Poliz ekinlari zararli organizmlarni xisobga olish va rivojlanishini bashorat qilish



Yüklə 427,58 Kb.
tarix21.06.2022
ölçüsü427,58 Kb.
#117123
Poliz zararkunandalari

Poliz ekinlari zararli organizmlarni xisobga olish va rivojlanishini bashorat qilish

SHira bitlar (aphidae). O‘simlik shiralari barglarini shirasini so‘rib zarar etkazadi. Natijada poya va ildizlardagi zapas uglevodlar miqdori keskin kamayib ketadi. Qattiq zararlangai barglarning shakli o‘zgaradi va bujmayib qoladi. Bunday o‘simliklar juda sust o‘sadi. Zararlangan o‘simliklarda hosil 30-50 % gacha kamayishi mumkin. O‘simlik shiralari- Homoptera turkumiga Aphidae oilasiga mansub so‘ruvchi mayda xasharot bo‘lib, chala o‘zgarib rivojlanadi.

O‘simlik shiralari shakli jixatidan bir necha xil bo‘ladi, chunonchi bular o‘rtasida tirik tug‘uvchi qanotsiz urg‘ochilari, tuxum ko‘yadigan qanotsiz urg‘ochilari, tirik tug‘uvchi qanotli urg‘ochilar, qanotli erkaklari bor. SHiralar xaroratga bog‘lik xolda 20-26 tagacha, katta g‘o‘za biti esa 12-15 tagacha avlod berib rivojlanadi.Poliz yoki g‘o‘za biti o‘simliklarning 46 ta turiga shikast etkazadi. Ko‘proq bodring, g‘o‘za, poliz ekinlari, eryong‘oq, karam, kunjut va xokazolarga zarar etkazadi. Qanotsiz shiraning tanasi tuxum shaklida bo‘lib bo‘yi 1,25-2,1 mm gacha boradi. Rangi ko‘kish yoki sariqdan to‘q yashilgacha baxor va yoz oylarida aksari o‘tsimon yashil va sarg‘ish tuslarda uchraydi. Kuzda esa to‘q yashil rangda bo‘ladi. Tirik tug‘uvchi urg‘ochilarining boshi ko‘kragi oyoqlarining uchlari va shira so‘radigan naychalari qora tusda uchraydi, qanotli shiralarni shira naychalari qanotsizlarnikiga nisbatan kaltaroq bo‘ladi.

Qovun pashshasi. Zararkunanda to‘liq rivojlanadigan hasharotlar guruhiga kirib, to‘rtta rivojlanish fazasini: voyaga etgan, tuxum, qurt, soxta g‘umbak davrlarini o‘taydi (Rasm-3). Bu guruhga kiradigan boshqa hasharotlar qatori metamorfoz rivojlanish davri bo‘lib o‘tadi. Zararkunanda g‘umbak fazasida tuproqning 3-20 sm chuqurligida qishlovga ketib, bahorda ertagi qovun navlari gullab mevalar paydo bo‘lganda qishlayotgan joylaridan uchib chiqadi. G‘umbaklardan chiqqan vaqtida qanotlari yig‘ilib turgan holatda turib, biroz vaqt o‘tgandan so‘ng qanotlarining ildizlariga gemolimfa to‘lib, ularning to‘g‘rilanishiga va o‘ziga xos rangga kirishi bilan juftlashib, tuxum qo‘yishga kirishadi. Otalangan etuk zoti poliz ekinlari

naychalashi bilan (diametri 3-5 sm bo‘lganida) po‘stini teshib, ichiga tuxum qo‘yadi . Teshilgan joyda qizil-jigar rang chiqindilar paydo bo‘lib, bu joyi ko‘zga ko‘rinadi. Po‘stlog‘i tagiga qo‘yilgan tuxumlar quyosh nuri tushishi natijasida, ulardan qurtlar chiqib mevaning ichki tomoniga qarab oziqlanib,zararlab boradi va oziqlanib yo‘l ochib, mevaning urug‘i joylashgan o‘rtasiga qarab sekin suriladi. Zararlangan joylar qattiq, zich holatga kelib, qoramtir rangga o‘zgarib chiriydi. Qovun pashshasi may oyining ikkinchi dekadasidan ucha boshlaydi. Urg‘ochi pashshalar qishlovdan chiqqandan so‘ng 3-4 kun o‘tgach otalanib tuxum qo‘yadi. Respublikamiz sharoi- tida 3-4 ta avlod berib rivojlanadi.


Yüklə 427,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin