Педагогика фанининг умумий асослари


Urf-odat va an’analarga oid me’yorlar



Yüklə 18,79 Kb.
səhifə2/6
tarix10.12.2023
ölçüsü18,79 Kb.
#139183
1   2   3   4   5   6
deviant-xulq-atvor-

Urf-odat va an’analarga oid me’yorlar

  • Ushbu me’yoriy tizim xulq-atvorning erkin moslashuvchi, shu sababli odatga aylangan, tarixiy shakllangan namunalari, asosan kishilarning birga yashash qonuniyatlarini ifodalaydi. Axloqiy me’yorlardan farq qilib, urf-odatlar aniq va bir xil, ba’zan to’la shakllangan ko’rinishga ega bo’ladi.

Diniy me’yorlar

  • Juda qadimiy tizim bo’lgan dinning me’yorlari ham turlicha bo’ladi. Shuningdek, mazmuniga ko’ra diniy me’yorlar turli, huquqiy, axloqiy, urf-odat, estetik va tashkiliy me’yorlarni o’z ichiga oladi va shu sababli ko’pincha yuqoridagi me’yoriy tizimlarning har birining boshqaruv xususiyatlarini qamrab olishi mumkin. Diniy me’yorlar ichki ta’qiqlar bilan birga tashqi ta’qiqlar orqali ham ta’sir qiladi.

Ijtimoiy me’yorlar klassifikatsiyasi:

  • Ko’lamiga ko’ra:
  • Kichik guruhlarda (do’stlar, sinfdoshlar, oila a’zolari va shu kabi) qabul qilingan me’yorlar;
  • Katta guruhlarda yoki butun jamiyat miqyosida amal qiladigan me’yorlar. Bularni umumiy qoidalar deb ham ataladi.
  • Amal qilinishidagi qat’iyligi hamda jamiyatda tarqalish darajasiga ko’ra:
  • Odat, bir yoki bir necha kishiga xos bo’lgan xulq-atvor;
  • Urf-odat, an’analar sifatida umumxalq tomonidan qabul qilingan tartib-qoida, rasm-rusm, tamoyil;
  • Axloq (arab. xulq tushunchasining ko’plik shakli), ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro, shuningdek jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqaror norma va qoidalar yig’indisi;
  • qonun, insonning jamiyatdagi xatti-harakatlarini belgilab beruvchi yo’l-yo’riq, qoidalar yig’indisi;
  • tabu, ijtimoiy me’orning eng qat’iy shakli bo’lib, uni buzish jamiyatning mutlaq ko’pchilik a’zolari tomonidan qabul qilinmaydigan, ba’zan ruhiy kasallik sifatida baholanadigan xulq-atvor

Ijtimoiy me’yor:

    • Maqsadni belgilab olish va belgilangan maqsadlarga o’zgartirish kiritishga ko’maklashadi;
    • Ijobiy maqsadlarga erishishning mavjud sharoitlardagi optimal echimlari haqida ma’lumot beradi;
    • Sub’ektga oldin ma’lum bo’lmagan xulq-atvor muqobillari to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlaydi;
    • Turli hayotiy sharoitlarda boshqa shaxslarning (guruhlarning) qo’llashi mumkin bo’lgan (ehtimoliy) xulq-atvori haqida ma’lumot beradi;
    • Sub’ektning turli xatti-harakatlarining ehtimoliy oqibatlari (ijobiy yoki salbiy) haquda ma’lumot beradi;
    • Xatti-harakatga davlat, jamiyat yoki guruh tomonidan beriladigan bahoga ega bo’ladi;
    • Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan mas’uliyat, uning tavsifi, o’lchamlari va yuz berish ehtimoli haqida ma’lumot beradi.25

Yüklə 18,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin