Pedagogika kafedrasi «umumiypedagogika»


O’quvchilarda nafosatni shakllantirish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə23/36
tarix09.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#138668
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
«umumiypedagogika»

O’quvchilarda nafosatni shakllantirish. Nafosat ongi ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida o’quvchilarni turli nazariya, qarashlar mohiyati bilan tanishtirish, ular o’rtasida nafosat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish hisobiga shakllantiriladi. Nafosat ongi asosini nafosat idroki tashkil etadi. Nafosat idroki – bu ijtimoiy voqelik, buyum va hodisalarning go’zalligini ongda yaxlit aks etishi bo’lib, u go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltirilganligi bilan tavsiflanadi.
Nafosat tarbiyasining vazifalari quyidagilardan iboratdir: o’quvchilarda nafosat his-tuyg’usi, fikr-mulohaza, didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, go’zallikni sevishga bo’lgan hayotiy ehtiyojini o’stirishdan iborat. Kishilar go’zallikni idrok qilish qobiliyatiga ega bo’lganliklari uchun hayajonlanish, qo’yg’urish, darg’azab bo’lish, quvonish, zavqlanish kabi his-tuyg’ularni boshdan kechiradilar. Bundan tashqari kishi yuksak badiiy mahorat bilan yaratilgan obrazni yoki tabiat, hayotdagi go’zal hodisani idrok qilganidan zavq-shavqqa to’ladi.
O’quvchilarda kuzatish madaniyatini tarbiyalash ularning go’zallikka bo’lgan intilishlarini o’stirish uchun juda muhim. Ko’p hollarda bollar biror narsaga qarab turadilar-u, uning o’zini ko’rmaydilar, quloq soladilar-u, eshitmaydilar. SHuning uchun ularga tabiatda, o’rmonda tog’lar va cho’llarda turli tovushlarni farq qilishni o’rgatish lozim. YUqori sinf o’quvchilariga go’zallik, xunuklik, nafosat idelali singari tushunchalarni yoritib berish juda muhim, zero, bu tushunchalarsiz go’zallikka nisbatan munosabat, voqelik va borliqqa go’zal munosabat tizimini tarkib toptirib bo’lmaydi.
Nafosat haqidagi tushunchalarni o’zlashtirib olish, ajaoyib san’at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o’z fikr-mulohazalarini to’g’ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi. YUqori sinf o’quvchilari hayot va san’atda go’zallik, xunuklik, zavq-shavqning xilma-xil turlariga duch keladilar. Ular g’oyaviy yo’nalishi va mazmuni jihatdan turlicha bo’lgan badiiy hamda san’at asarlarni o’qiydilar, tomosha qiladilar va tinglaydilar. Ijtimoiy hayot va san’atga oid hodisalarning mohiyatini to’g’ri tushunishda o’quvchilarga go’zallik va uni sevish mavzusidagi darslar, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan xilma xil mashg’ulotlar yordam beradi.
Nafosat didi o’z tabiatiga ko’ra shaxsga xos bo’lgan psixologik hodisadir. Ammo shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi bo’lganligi uchun u go’zallikni baholash mezonlarini puxta o’zlashtira oladi. Nafosat didi shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob’ektiv nafosat o’lchovi bo’lib, go’zallik, xunuklik va tubanlikka baho berishda sub’ektiv yondashuvni ifodalaydi. Did sanaladi. Xullas, maktab o’quvchilari o’rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalar beradi.
Jismoniy tarbiya haqida tushuncha. Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
YOshlarni sog’lom bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash masalasi xalq pedagogikasi, og’zaki ijodi hamda mutafakkirlar asarlarining bosh g’oyalaridan biri bo’lib kelgan. Jumladan, «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi dostonlarda ham o’z ifodasini topgan. «Alpomish» dostonida Hakimbek (Alpomish)ning jismoniy mashq qilishi, tabiat qo’ynida voyaga yetganligi, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi: «Alpinboyning bobosidan qolgan o’n to’rt botmon birinchdan bo’lgan parli yoyi bor edi. SHunda yetti yashar bola Hakimbek shul o’n to’rt botmon yoyni qo’lga ushlab ko’tarib tortdi, tortib qo’yib yubordi. YOyning o’qi yashinday bo’lib ketdi. Asqar tog’ining katta cho’qqilarini yulib ketdi, ovozasi olamga yoyildi. SHunda barcha xaloyiq yig’ilib kelib aytdi: «Dunyoda bir kam to’qson alp o’tdi, alplarning boshlig’i Rustami doston, oxiri bu Alpomish alp bo’lsin».
Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo’lgan ijobiy fazilatlaridan sanab o’tar ekan, quyidagilarga alohida urg’u beradi:
Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat.
Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat.
Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga yordam beruvchi quvvat.
Alisher Naoiy «Farqod va SHirin» dostonida Farhodning jismoniy qobiliyatlarini alohida ko’rsatib o’tadi. Dostonda ta’riflanishicha, Farhod aqliy kamolotga erishish bilangina cheklanib qolmay, jismoniy va harbiy mashqlar yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg’ulotiga aylangan. Farhod, mutafakkirning fikriga ko’ra, 10 nafar 20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo’lgan.
Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo’lmoq uchun badantarbiya bilan shug’ullanishi zarur: «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. CHunku o’qimoq, o’qitmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo’l qo’yurlar. ... Badan tarbiyasini fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo’yib asatrini yuvib ovora bo’lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog’lom bir vujud kerakdur».
Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo’lib xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. CHunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyalashning kopleks dasturi ishlab chiqildi. «Sog’lom avlod dasturi» yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o’tkazilishi yo’lga qo’yildi:
Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasidagi «Umid nihollari» bellashuvi.
O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasidagi «Barkamol avlod» bellashuvi.
Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o’rtasidagi «Universiada» bellashuvi.
SHuningdek, sportning turli yo’nalishlari bo’yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi.
YAngi turdagi o’quv muassasalarda ham o’quvchilar o’rtasida jismoniy tarbiyani samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya mazmuni o’quvchilarning harbiy chaqiriqqacha tayyorgarligiga erishish bilan uzviy bog’liqdir.
Maktabdan tashqari sharoitlarda jismoniy tarbiyani tashkil etuvchi muassasalarning soni ortib bormoqda. Bugungi kunda yoshlar o’rtasida sportning futbol, shaxmat, suvda suzish, tennis, boks, karate, ushu va takvando kabi turlari tobora ommalashib bormoqda. Respublikada sportning ommalashuvi turli yo’nalishlarda xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qiluvchi sportchilar sonining o’sishiga imkon berdi. Bugungi kunda sportchilarimiz orasida olimpiada chempionlari yetishib chiqmoqda. O’quvchilarga olimpiada sovrindorlari hamda xalqaro musobaqalarning g’oliblari bo’lgan M.Abdullayev, L.CHeryazova, A.Grigoryan, R.CHagayev, B.Sultonov, O’.Haydarov, A.Doktorashvili, A.Taymazovlar haqida hikoya qilib berish, ularning ishlarini davom ettirishga rag’batlantirish o’zining samarali natijalarini beradi.
O’quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo’lishlari jismoniy tarbiya samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. SHuningdek, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir. Jismoniy madaniyat mazmunida quyidagilar aks etadi:
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarni gigiyena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so’zsiz amal qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla avloniy o’zining «Turkiy guliston yohud axloq» asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Nazofat (gigiyena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o’tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo’lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo’lurmiz. Pok bo’lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog’ini chiqarib yurmak zo’r ayb va gunohdur. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak». Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo’lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo’lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo’lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo’lgan nuqsonlar yo’qoladi.


10- O`quvchilar jamoasi - pedagogik jarayonning asosiy shakli.
Reja
1. Jamoa xaqida tushuncha. SHarq mutafakkirlari jamoa va uning shaxsga ta’siri to`g`risida. Jamoaning pedagogik vazifalari. Jamoaning turlari va muhim belgilari. SHaxsning jamoada tarkib topishi.
2. O`quvchilar jamoasining shaxs rivojlanishidagi o`rni. O`quvchilar jamoasi pedagogik jarayonning asosiy shakli sifatida. O`quvchilar jamoasining asosiy belgilari va shakllanish bosqichlari. O`quvchi yoshlar uyushmalariga pedagogik rahbarlik.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin