«pedagogika tarixi»



Yüklə 4,26 Mb.
səhifə16/60
tarix21.10.2017
ölçüsü4,26 Mb.
#8062
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60

Xulosa qilib aytganda, o’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigacha qaror toptirilgan ma’rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xulq-odobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavvurlari ifodalangan. Muayyan turmush tarzini qaror toptiruvchi ijtimoiy shart-sharoitga ko’ra inson axloqiga nisbatan qo’yilayotgan axloqiy talablar mohiyati ham o’zgarib borgan. Biroq har qanday zamon va makonda ham inson ezgulikning jaholat, yaxshilikninng yomonlik va ziyoning zulmat ustidan g’olib kelishini istagan va ana shu istagi insonning ma’naviy kamolotini belgilovchi asosiy mezon bo’lib, axloq-odobga oid qarashlar mazmunida markaziy o’rin egallagan. Mazkur holatni yuqorida so’z yuritilgan eng qadimgi ma’rifiy meros namunalari misolida ham yaqqol ko’rishga muyassar bo’ldik.

Xalq og’zaki ijodi namunalarida jasurlik, mardlik, sadoqat, insoniylik, xushxulqlik xislatlariga ega bo’lgan inson qiyofasi gavdalangan. Ibtidoiy turmush tarzi hamda odamlar o’rtasidagi munosabatlar mazmuni insonlarda ana shunday sifatlarning shakllanishini taqozo etgan. Ikki katta kuch - yaxshilik va yomonlik o’rtasida ayovsiz kurash borgan. Mazkur kurash jarayonida insonda eng yaxshi xislatlar shaklla borgan. Bilimlilik, xushxulqlik, muayyan kasb yoki hunarga ega bo’lish inson kamolotini belgilovchi asosiy ko’rsatgichlar hisoblangan.



BITIKTOSHLARDAN NAMUNALAR

TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI

Bu yozuv yodgorligi ikkinchi turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning (asl oti Qutlug‘, Xitoy manbalarida Gudulu) maslahatchisi va sarkarda To‘nyuquqqa bag‘ishlanib, 712-716-yillar orasida toshga o‘yib yozilgan. To‘nyuquq bitikni o‘zi tirikligida yozdirgan. Bu shaxs Xitoy yilnomalarida Yuanchjen deb berilgan. Yilnomalardagi sharq turklariga oid materiallarni ikki tom qilib «Die chinishen Naxrishtenzur Geshixt der ost-Turken» (Sharqiy turklar tarixiga oid xitoy manbalari, Visbaden, 1958) nomi Bilan nashr qilgan Liu Mautsay To‘nyuquq boshqa shaxs degan fikrni bildirgan edi. Biroq leningradlik olim S.G.Klyashtorniy Yuanchjen Bilan To‘nyuquqning bir shaxs ekanligini tarixiy va til nuqtai nazaridan isbotlab berdi.

Bitiktosh Ulan-Batordan 66 km janubi sharqdagi Bain Tsokto manzilida topilgan va hozir ham o‘sha erda saqlanadi. Bitik 62 satrdan iborat bo‘lib, janub va shimol tomonlariga bir-biriga qaratib qo‘yilgan ikkita to‘rt qirrali tosh ustunga yuqoridan pastga qarab yozilgan. Janubdagi ustunning balandligi 170 sm, shimoldagisiniki 160 sm. Bitikning 1-7-satrlari toshlardan birining g‘arbga, 8-17-satrlari janubga, 18-24-satrlari sharqqa, 25-35-satrlari shimolga qaragan tarafiga yozilgan. Bitikning 36-44-satrlari ikkinchi toshning g‘arbga, 45-50-satrlari janubga, 51-58-satrlari sharqqa va 59-62-satrlari shimol tarafiga bitilgan.

Bitiktoshni Elizaveta Klements 1897 yilda Shimoliy Mo‘g‘uliston ekspeditsiyasiga Eri Dmitriy Klements bilan birga borganda topgan. Dastlab bitiktoshning fotosuratini, retushsiz va retushlangan estampajlarini, transkriptsiya va nemischa tarjimasini V.V.Radlov 1899 yilda nashr etdi. Vilgelьm Tomsen «Fin-ugor madaniyati yodgorliklari» (Xelsingfors, 1916, 77-son)da bosilgan asarida V.V.Radlovning transkriptsiya va tarjimasiga tuzatishlar kiritgan va so‘ngra bitikni dan tiliga tarjima qilib, tadqiqotchi bilan 1922 yilda Kopengagenda nashr qilgan. Buni dan tilidan nemis tiliga X.Sheder tarjima qilib, «Nemis sharqshunoslari jamiyati to‘plami» (Leyptsing, 1924-25, 78-jild)da va D.Ross ingliz tiliga tarjima qilib, «Sharq bilimlari maktabi byuletteni» (London, 1930-32, 6-jild)da nashr qildilar. Keyinchalik bu bitikni turkcha tarjimasida H.N.Orqun, ruscha tarjimasida S.E.Malov, nemischa tarjimasida fin olimlari G.Ramstedt, I.Grano va P.Aalto, inglizcha tarjimasida T.Tekin nashr etdilar. Bitikning oxirgi ilmiy nashrini frantsuzcha tarjimasi bilan 1961 yilda R.Jiro amalga oshirdi. Qozoq olimi G.Aydarov ham urxun yodgorliklari tiliga bag‘ishlangan kitobiga bu bitikni ruscha tarjimasi bilan kiritgan.

Bu asar tekstining shuncha nashri va tarjimasi bo‘lishiga qaramay, hanuz uning o‘qilishi va mazmuniga oid noaniqliklar bor. Quyida To‘nyuquq bitikining estampaji, bosma teksti, trankriptsiyasi hamda uning mazmunini beramiz.

TO‘NYUQUQ BITIKTOSHI TRANSKRIPTSIYASI VA TARJIMASI

(1) Bilgə Tonyuquq bən өzum Tabg‘ach iliңə qïlïntïm. Tүrk budun Tabg‘achqa kөrүr ərti.

Ya’ni:

Bilga To‘nyuquq men o‘zim Tabg‘ach davlatida tarbiyalandim. Turk xalqi Tabg‘achga qarar edi.



(2) Tүrk bodun, qanïn bolmaïyn. Tabg‘achda adrïltï, qanlantï. Qanïn qodup. Tabg‘achqa yana ichikdi. Təngri ancha təmish ərinch: qan bərtim.

Ya’ni:


Turk xalqi xoni bilan bo‘lmayin, Tabg‘achdan ayrildi. Xonlik bo‘ldi. Xonini qo‘yib, Yana Tabg‘achga qo‘shildi (taslim bo‘ldi). Tangri shunday degan shekilli: Xon berdim.

(62) Tүrүk Bilgə qag‘an Tүrүk sir bodunug‘ Oguz bodunug‘ igidү olurur

Ya’ni:

Turk Bilga xoqon Turk sir xalqini, O‘g‘uz xalqini tarbiyat qilib turibdi.



KUL TIGIN BITIKTOShI

Bu bitiktosh Eltarish o‘g‘li Bilga hoqonning inisi Kul tigin sharafiga qo‘yilgan. Kul tigin 731 yil 27 fevralda 47 yoshida vafot qiladi. Bitiktoshni Bilga hoqon bitiktoshi bilan birga 1889 yilda rus ziyolisi N.M.Yadrintsev (1842-1894) Mo‘g‘ulistonning Kosho Tsaydam vodiysida Ko‘kshin urxun daryosi qirg‘og‘ida topgan. Bu joy Ulan Batordan 400 km janubda Qorabalg‘asun shahrining xarobalaridan 40 km shimolda joylashgan. Kul tigin bitiktoshi Bilga xoqonnikidan 1 km shimoli-sharqda o‘rnatilgan. Bitiktoshlarni 1890 yilda A.Xeykel rahbarligidagi Fin-ugor jamiyati ekspeditsiyasi tekshiradi va 1892 yilda bitiktoshlarning fotosuratini va estampajlarini nashr etadi. Bitiktoshlarni 1891 yilda V.V.Radlov boshchiligidagi rus ekspeditsiyasi ham shu yili topgan Ungin bitiktoshi bilan birga tekshiradi va natijada Peterburgda ham Urxun bitiklari nashr etiladi. V.Tomsen urxun harflarini o‘qib aniqlangandan so‘ng V.V.Radlov mazkur bitiklarning transkriptsiyasi Bilan nemischa tarjimalarini nashr qiladi. 1896 yilda V.Tomsen o‘z ilmiy tadqiqotlarini bitiklarning franzutscha tarjimasi Bilan nashr qiladi. 1897 yilda shu tarjima va V.V.Radlovning to‘rtinchi tarjimasi asosida P.M.Melioranskiy bitiklarni ruschaga ham tarjima qilib (V.V.Radlovning iltimosi bilan) uning bitiktoshlariga bergan tavsifi, bitikning bosma nashri va transkriptsiyasi Bilan birgalikda nashr etadi. 1922 yilda V.Tomsen bitiklarning dancha nashrini amalga oshiradi. Buni nemischaga tarjima qilib 1924 yilda H.Sheder ham chop qiladi. 1923 yilda Najib Osim «Urxun obidalari» (Istanbul, 1341 h.) nomli kitobida bitikni arab harflari bilan, 1936 yilda H.N.Urqun turkcha tarjimasi bilan, 1951 yilda S.E.Malov, 1971 yilda G.Aydarov ruscha tarjimasi bilan nashr etdi. T.Tekin o‘zining «Egramer ofo‘rxo‘n turkik» (Blumingto‘n, 1968) deb atalgan asariga mazkur bitiklarni inglizcha tarjimasi bilan kiritgan.

Kul tigin bitiktoshi marmardan taroshlangan, qalinligi 41 sm, balandligi 3 m 15 sm, kengligi tub qismida 1 m 24 sm bo‘lib, yuqoriga torayib borgan. Marmar taxta ustuni o‘rtasiga besh burchakli qalqon shaklida, balandligi 64 sm, kengligi 40 sm lavha o‘rnatilgan. Lavhaning yuz tomoniga arxar surati tasvirlangan xoqonlik tamg‘asi naqsh qilingan, orqa tomoniga xitoycha qilib, bitiktoshning o‘rnatilish tarixi (Ulug‘ Tan sulolasi, Kay-Yuanning yigirmanchi yili ettinchi oyning ettinchi kuni – 732 yil avgustining 14-kuni) va yana o‘n to‘rt satr xitoycha yozuv bitilgan. Bi bitikdagi olti belgi lavhadagi mazkur tarixning takroridan iborat. Xitoycha bitikning frantsuzcha, nemischa, inglizcha, ruscha va turkcha tarjimalari bor. Xitoycha bitikdan o‘ngroqda ikki satr turkcha bitik bor. Buni, xunukroq yozilganini hisobga olib, V.V.Radlov naqqoshdan oldin Bilga xoqonning o‘zi (ya’ni Kul tiginning og‘asi) siyoh bilan yozib bergan bo‘lsa kerak deb taxmin qilgan. Bitiktoshning yuz tomoniga 40 satr, o‘ng tomonida 13 satr va chap tomoniga Yana 13 satr, taroshlangan to‘rtta yon qirrasiga to‘rtta turkiy yozuv bitilgan. Qirralarning bittasidagi bitik butunlay o‘chib ketgan, oldingi qirq satrning beshinchisidan boshlab, satr oxirlari bitiktoshning pastki qismining nurashi natijasida o‘chib ketgan (satrlar yuqoridan pastga va o‘ngdan chapga qarab yozilgan). Birining boshqa erlarida ham o‘chib ketgan erlari bor. V.V.Radlov dastlabki 40 satrni «K» deb, uning davomi deb hisoblangan 13 satrni Kb (lotincha) deb belgilangan. Bu ikkovi «ulug‘ bitik» (bolьshaya nadpisь) deb ataladi. Chap yondagi 13 satrdan iborat alohida kichik bitik (malaya nadpisь)ni esa «Ka» deb belgilangan. Hozirgi paytda olimlar ulug‘ bitikni «Ktb» va kichik bitikni «Ktm» deb ko‘rsatmoqdalar (chet el olimlari Xeykal sigllarini ishlatadilar). Qirra bitiklariga V.V.Radlov K 1, K 2, K 3 deb sigl qo‘ygan.

Biz quyida Kul tigin bitikining yuz tomonining fotonusxasini, bitikning S.E.Malov nashridagi bosma nusxasini, bitikning transkriptsiyasi va mazmunini tegishli izohlar bilan beramiz.



BILGA XOQON BITIKTOSHI

Bu marmar bitiktosh Eltarish xoqonning o‘g‘li, Kul tiginning og‘asi Bilga xoqon (asl oti Xitoy yilnomalarida Mo‘g‘ilon deb berilgan) sharafiga 735 yilda qo‘yilgan. Bilga xoqonni 734 yilda ellik yoshida o‘z urug‘laridan biri zaharlab o‘ldiradi.

Bu bitiktosh Kul tiginnikidan 1 km janubi g‘arbga o‘rnatilgan bo‘lib, ikkovi bir vaktda topilgan va bitikining nashri va tarjimalari Kul tiginniki bilan birga amalga oshirilgan. Faqat S.E.Malov alohida, lekin boshqa bitiklar bilan birga nashr qilgan. Bilga xoqon bitiktoshining shakli ham Kul tiginniki singari bo‘lib, hajmda farq bor. Bo‘yi – 3 m 45 sm, eni – 1 m 74 sm, qalinligi 72 sm. Btigtosh ag‘darilib uch bo‘lak bo‘lgan va Kul tigin bitiktoshiga nisbatan ko‘proq nurab, bitiki ham ko‘proq zararlangan.

Bitik 80 satrdan iborat bo‘lib, 41 satri toshning yuz tomoniga, 30 satr (Xa Xv) ikki yon tomoniga (15 satrdan), 7 satri orqa – xitoycha yozuv bir tomoniga, ikki satr (X1 X2) toshning taroshlangan ikki qirrasiga bitilgan. Qolgan ikki qirrasidagi bitik o‘chib ketgan. Ammo bitiktoshning o‘ng yoniga yozilgan. Kul tiginnikida chap yonida. Quyida yuqoridagi tartibda bitiktoshning rasmini va asl tekstini beramiz. Bilga xoqon kichik bitikining (Xa) 1-7 satrlari Kul tigin kichik bitikining 1-11 satrlarining, Bilga xoqon ulug‘ bitikining 3-23 satrlari esa Kul tigin ulug‘ bitikining 1-30 satrlarining aynan takroridir.



Nazоrat uchun savоl va tоpshiriqlar



  1. Qadimgi yozuvlar va ularning kеlib chiqishi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Qadimgi turkiy bitiglarda ulug’langan хislatlarni yozib chiqing va mazmunini izоhlang.

  3. O’rxun-Enasoy obidalari, ularning ma’rifiy axamiyati.?

  4. Qultegin, Bilga hoqon bitiklarida ta’lim-tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari qanday?

  5. Tunyuquq bitiklarida ta’lim-tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari.haqida gapirib bering

4-Mavzu: VII asrdan IX asrgacha tarbiya, maktab va pedagogik fikr taraqqiyoti


Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 sоat


Talabalar sоni – 40

O’quv mashg’ulоtining shakli:

Ma’lumоtli vizual ma’ruza

O’quv mashg’ulоtining tuzilishi:

  1. Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.

  2. Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi.

  3. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari.




O’quv mashg’ulоtining maqsadi:

Talabalarda pеdagоgika fanining o’ziga хоsligi va didaktika haqidagi tushunchalarini shakllantirish.

Pеdagоgik vazifalar:

  1. Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.

  2. Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi.

  3. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari haqida nazariy bilimlarni berish



O’quv faоliyatining natijalari:

  1. Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.

  2. Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi.

  3. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari haqida bilimlarga rga bo’lishadi




Ta’lim mеtоdi

Ma’ruza, suhbat, «Klaster» mеtоdi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, оmmaviy

Didiaktik vоsitalar

Ma’ruza matni, slaydlar

Ta’limni tashkil etish sharоiti

Maхsus tехnik vоsitalar bilan

Nazоrat

O’z-o’zini nazоrat qilish. Rеflеksiya.


4 - Ma’ruza mashg’ulоtining tехnоlоgik хaritasi


Bоsqich vaqti

Faоliyat mazmuni


O’qituvchi

Talaba


I-Bоsqich.

O’quv mashg’ulоti


(20 min).

1.1. Mavzuning nоmlanishi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon etadi.

1.2. «Klaster» mеtоdini to’ldirish.





1.1. Yozib оladilar.

1.2. «Klaster» mеtоdining jadvalini to’ldiradilar, savоl-javоb o’tkazish natijasida aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.





II-Bоsqich.

Asоsiy anglash bоsqichi.


(50 min).

2.1. « Klaster » mеtоdi bilan tanishtirish.

2.2. Ma’ruza matni tarqatiladi, uning asоsiy tushunchalari bilan tanishiladi.

2.3. Nazariy bilimlar haqida ma’lumоt bеriladi.



2.1. “Klaster” mеtоdidan fоydalanish.

2.2. Har bir savоlga javоb yozishga harakat qilinadi. Ta’rifni yod оladi, misоl kеltiradi.

2.3. Tinglaydilar, savоl-javоblarda ishtirоk etadilar.

2.5. Jadvallarni o’z daftarlariga chizib оladilar.



III-Bоsqich.

YAkuniy fikrlash bоsqichi


(10 min).

3.1. « Klaster» mеtоdi jadvalini to’ldirish.

3.2. « Klaster t» jadvali оrqali talabalar tasavvurlarini aniqlaydi.



3.1. « Klaster » mеtоdini jadvalini tugatadilar va o’z tasavvurlarini bоshqalar bilan taqqоslashadi.

3.2. Tоpshiriqlarni yozib оladilar.



1-ilоva
«Klastеr» mеtоdi
Klastеrni tuzish qоidalari:

  • Tоpshiriqni diqqat Bilan o’qib chiqing.

  • Fikrlarni tarmоqlantirish jarayonida paydо bo’lgan har bir fikrni yozing.

  • Imlо хatоlar va bоshqa jihatlarga e’tibоr bеrmang.

  • Bеlgilangan vaq tugamaguncha yozishni to’хtamang, fikringizni jamlashga harakat qiling.

  • Fikrlarni chеgaralamang, ular o’rtasida o’zarо alоqadоrlikka e’tibоr qarating


VII asrdan IX asrgacha tarbiya, maktab va pedagogik fikr taraqqiyoti.


  1. Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.

  2. Qur’onning muqaddas falsafiy-axloqiy asar sifatida o’rganilishi.

  3. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy, at-Termiziy va boshqa muhaddislarning hadis ilmini yaratishdagi xizmatlari.


1.Islom dini yoyilishining ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
YII asr boshlarida Islom g’oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o’z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarim oroli, shuningdek, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz orti hamda SHimoliy Afrikada joylashgan bir qator mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi.

YII asr o’rtalaridan boshlab arablar Movarounnahrga ham hujum qilish rejasini tuza boshladilar. Arab istilochilarining Movarounnahrga bo’lgan birinchi yurishi 651 yilda Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida amalga oshirildi. 676 yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Sug’diyona, Kesh hamda Nasaf kabi shaharlarga hujum uyushtirildi va bosib olindi.

Arab istilochilari tomonidan uyushtirilgan ikkinchi yurish 705 yili Xuroson hokimi Qutayba ibn Muslim boshchiligida olib borilib, nihoyatda keskin tusga ega bo’ldi. Qutayba ibn Muslim 706 yili Zarafshon vodiysiga yurish boshlab, oqibatda Poykend, Buxoro, Samaraqand, So’g’d, Farg’ona va boshqa shaharlarni qo’lga kiritdi. Keyinchalik esa Xorazm zabt etildi. Qutayba ibn Muslimning Movaraunnahrga uyushtirgan yurishi 715 yili uning Farg’onada qo’zg’olonchi arab jangchilari tomonidan o’ldirilishi bilan to’xtadi.

Arab istilochilari YIII asrning o’rtalariga kelib Movarounnahrni to’la zabt etishga erishdilar.

Arablar tomonidan bosib olingan yerlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilarining Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilish jarayoni qiyin kechgan va bu jarayon bir necha yillar davomida amalga oshirilgan. CHunki Movarounnahr yurti arab istilosiga qadar ham ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan taraqqiy etgan bo’lib, bu mamlakatda yashovchi xalqlar turmush tarziga ko’ra ham arablarga nisbatan bir qadar ustunlikka ega edilar. Zero, mazkur hududda yashovchi xalqlarning aksariyati o’troq xalqlar bo’lib, turg’un holda dehqonchilik bilan shug’ullanar edilar. SHu bois ular tezda arab istilochilariga bo’ysuna qolmadilar. Aholining istilochilarga bo’ysunishni istamaganligining asosiy sabablaridan biri ular tomonidan ko’rsatilgan istibdod va qatog’onlar ekanligi bilan bir qatorda bosqinchilarning mahalliy xalqning yillar daomida tarkib topgan ma’naviy-madaniy merosi – san’ati, adabiyoti, yozuvi, osori-atiqalari hamda me’moriy yodgorliklarini poymol etishga qaratilgan harakatni ham olib borganligi bo’ldi. SHu bois arab istilochilari xalqni o’zlariga bo’ysundirish va ular tomonidan Islom dinini qabul qilinishiga erishish maqsadida harbiylar hamda Islom dini targ’ibotchilarining xizmatidan birdek foydalandilar. Natijada o’z oldilariga qo’ygan asosiy maqsadga erishdilar. Movarounnahrda Islom ta’limoti g’oyalari yoyilgunga qadar bu yerda yashovchi xalqlar ko’p sonli xudolarga, quyoshga, Ko’k din (shaman)ga hamda o’zlari muqaddas deb bilgan narsalarga sig’inishar edi. SHunga ko’ra o’lkada yagona bir g’oyaviy e’tiqod tarkib topmagan bo’lib, bu holat aksariyat vaziyatlarda turli elatlar o’rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarar va o’zaro janjallarga sabab bo’lar edi. Movarounnahrda Islom ta’limoti g’oyalarining yoyilishi, kishilar tomonidan SHariat qoidalari, Islom dini aqidalariga bo’ysunish, yagona va qudratli Ollohga sig’inish, shuningdek, Ollohning yerdagi rasuli (elchisi) bo’lgan Muhammad Alayhis-salom ko’rsatmalariga rioya etish xalqning ongiga chuqur singib, ular tomonidan mazkur din asoslarining qabul qilinishiga zamin hozirladi. Natijada Movarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa boshladi.

Arablar o’lkada Islom dini g’oyalarini yoyishda turli usullardan foydalandilar. Ana shunday usullardan biri mazkur dinga e’tiqod qilgan kishilarning jon solig’idan ozod etilishi bo’ldi. Movarounnahr xalqlari o’rtasida Islom ta’limoti asoslarini yoyishda arab istilochilari tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlarning mohiyati xususida tarixchi Abu Muhammad Narshaxiy o’zining «Buxoro tarixi» nomli kitobida quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Buxoro aholisi har safar (Islom lashkari kelganda) musulmon bo’lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. qutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa yana dindan qaytib, yana kofir bo’lgan edilar. U to’rtinchi marta (kelganida) Qutayba jang qilib, Buxoro shahrini oldi, ko’p qiyinchiliklardan keyin (bu yerda) Islom dinini yuzaga chiqardi va har turli yo’llar bilan ularga qiyinchiliklar tug’dirib, dillariga musulmonchilikni o’rnashtirdi. Ular esa Islom dinini yuzakigina qabul etib, haqiqatda butparastlik qilar edilar. Qutayba arablar buxoroliklar bilan birga turib, ularning xatti-harakatlaridan xabardor bo’lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo’ladilar, degan maqsadda Buxoro aholisini o’z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqarishni to’g’ri deb topdi va shu yo’l bilan u musulmonchilikni o’rnatdi hamda shariat hukmlarini bajarishga majbur qildi. qutayba masjidlar bino qildi, kofirlik va otashparastlik asarlarini yo’qotdi. U ko’p jiddu jahd qilib, kimda shariat hukmlarini bajarishda kamchilik sodir bo’lsa, uni jazolar edi. U masjidi jome bino qildi va odamlarga juma namozini o’qishga buyruq berdi”4.

Istilochilik yurishlari davrida arablar mahalliy xalqning boy madaniy merosini yo’q qildilar. Bu haqida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: «Qutayba esa Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va (bilimini) boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. SHuning uchun u (xabar va rivoyatlar) Islom davridan keyin haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi. Keyin: Qutayba ibn Muslim al-Vohishiy xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o’z ehtiyojlarida yodlash quvvatiga tayanadigan bo’ldilar»5.

Islom dini ana shunday g’oyaviy-siyosiy kurashlar jarayonida shakllandi va rivojlandi.

Arab xalifalari bosib olingan mamlakatlarda istilochilik siyosatini olib borar ekanlar, tobe xalqlar ustidan madaniy ustunlikka erishishga harakat qildilar. CHunki arab xalqi YII asr boshlarida o’ziga xos madaniyat va adabiy tilga ega bo’lib, notiqlik san’ati hamda she’riyatni yuksak darajada qadrlar edilar. «qur’on» ham o’ziga xos uslubda yaratilib, mazkur uslub nazmiy xususiyatlarni o’zida namoyon etar edi. SHu bois u o’rta asr arab adabiyotining eng nodir durdonasi sifatida e’tirof etib kelinmoqda. IX asrda yaratilgan «Ming bir kecha» asari ham o’rta asr arab adabiyotiga xos bo’lgan xususiyatlarni o’zida aks ettirgan bo’lib, o’zining mundarijasi va g’oyalarning bayon uslubiga ko’ra jahon adabiyotining eng nodir namunalaridan biri sifatida tan olingan.

Mazkur davrlarda shakllangan yangi arab tili arab xalqlari yashagan hududlarda iste’molda bo’lgan avvalgi tillar negizida shakllanib, takomiliga yetdi va madaniy til bo’lib qoldi.

Ulkan hududni qamrab olgan Arab xalifaligi davlatining hukmronligi davrida ijtimoiy hayot, turmush tarzi, shuningdek, ilm-fan va madaniyat yanada rivojlandi. Ushbu davrlarda qadimgi yunon va rim madaniy merosi negizida bir qator fanlar yangi tushuncha va bilimlar bilan boyidi. YUnon va rim mutafakkirlari tomonidan yaratilgan va astronomiya, tibbiyot, kimyo, matematika va geografiyaga oid deyarli barcha yirik asarlar arab tiliga tarjima qilindi.

YUnonlardan esa fanlar tasnifi (klassifikatsiya) olinib, fanlar nazariy va amaliy fanlar tarzida ikki guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga quyidagi uchta fan kiritilgan: tabiyot to’g’risidagi fanlar, ilohiyot to’g’risidagi fanlar va matematika fani kiritilgan bo’lib, ushbu fanlar tarkibidan arifmetika, handasa (geometriya), astronomiya va musiqa fanlari o’rin olgan. Ikkinchi guruhga kiritilgan fanlar qatorida etika, iqtisod va siyosatga oid fanlar e’tirof etilgan. O’sha davr nuqtai nazaridan bir muncha yuksak taraqqiy etgan hind fani arab madaniyatining umumiy rivoji, xususan, arifmetika, algebra va tibbiyot fanlari asoslarining boyishiga munosib hissa qo’shdi. Sonlarning mohiyatini yoritib beruvchi hind nazariyasi mazmuni bilan yevropaliklar Arab xalifaligi tasarrufiga kiruvchi hududlarda istiqomat qilgan mutafakkirlarning sa’i-harakatlari orqali tanishishga musharraf bo’lganlar. Bu borada ma’lumot beruvchi muhim manba Muhammad al-Xorazmiy tomonidan asoslangan «Al-jabr» («Algebra») asari bo’lib xizmat qildi.

Arablar ulkan hududda xalifalik davlatini barpo etish natijasida geografiya fanining ham bir qadar taraqqiy etishiga o’z hissalarini qo’shdilar. Mazkur davrda arab xalifaligining umumiy mulkini aks ettiruvchi dastlabki xaritalar yaratildi. IX asrda yaratilgan ana shunday xaritalarda Arab xalifaligi hududlaridan oqib o’tuvchi daryolar va ularning oqimlari xususidagi ma’lumotlar o’z aksini topgan. SHuningdek, xaritalar yordamida Janubiy Ispaniyadan to Markaziy Osiyo hamda Hind daryosigacha cho’zilgan xalifalik yerlari, ularning geografik o’rni, iqlimi hamda tabiiy boyliklari (o’rmon, daryo, tog’ va hokazolar) borasidagi qimmatli ma’lumotlardan xabardor bo’lish mumkin edi. Xaritalarda aksariyat o’lkalar arabcha nomlar bilan ko’rsatilgan. Xususan, ajdodlarimiz yashagan hudud “Movarounnahr” (“Daryo orti” ma’nosini anglatadi) deb nomlangan.


Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin