Pedagogika


Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo’lib quyidagilar xizmat qiladi



Yüklə 193,04 Kb.
səhifə4/15
tarix15.10.2023
ölçüsü193,04 Kb.
#130290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ubaydullayeva Laylo Kurs ishi

Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo’lib quyidagilar xizmat qiladi.
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisobga olinmasligi.
2. Yoshlarning bo’sh vaqtini mustaqil tashkil etishi, do’stlar tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyinishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo’ldoshi tanlashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan ba’zan kurash olib borishning xush kelmasligi.
3. Ota-onalar ichkilikka ruju qo’yishi yoki or-nomusni yig’ishtirib qo’yib, buzuqchilik qilishi.
4. Ba’zi bolalarni mehnat qilishga o’rgatilmaganligi va buning oqibatida yengilyelpi hayot kechirishga o’rganib qolishi.
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib qo’yishi va hokazo. 6. Ota-onalarning psixologik-pedagogik bilim saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar. Ota-onalar va bolalar munosabatiga oid yuqoridagi kabi kamchiliklar natijasida oiladan halovat yo’qoladi, o’rtaga sovuqchilik tushadi.
Farzandlik burchini bajarmaslik u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga qo’l ko’taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qilayotgan suyuqoyoq faxsh- parastlar borligiga nima deysiz? Ba’zi otaonalar bolalarda 3, 6, 13-14 yoshlarda muqarrar ravishda bo’lib o’tadigan krizislarni bilmaydilar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi psixologik qo’shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning kattalar, jumladan ota-onalar bilan bo’lgan munosabatlarida ko’zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi ota-onalar «bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz bo’lib qoldi», deb o’ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi o ‘zlaricha chora-tadbiriar belgilashlari natijasida ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar. Bolaning ota-onadan bezish hollari kuzatiladi. [2] Xalq ta’limi vazirligining 2004-yil 26-fevraldagi 26-sonli hay’at majlisi qarori billan “Oila, mahalla, maktab” konsepsiyasi qabul qilindi. Bu konsepsiyada belgilab bergan vazifalarni hal qilish uchun: Vazirlikning tashabbusi bilan Respublikamizdagi har bir davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Jamoatchilik maslahat kengashi” tuzilib, joylarda tarbiyasi og’ir, xulqi buzuqlikka moyil hamda daydib yurgan bolalar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga va “Oila, mahalla, maktab” konsepsiyasini amalda joriy etishga e’tibor qaratildi. Shu jumladan maktab oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qiladi. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajarishda, ijobiy hal etishda ota-onalar o’rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid targ’ibotlarning roli benihoyadir. Chunki ota-onalar zamonaviy, ruhiy, ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirilmay turib, oilaviy tarbiyani yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Oilaviy-tarbiyaviy targ’ibotda eng yaxshi oilalar namunasida ta’sir ko’rsatish eng maqbul yo’ldir. Maktab mukammal tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim. O’z o’quvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo’naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma’muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo’lga kirita oladi. O’qituvchi ota-onalarning faol yordamisiz bolalar barkamolligini ta’minlay olmaydi. Bu o’rinda tarbiyachining o’zini-o’zi tarbiyalashi lozimligini ham esdan chiqarmaslik kerak. O’ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o’quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida ularga qat’iy talablar qo’yish uchun ma’naviy huquqqa ega bo’ladi. Maktabni oila bilan bog’lovchi vosita bu o’qituvchidir.
O’quvchilar bilan ishlash, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta’minlash orqali ota-onalarga ta’sir ko’rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvoviqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini ta’minlovchi ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo’lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo’lmaydi. Jumladan, “Bolangiz qanday o’qishini bilasizmi?”, “Bolangizning odobi haqida suhbatlashaylik.”, “Mustaqil hayot bo’sag’asida" kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarning o’z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayg’urishlariga sabab bo’ladi. Maktabda o’qitiladigan darslar, ularning mazmuni va eng asosiysi, shu ma’lumotni o’quvchiga etkazib beruvchi o’qituvchi xulq-atvori, kiyinishi, hattoki har bir xatti-harakati ham bola dunyoqarashi shakllanishiga ta’sit etuvchi omildir. Bola insoniy xislatlar: ezgulik, odamiylik, yaxshilikni ham, yomonlikni ham, eng avvalo, oiladagi kattalarning, ustozlarining xatti-harakatidan o’rganadi. Ota-onalar bilan bir qatorda tarbiyachio’qituvchilar o’z xulq-atvori bilan bolalar hurmatiga sazovor bo’lishlari, ularning hayot yo’lida o’rnak ko’rsatishlari kerak. Shunday muhitda tarbiyalangan bolagina otaonani, qolaversa o’z ustozlarini hurmat qiladigan, mahalla-ko’yda o’zidan kichikni izzatlash, kattalarni hurmatlashni o’z o’rniga qo’yadigan, xulqparvar bo’lib voyaga yetishadi. Har bir tarbiyachi tarbiya san’atkori bo’lmog’i lozim. Bu bolalarni sevish san’atidir. Tarbiyasi og’ir, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, ularni jamoatchilik kengashlariga olib chiqish, foydali mehnatga jalb qilish, to’garaklarga qatnashtirish, hunarmandchilikka o’rgatishni ta’minlash, har bir tarbiyasi og’ir bolaga jamoatchilik faollarini biriktirish, vaqti-vaqti bilan ularning hisobotlarini tinglash lozim. Shu bilan birgalikda sinfda yoki sinfdan tashqarida har bitta o’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda jonli muloqot qilib, ijobiy muhitni yaratishi kerak bo’ladi.

Yüklə 193,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin