Personalni strategik boshqarish



Yüklə 230,72 Kb.
səhifə25/37
tarix07.09.2022
ölçüsü230,72 Kb.
#117715
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
5. Personalni strategik boshqarish

strategiyalari.
8.2-jadval.

Portfelning kamchiliklari

Kirish strategiyasi

«daromad» ishlab chiqaruvchilarining
kamchiliklari

kompaniyaning etuk tarmoqlardagi xaridlari

«g’oliblar»ning kamchiliklari

-

«so’roq belgilari»ning yoki
«rivojlanayotgan g’oliblar»ning kamchiligi

paydo bulayotgan yoki usib borayotgan
soxalardagi ichki tadbirkorlik

Shuni ham nazarda tutish kerakki, sotib olish strategiyasi etarlicha ishlab chiqilmasa, «g’oliblar»ni yoki «daromad ishlab chiqaruvchi»larning urniga portfelda
«kuchuklar» paydo bulib qolishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bulishi mumkin:
- kompaniya turli korporativ madaniyatlarni integratsiyalashga uringanda kupincha qiyinchiliklarga duch keladi;
- kompaniya sinergizmning potentsial samarasiga ortiqcha baxo beradilar;
- sotib olish katta xarajatlarga sabab buladi;

- kompaniyalar kupincha sotib olishdan kuzlanayotgan maqsadlarni aniq tasavvur qila olmaydilar.


Yuqorida aytib utilganidek, portfelni boshqarish texnikasiga oid atamalarda yangi ichki korxonalar «suroq belgilari» sifatida ishtirok etadi. Quyidagi tipik xatolarni xisobga olish xatolar extimolini kamaytirishga imkon berishi mumkin:
- kirishning kulami kichik;
- yangi tadbirkorlik yomon tijoriylashtiriladi;
- korporatsiya menejeri tadbirkorlik jarayonini yomon boshqaradi.
Biznes kichik yoki katta bulganda bozorga kirish xhajmi, daromad va pul oqimlari urtasidagi mutanosibliklarni quyidagi grafik orqali ifodalash mumkin.
Daromadlik darajasi. Pul yo’qotishlar
Katta xajm Kichik xajm Vaqt

8.2-rasm. Biznes hajmining daromadlarga va pul oqimlariga ta’siri


Biznes kichik bulganda zararlar ham kichik buladi, biroq uzoq muddatli istiqbolda katta xajmlar qaytish tezligining katta bulishiga sabab buladi.
Ba’zi xollarda kompaniyalar sotib olish strategiyasining ichki yangi tadbirkorligini afzal kuradilar, biroq ular yangi investitsiyalar zarurligidan, yangi xatarlardan xavfsiraydilar (masalan, «rivojlanayotgan g’olib»larning tug’ilish va usish bosqichlarida). Bu ularning xamkorlikda tadbirkorlik qilishlariga olib keladi va yangi loyixalarning investitsiyalari va xavfini sug’urtalashga imkon beradi.
Ammo ushbu kirish usulining quyidagi kamchiliklari borligini ham aytib utish kerak:
- investitsiyalarni va xatarlarni sug’urtalashdan tashqari, yangi ishning etarlicha daromadli bulishi ham kafolatlanishini talab qiladi;

- bunday xamkorlikka kirishayotgan kompaniyalar «nou-xau»dagi ustunlikni qo’ldan boy berib qo’yishlari ham mumkin;


- xamkorlar, ayniqsa, biznes falsafalari, rejalashtirish istiqbollari, investitsiyaning ustivor yunalishlari turlicha bulganda bir-birini nazorat qilishlari lozim, aks xolda ziddiyatlar vujudga keladi.
Odatda, kompaniyada «yutqazuvchilar» yoki «suroq belgilari» kup bulsa, ba’zida esa «rivojlanayotgan g’oliblar» kup bulganda ham ketish talab qilinadi. Kompaniya bu xolda uch xil strategiyaga ega buladi:
- «echintirish»;
- «hosilni yig’ib olish»;
- «tugatish».
«Echintirish» biznesni boshqa kompaniyaga sotishni yoki kompaniyaning ichkaridan turib boshqarilishini uz ichiga oladi. «Rivojlanayotgan g’oliblar» yoki ba’zi hollarda «suroq belgilari» oson sotiladi, «yutqazuvchilar»ni sotish esa juda qiyin kechadi.
Pul oqimlari
«xosilni yig’ib» olish strategiyasining boshlanishi
0
bozor xajmi

Tugatish
8.3-rasm. «Hosilni yig’ib olish» strategiyasining pul oqimlariga ta’siri


«Xosilni yig’ib olish» kompaniya ushbu tarmoqdan chiqayotganda pul oqimlarini oqillashtirish uchun sarmoyalarni qaytarib olishni nazarda tutadi. Ichki pul oqimlarini ko’paytirish uchun firma boshqaruvi yangi sarmoyalarni bartaraf qiladi yoki cheklaydi, foydalanish xarajatlarini cheklaydi. ITTKI xarajatlarini pasaytiradi. O’tgan omadli davrlar foydasini sarflaydi. Buning samarasi 14-rasmda keltirilgan.

Ketish strategiyasini tanlash


8.3-jadval

Urta korxonalarni tavsiflari

Qulay tarmoq

Noqulay tarmoq

«Rivojlanayotgan g’olib»


«Echintirish»

«Yutqazuvchi»

«xosilni yig’ib olish» /
«echintirish»

«xosilni yig’ib olish» yoki
tugatish

«Suroq belgisi»

«Echintirish»

Tugatish

Xo’jalikning o’rta bo’g’inlari sotuvlar xajmi bo’yicha bozorni yo’qotadi, biroq pul tushumlari xajmi vaqtincha ko’payadi. Bu mablag’lar korporatsiyaning boshqa o’rta korxonalarini rivojlantirishga sarflanadi. Pul tushimlari kamaysa o’rta korxonalar faoliyati tugatiladi.
Ketish strategiyasi o’rta korxonalar ta’rifi va tarmoqda raqobatning jadalligiga qarab tanlanadi.

9-mavzu
9-MAVZU


Reja:
1. O’zbekistonda ta’lim tizimining xususiyatlari, uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari.
2. Та’limda “Каdrlar tayyorlash milliy dasturi”,“Та’lim to’g’risida”gi qonunning amalga oshirilishi.
3. Ta’limda menejmentning uziga xos xususiyatlari va strategik boshqarish.
4. Ta’lim tizimini strategik boshqarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi.
1. O’zbekistonda ta’lim tizimining xususiyatlari, uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi, uning asosiy bosqichlari.
Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog‘i bo‘lib, ob’ektiv borliqni ilmiy bilishga asoslanadi. U o‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida ko‘radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir bo‘ladigan munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv sub’ektining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir.
Demak, mehnatning har qanday shakli boshqaruvchiga ma’lum darajada muhtojdir.
Boshqaruvchi o‘z jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
Boshqaruvchi ishlab chiqarish organizmning mustaqil a’zolari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Obrazli qilib aytganda yakka skripkachi o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin orkestr dirijyorga muhtojdir. Demak, to‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchining, ya’ni rahbarning faoliyatidir.
Boshqaruvning mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarini shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. Shuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi.
Ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablari darajasiga ko‘tarish, kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, har tomonlama sog‘lom va barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997 yil 29 avgustda) qabul qilindi. Qonun va dastur talablarini hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi. SHu asosda qonunosti hujjatlari ishlab chiqildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib milliy ta’lim tizimini ifoda etgan va ta’limning o‘zbek modeliga xos davlat ta’lim standartlari (DTS) ishlab chiqildi va amaliyotga kiritildi. Shu asnoda ta’lim-tarbiya olishning huquqiy asoslari yaratildi. 2009 yildan

boshlab 12 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini o‘z ichiga olgan 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish ishlari yakunlandi.


O’zbekistonda ta’lim tizimi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”asosida amalga oshiriladi.“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ta’lim sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar
kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Bilim olish huquqi
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;

ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar o‘rgatish;


barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo‘lishi;
oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi
Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda barpo etiladi. Nodavlat ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Ta’lim muassasasi attestatsiya natijalariga binoan davlat akkreditatsiyasidan mahrum etilishi mumkin.
Ta’lim muassasalari o‘quv-tarbiya majmuilariga hamda o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqli.
Ta’lim muassasalari ustavda belgilangan vazifalariga muvofiq pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug‘ullanishga haqli.

Yüklə 230,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin