Vaziyatlarni tashkil etish metodikasi va murakkab jarayonlar.
. Pedagoglarda «tashkilotchilik, joriy o`zlashtirish ustidan nazoratni tashkil etish», «o`z-o`zini boshqaruvni tashkil etish», «o`quv materiallarini tanlay bilish», «darsni shakl va usullarni oldindan aytib berish», «qiyinchiliklarni ko`ra bilish» muhim sifat ko`rsatkichidir. «O`qitishning didaktik usul, shakl va vositalarni o`rganish» bo`yicha ta`limni qayta qurish, ta`lim metodikasini yangilashni taqazo etadi. Aynan metodika o`qituvchi kasbining muvaffaqiyatni belgilaydi. Bugungi kunda darsida yangi o`qitish usul va metodlariga intilmagan o`qituvchi nochor ahvolga tushib qoladi.O`zining psixo-pedagogik saviyasini ko`tarishini rejalashtirish-pedagogik faoliyatining eng asosiy komponentlaridan biridir.
Ustoz. Siz ishtirokchilarni qo’llab-kuvvatlovchi, maslahat beruvchi, tarbiyalovchi va boshqaruvchi asosiy manba bo’lib hisoblanasiz. Siz o’quv jarayonida o’quvchilar o’zlariga qabul qilib olishi mumkin bo’lgan namunali xulk-atvorni o’zingizda shakllantirishingiz kerak. Bunda siz butun guruh va uning aloxida o’quvchilari bilan bog`liqlikni ta’minlashingiz juda muhim.
Ustoz. Siz ishtirokchilarni qo’llab-kuvvatlovchi, maslahat beruvchi, tarbiyalovchi va boshqaruvchi asosiy manba bo’lib hisoblanasiz. Siz o’quv jarayonida o’quvchilar o’zlariga qabul qilib olishi mumkin bo’lgan namunali xulk-atvorni o’zingizda shakllantirishingiz kerak. Bunda siz butun guruh va uning aloxida o’quvchilari bilan bog`liqlikni ta’minlashingiz juda muhim.
Trener: O’quv jarayoni vaqtida sizning faoliyatingizdagi ko’pgina narsalar, o’quvchilarni ko’nikmalarini oshirishga bag`ishlangan. Siz o’quvchilarga yangi ko’nikmalarni egallab olishlari uchun eng samarali yqllarni taqdim etib, yordam berishingiz lozim. Siz buni o’quvchini o’rniga bajarmasligingiz aniq, lekin sizning boshqaruvingiz hamda ko’rsatma berishingiz, o’quvchilarga xulk-atvorni yangi modelini sinab ko’rishga yordam beradi.
"QALQONLAR"
Har bir o’quvchiga flomaster va bir varaq qog`oz bering. Undan qog`ozni 4 ga bo’lib, bo’limlarga quyidagi ma’lumotlarni yozishni iltimos qiling:
Chap tomon yuqori burchagida o’zingizni bir so’z bilan ifodalang.
Ung tomon yuqori burchagida nimalar bilan mag`rurlanasiz.
Chapdagi pastki burchakka birorta siringizni yozing, (xaqiqiy, jiddiy sir bo’lishi shart emas, faqat bu haqda o’quvchilar avvaldan xabardor bo’lmasligi kerak)
• O’ng tomon pastki burchakda o’z qiziqishingizni chizib kqrsating. Dars mavzusi va guruo’ xususiyatiga kqra jadvalning aloo’ida bo’limlari mazmunini o’zgartirish mumkin.
Barcha o’quvchilar o’z "qalqon"larini yozib tqldirganlaridan keyin o’ammadan xona qrtasiga chiqishni va o’z "qalqon"larini ikki qql bilan ushlab turgan o’olda bir-birlari bilan tanishib olishlarini iltimos qiling. Tanishuv tugagach, o’amma o’z ismini "qalqon» ga yozib, devor bqylab osib qqyadi.
Usul xususiyati: kam vaqt talab qilinadi. Guruo’ qatnashchilari avvaldan tanish bo’lsalar, uni qo’llash tavsiya qilinadi.
- Boshqa usullarni qo’llash mumkin bo’lsa, iloji boricha ma’ruzadan foydalanmang.