Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi – yangi kasbiy
bilimlar, mahoratlar, zamonaviy ko‘nikmalar hamda boshqaruv va
pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur hajmda va yetarli darajada
hamda davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv-ta’lim jarayoniga
talab qilinadigan sifatni ta’minlaydigan darajada vakolatlarni nazarda
tutadigan oliy ta’limdan keyingi o‘qitish shakli.
“2017−2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivoj-
lantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”
1
da davlat tomonidan yoshlar
bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, intellektual rivojlangan yosh
avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, oliy ta’lim muassasalarida
ta’lim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro standartlarga
muvofiqlashtirish, tibbiyot sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor
vazifalar belgilab berildi.
Shunday qilib, bugun mamlakatimizda tibbiyot ta’lim muassa-
salaridagi o‘qituvchilarimiz pedagogik g‘oyalar targ‘ibotchisiga
aylanishdi, ular tasdiqlangan dastlabki materiallar bilangina emas,
balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish yuritmoqdalar.
1
Ўзбекистон
Республикаси
Президентининг 2017 йил 7 февралдаги
«
Ўзбекистон
Республикасини
янада
ривожлантириш
бўйича
Ҳаракатлар
Стратегияси
тўғрисида»ги
ПФ-4947-сон
Фармони. Ўзбекистон Республикаси
қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 йил, 6-сон.
72
O‘zbekiston Respublikasida tibbiyot sohasining rivojlanishida
tutgan o‘z yo‘li, tamoyillari tibbiyot ta’limi jarayonida hali avvalgi
keksa avlod oldida turmagan yangi masala va muammolarni yoshlar
yechishi uchun zarur bo‘ladigan xislat va sifatlar shakllantirilishini
taqozo etadi.
Bob yuzasidan nazorat savollari: 1. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va ta’lim turlari haqida ma’lumot bering. 2.“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni mazmun mohiyatini tushuntiring. 3.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qachon qabul qilingan, u qanday qiymatga ega? 4. 2017 −
2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasida qanday ta’lim tizimi masalalari o‘rtaga tashlangan? 5. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini boshqarish haqida tushuncha bering. 6. Mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilinishi va rivojlan- tirishning tarixiy ahamiyati nimada? 7.“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning bosh maqsadi nima hisoblanadi? 8.“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilishda nimalar nazarda tutiladi? 9. O‘zbek xalq pedagogikasi hamda uning ta’lim-tarbiyada tutgan o‘rni haqida tushuncha bering. 10. Uzluksiz ta’limning qanday prinsiplari mavjud? 11.Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlarini tushuntiring.