Nizolarni hal qilishag bog`liq bo`lgan tizimiy usullar.
Nizolar psixologiyasi vauning kelib chiqishi Ijtimoiy xayotda, shaxslararo munosabatlarda ayrim alohida nizolar, o`zaro kelishmovchiliklarni bo`lib turishi muqarrar. Shuning uchun ba’zan olimlar ziddiyat yoki nizolarning nafaqat salbiy, balki ijobiy tomonlari xam bo`lishi mumkinligini ochik e’tirof etadilar. Masalan, G.Andreyevaayrim ziddiyatlarning konstruktiv oqibatlari to`grisida yozadi. Uning fikricha, ba’zan ikki shaxs o`rtasida kelib chiqqan nizo ularning istiqbolda to`gri xulosa chiqarib, shunday xarakatni boshqa qaytarmaslikka, omilkorlikka, hushyorlikka undaydi. Yoki bir qarashda tanbehga asoslangan shaxslararo ziddiyat shaxsni uz ustida muttasil ishlashga, uz xulqini o`zi tuzatishiga olib keladi. Bunday nizolar oqibatida kura konstruktiv deb ataladi. Destruktiv nizoning oqibati esa ko`pincha salbiy bulib, u shaxslararo antogonizmni keltirib chikaradi, tomonlarning asablari charchaydi, ular xastalanib kolishi ham mumkin. Yoki er va xotin urtasida, yoxud qaynona va kelin urtasidagi nizo oila ajrimiga sabab bulishi va bir butun oila buzilib ketishi mumkin. Xo`sh, ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida nizo yoki ziddiyatga kanday ta’rif berish mumkin?
Konflikt, nizo yoki ziddiyat- bu ayrim aloxida olingan shaxs ongida, yoki shaxslararo mulokot jarayonida, gurux doirasida yoki guruxlararo uzaro muloqot va ta’sir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga to`gri kelmaydigan, qarama-qarshi fikr, qarash va pozitsiyalarning to`knashuvi oqibati paydo bulgan salbiy xissiyotlarga to`la munosabatlar maromini bildiruvchi ijtimoiy-psixologik xodisadir.
Konfliktni keltirib chiqaruvchi omillar, sabablar nihoyatda ko`p, lekin ularni 5 asosiy guruhga bulib o`rganish mumkin:
1. Informatsion-axborot omillari:muloqot jarayonida sheriklarga notugri tarzda yetib keladigan noto`lik, noaniq faktlar, mish-mishlar; shubhalar, tula aniqlik kiritilmagan ataylab yoki bilmay turib deyarli xufyona tarzda yetkazilayotgan ma’lumotlar; axborot manbaiga nisbatan ishonchning yo`kligi; ayrim xodisa, vokealarga aloqador bulgan tortishuv.