kelajakka oid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar,
ma’lumot berishi.
Ong va faoliyat birligi tamoyili
– psixologiya fanida ong bilan
faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas, ular aynan bir-biriga
o‘xshash ham emas, biroq ular bir butunlikni tashkil etishi bilan
izohlanadi.
Ongsizlik
– shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o‘zi
bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Bu xatti-harakatlar avtomatik tarzda kundalik hayotda, uyquda,
ya’ni tush ko‘rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi.
Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog‘liq bo‘lmagan holat.
316
Oreol effekti
– shaxs muloqot jarayonida o‘z obyektiga nisbatan
ijobiy taassurotga ega bo‘lsa, subyektga ma’lum bo‘lmagan fazilatlarni
ijobiy baholashga yoki aksincha, obyekt salbiy taassurot qoldirgan
bo‘lsa, subyektga ma’lum bo‘lmagan xislatlarini salbiy baholashdir.
Dostları ilə paylaş: |