Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi


Yangi bosqichning yangi imkoniyatlari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə37/83
tarix26.11.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#135995
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy kafedrasi

Yangi bosqichning yangi imkoniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrda “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani ta’lim tizimidagi islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu hujjatda nazarda tutilgan maqsadlar barchamizni quvontirdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Farmonga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tashkil etilib, mazkur dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxatlari tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Farmonga ko‘ra, jami 388 ta kasb-hunar kollejlari binolari tegishli ro‘yxatga asosan maktab sifatida foydalanilishi belgilandi.
Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimida tegishli ta’lim dasturlari joriy etilgan kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlardan iborat professional ta’lim muassasalari tarmog‘i tashkil etiladi.
Bunda:
A) kasb-hunar maktablarida:
Maktablarning 9-sinf bitiruvchilariga 2 yillik kunduzgi ta’lim beriladi;
Ta’lim olayotgan o‘quvchilar Davlat byudjeti hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oylik stipendiya hamda uch mahal ovqat bilan ta’minlanadi.
B) kollejlarda:
Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi.
V) texnikumlarda:
Umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beriladi;
Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Xulosa o‘rnida aytganda, amalga oshirilayotgan islohotlarning barchasi yosh avlodning puxta va sifatli bilim olishiga davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta e’tiborning amaldagi ifodasidir. Zero, hech bir davlatda O‘zbekistondagidek bepul ta’lim tizimi mavjud emas. Bu islohotlarning tag-zamirida MUSTAQILLIK bergan cheksiz imkoniyatlardir.
Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning milliy tiklanishiga xizmat qildi. G‘oyaviy kurashlarda kunimizga yaradi. Xalqimizni birlashtirdi, buzg‘unchi g‘oyalar mohiyatini tushuntirdi. 2017 yildan boshlab O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi – Milliy yuksalish bosqichiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi amalda. Keyingi yillarda erishilgan yuksak marralar xalqimizni baxtli qilishga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarurligi alohida ta’kidlandi. 2019 yil 8 aprel kuni Prezidentimizning O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilindi.
Mazkur hujjat qabul qilinishining zarurati nimalarda namoyon bo‘ladi? Rivojlangan mamlakatlarda milliy g‘oya davlat maqsadlarini xalq maqsadlariga uyg‘unlashtiradi. “Bir hudud – bir xalq” e’tiqodini shakllantirib, mamlakatlar aholisini birlashtirgani, umumiy maqsad yo‘lida safarbar qilganiga misollar ko‘p. Ularning aksarida milliy g‘oya milliy qadriyatlarga bog‘lab singdirilganini ko‘ramiz.
Masalan, “Tarix – sintoizm – konfutsiylik – samuraylik irodasi” qadriyatlari negizida yapon milliy g‘oyasi ishlab chiqildi. Odamlarga ishonch, rag‘bat berildi. Maktabning tarbiyaviy ishlar tizimi, g‘oyasi isloh qilindi. Uyushgan millatning juda qattiq mehnati o‘laroq, dunyo “Yapon mo‘‘jizasi”ning guvohi bo‘ldi. Xitoyda ham milliy zaminga – Konfutsiy ta’limotiga murojaat qilindi. Konfutsiy merosidan diniy ta’limot emas, balki axloqiy (xulq uchun) asos sifatida foydalandi. Yoshlar tarbiyasi “Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish” g‘oyasi asosida tashkil etildi. Yoshlarga shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg‘un tutish o‘rgatib borildi.
AQSHda davlat mafkurasi yo‘q, deb hisoblanadi. Ammo amerikaliklarning ma’naviyatini o‘rgangan olimlar AQSH kabi mafkuralashgan davlatni topish qiyin, deyishadi. AQSHda mafkura vazifasini “Amerika orzusi” (American Dream) bajarmoqda. U Amerika davlatining oliy qadriyatlari yig‘indisi, millatning ma’naviy onasi deb tushuniladi. “Amerika orzusi”ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi. Amerikaliklar mafkura bo‘lmasa, davlat boshqaruvida tizimlilik bo‘lmaydi, tizimsiz esa samarali siyosat bo‘lishi mumkin emas, deb hisoblashadi. Shu bois, amerikalik davlat arboblaridan biri U. Sefayr “Agar Amerika tuzumi – skelet bo‘lsa, amerikancha orzu – uning qalbidir” degan edi.
Janubiy Koreyada ham milliy g‘oya xalqning milliy o‘zligiga va yoshlar tarbiyasiga qurildi. Maktabda milliy g‘oya yoshlar ongiga urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib borildi. Yoshlarni hayotga tayyorlashda oila, maktabgacha ta’limga alohida e’tibor qaratildi. Hozir ham koreys oilalarida umumiy byudjetning ellik olti foizi bolaning ta’lim-tarbiyasi, inson kapitali – Human Capital uchun sarflanmoqda.
Mamlakatimizda milliy g‘oyaga yangi davr, millatimiz tarixining yangi bosqichi talablaridan kelib chiqqan real talablar qo‘yilmoqda.
Bugun O‘zbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan e’tirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa o‘z-o‘zdan bo‘lmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi o‘zgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan ko‘tarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu e’tiroflar, dastlabki yutuqlar o‘zimizniki albatta. Lekin ularni yanada yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o‘zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o‘sha mamlakatning jahon miqyosidagi o‘rni, xalqaro reyting va ko‘rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi.
Bugun hayotning har bir jabhasida yangilik va bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko‘rsatkichlarida ham o‘z ifodasini topayotir.
Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o‘zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o‘sish va ­raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko‘zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug‘lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo‘lib yashashini ta’minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.
Prezidentimizning shu yil 2 iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni yurtimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘ldi.
Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o‘rnatildi.
Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Farmoni ana shu sa’y-harakatlarni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni bo‘lib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning o‘rni qanday bo‘ladi? Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 4 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash borasida parlamentning, xususan, Qonunchilik palatasining roli” mavzusida o‘tkazilgan seminar ana shu mavzuga qaratildi va Prezident farmoni mazmuni va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda parlament oldida turgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo‘lga qo‘yildi.
O‘tgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020 yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi o‘rni sezilarli darajada o‘sdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko‘ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit reytingi «BB–» barqaror darajada saqlanib qolmoqda.
MUSTAQIL TA’LIM
Topshiriq shakli: LOYIHANI ISHLAB CHIQISH
Mustaqil ishning maqsadi: bashorat qilish, loyihalash, modellashtirish qobiliyatini rivojlantirish.
Loyiha - bu "natijalarning sifatiga, mablag‘lar va resurslarni sarflashning mumkin bo‘lgan chegaralariga va muayyan tashkilotga qo‘yiladigan talablar bilan alohida tizimni vaqt bilan cheklangan maqsadli o‘zgartirish".
Mustaqil ishning kutilayotgan natijalari: - talabalarning fan va ta’limning zamonaviy muammolariga oid bilimlaridan ta’lim va kasbiy muammolarni hal qilishda foydalanishga tayyorligi; - tadqiqot muammolarini original hal qilish uchun individual ijodiy qobiliyatlardan foydalanishga tayyorlik; - bashorat qilish, loyihalash, modellashtirish qobiliyati.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin