Pedagogika


Bu o’z navbatida o’qituvchining kommunikativ qobiliyatiga kiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad



Yüklə 193,04 Kb.
səhifə5/15
tarix15.10.2023
ölçüsü193,04 Kb.
#130290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Ubaydullayeva Laylo Kurs ishi

Bu o’z navbatida o’qituvchining kommunikativ qobiliyatiga kiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, o’qituvchining o’quvchilar bilan o’zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish; ✓ o’quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilish;
o’quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o’z fikr mulohazalarini cho’chimasdan bayon qilib unga tayanishga o’rgatish;
o’quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish bo’lib hisoblanadi. A.S.Makarenkoning fikricha, o’qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo’lishi lozim.
V.D.Suxomlinskiy o’qituvchining "…maktab hovlisida gapirgan har bir so’zi puxta o’ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo’lishi kerak", - deb ta’kidlaydi. O’qituvchining har bir so’zi olimning fikricha, nafaqat o’quvchi qulog’iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo’lishi shart. Umuman, ilg’or o’qituvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi. Pedagog va psixolog olimlarning ko’p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan holda o’qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida qo’llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi: 1. Avtoritar uslubda faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchilar. - o’zi yakka holda guruh faoliyatining yo’nalishlarini belgilaydi; o’zi o’quvchilarga ko’rsatmalar va buyruqlar beradi; ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o’z zimmasiga oladi; o’quvchilarning unga so’zsiz bo’ysunishini da’vo qiladi; qattiq intizom asosida ish olib boradi; topshiriqlarning to’liq bajarilishini talab qiladi; gap qaytargan, fikr bildirgan o’quvchini yoqtirmaydi; aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so’zlari qattiq va qo’pol; o’quvchilarga biror muammoni to’liq tushuntirmasdan talab qiladi. O’qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi. 2. Demokratik uslubda faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchilar. - pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr-mulohazalariga tayanib ta’limtarbiyaviy ishlarni tashkil etadi; sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o’quvchilarning erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratadi; muloqot jarayonida o’quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida qo’llaydi; muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala. 3. Liberal uslubda faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchilar. - tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi; sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi; ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi; o’z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o’zini olib qochadi; o’quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi; o’quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg’am qaraydi; o’z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo’ladi. [3] O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti samarali bo’lishi uchun suhbatdoshni o’ziga moyil qilib olish zarur.
O’zaro moyillikka erishish uchun amalda qo’llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo’lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhimlari o’quvchi ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash usullaridir. ❖Ishonchini qozonish usuli o’quvchilar bilan muloqot asosida ta’sir ko’rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o’quvchi ongiga qaratilgan bo’lib, idrok qilish orqali o’quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli muloqot dasturi sifatida darsdan tashqari jarayonlarda, o’quvchi bilan yakka holda suhbatlarda, ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo’llamladi. Ishonchini qozonish usuli yordamida o’qituvchi o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda o’zo’zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini o’stiradi.
❖Ta’sir etish va ma’qullash usuli muloqotning umumiy jarayonidir. Ikki suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko’rsatishlari, tarbiyaviy maqsadni ma’qullattirish vositasi sifatida o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul vositasida o’qituvchi o’quvchi ruhiyatiga va xulq- atvoriga tarbiyaviy maqsadni ko’zlab sezilarsiz ravishda psixologik ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu usul muloqot jarayonida o’qituvchi o’quvchilarda axloqiy-irodaviy hislatlarni faol takomillashtiradi. O’qituvchi xushmuomalaligi, muosharat odobining cheksiz qudrati bilan o’quvchilar psixikasining anglanmagan qirralariga pedagogik ta’sir etadi, o’qituvchi va o’quvchining yaqindan muloqotda bo’lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun javobgarlik hissini shakllantiradi. Tosh DPU doktaranti M.Hamdamova uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida barkamol shaxsni shakllantirish jarayonini quyidagicha qo’llashni tavsiya etadi: Maktabgacha ta’lim muassasalarida: Bunda tarbiyachilardan bolalarga onalarcha mehr berishlari, ularga muntazam ravishda muhabbat ko’rsatishni asosiy maqsad qilib qo’yishlari shart. Tarbiyachilar kundalik va yillik rejalarida barkamol shaxsni shakllantiruvchi maqsad va vazifalarni alohida ta’kidlab, bajariladigan ishlarni bayon etib borishlari shart. Odatda, tarbiyachilar o’z rejalari asosida o’zbek xalq ertaklaridan keng foydalanib kelishadi. Ertaklaridagi yaxshilik va yomonlik, mehribonlik, rahmdillik va toshbag’irlik, ezgulik va yovuzlikning o’zaro farqlari mazmun-mohiyatini kichkintoylarga yetkazib berishga harakat qiladilar. Shuningdek, ertak qahramonlarini chizish, yasash, musiqiy ohanglarni eshitish, raqs va bolalar qo’shiqlarini o’rgatish ham shu bosqichning tarbiyaviy qismi sanaladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining bashlang’ich sinflari bu 7-11 yoshli bolalar bo’lib, odatda, ular juda qiziquvchan, o’yinqaroq, quvnoq va diqqatsizroqdir. Bu bolalar maktab ostonasiga qadam qo’ygan kundan boshlab savodxonlik darajasida faqatgina ustozining so’zini so’z deb tan oladi. Ularning fikrini ota-onalar ham o’zgartirishlari mushkul. Bu yoshdagi o’smirlarni yildan yilga atrof muhitga, voqealarga qiziqishi ortib boradi. Ular ko’proq o’zlari qiziqqan ishni kattalardan yashirincha bajarishga harakat qilishadi. Yolg’on so’zlash, qilgan aybini yashirin va kattalar oldida o’zini aqli raso qilib ko’rsatishga urinishadi. Bu yoshdagi bolalarning barkamollik darajasini oshirib borish uchun barcha o’qituvchi-murabbiylar, ota-onalar, mahalla-ko’y, nazorat inspeksiyasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yib borilmog’i lozim. Bolalarni teatr, muzeylarga olib boorish, asosan, maktab zimmasida qolgan. Ammo shunga yarasha ota-onalar “Bugun teatrga boribsan, nima ko’rding, nimani tushunding” deb, besh daqiqa vaqt sarflash ota-onalarning vazifasidir.


Yüklə 193,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin