Pedagogika kafedrasi «umumiypedagogika»


Nafosat tarbiyasining vositalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə22/36
tarix09.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#138668
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
«umumiypedagogika»

Nafosat tarbiyasining vositalari. Nafosat tarbiyasining vositalari o’quvchilarning go’zallikni sevish ruhida tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san’at go’zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonda qo’llaniluvchi omillar sanaladi.
Oila go’zallikning birinchi maktabidir. Oila a’zolarining o’zaro munosabatlari, uy-jihozlari, ularning yagona birligi, uyg’unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go’zallikni tarbiyalashda katta ta’sir ko’rsatadi.
Turmush go’zalligining asosini tozalik va tartiblilik tashkil etadi. Sinfxonalarida tozalik saqlanishi, tabiat burchagining tashkil etilishi, o’quvchilar ijodiy ishlari ko’rgazmasi, a’lochilar taxtasi tizimining yangilatib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Badiiy adabiyot nafosat tarbiyasida cheksiz imkoniyatlarga ega. U o’quvchilarga hayotni chuqurroq anglashni o’rgatadi. O’quvchilarga o’zbek va chet el adabiyoti haqida ko’proq ma’lumot beriladi. O’quvchilar she’rlar, hikoyalar, xalq og’zaki ijodi namunalari – maqol, matal, ertak, doston, qo’shiq, qissa va romanlarni qanchalik ko’p o’qisa ularda go’zallikka bo’lgan intilish shunchalik kuchli bo’ladi. SHoir va yozuvchilarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlari bilan tanishish tahlil qilish o’quvchilarning bilim doirasini kengaytiradi, his-tuyg’ulari va til boyligin takomillashtiradi. SHuningdek, adabiyot darslari o’quvchilarda go’zallikni idrok etishni ta’minlaydi. O’quvchilar nasriy asarlar, she’rlardan parchalar yod oladilar, buning natijasida o’quvchilarning badiiy nutq madaniyati ham shakllanadi. O’quvchilarning mumtoz adabiyotimiz vakillari – Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat, Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek, Abdulla Qahhor, g`ofur g`ulom, Zulfiya, Maqsud SHayxzoda, zamondosh adiblar – Primqul Qodirov, Odil YOqubov, Xudoyberdi To’xtaboyev, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad YUsuf, SHavkat Rahmon, Mahmud Toir asarlari, shuningdek, jahon adabiyotining noyob namunalari bilan tanishishlari ularning har tomonlama yetuk bo’lib o’sishlariga yordam beradi.
Bundan tashqari o’quvchilar bastakor - YUnus Rajabiy, Muhammadjon Mirzayev, Doni Zokirov, Dilorom Omonullayeva, rassomlar - Kamoliddin Behzod, O’rol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, CHingiz Axmarov, Malik Nabiyev, Ortiqali Qozoqovlar tomonidan san’at assarlari bilan tanishib borsalar ularning nafosat ongi yanada boyiydi.
Olam va inson go’zalligi, mardlik, jasorat, yuksak insoniy g’oyalarni o’zida aks ettirgan san’at asarlari insonlarni go’zallikni his qilish, ularga intilib yashashga undab kelgan. Aksincha, g’oyaviy jihatdan saviyasi past asarlar o’quvchilar ongini sayozlashtiradi, ularni chinakam go’zallikdan chalg’itadi, go’zallikni sevishga bo’lgan intilishlarini susaytiradi, didini pastaytiradi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin