II. 0 6quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad - bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik
fanlarning nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish.
Fanning vazifasi - ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta’lim
uning rivojlanish jarayoni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy
bosqichda ilmiy bilimlar darajasi bilan bog’liqligi to’g’risida aniq tasaw ur hosil
qilish.
“Pedagogika nazariyasi va tarixi”o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida
.Talaba:
- ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari; ilmiy-nazariy asoslari,
pedagogika nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari; o’quv j^rayonini
tashkil etishning metod va shakllariga qo’yilgan zamonaviy talablar; ta’lim oluvchilar
shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti; yagona o’quv-tarbiya jarayonini tashkil
etish va amalga oshirish; tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari; ilg’or
pedagogik texnologiya asoslari; pedagogik terminologiyani: pedagogika tarixi fani
haqida to’liq
bilimga;
- psixologik-pedagogik adabiyotlar bilan ishlash; zarur metodik yo’riqnomalar
tuzish;
samarali
pedagogik
tadqiqotlar
o’tkazish;
ta’limning
axborot
texnologiyalaridan foydalana olish; sinf va guruh rahbarining ma’naviy-axloqiy,
tarbiyaviy ishlarini; ijodiy, maorif va pedagogika tarixi kishilik jamiyatining
taraqqiyoti tarixi bilan mushtarak o’rganish, o’z xalqi, ona yurti, vatani, millati, dini
va madaniyati tarixi
haqidagi ko ’nikma;
- milliy g’oya va asosiy pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan
holda o’quv-tarbiya ishlarini o’tkazish; ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini
amaliyotda qo’llash; o’quv va tarbiya jarayonida o’quvchilar jamoasini samarali
boshqarish; o’quvchilar xulqi va faoliyatini rag’batlash; pedagogik vaziyatlami,
ta’lim va tarbiya natij alar ini tahlil etish, o’quvchilar va o’quvchilar jamoalarini
o’rganish, ta’limda orqada qolish sabablarini aniqlash, maorif va pedagogika tarixi
kishilik jamiyatining taraqqiyoti tarixi haqida
malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |