O‘quv-uslubiy majmua Psixologiya kafedrasi majlisida muhokama qilingan. (Kafedraning 2022 yil ___avgustda o‘tkazilgan 1-sonli yig‘ilishi bayonnomasi). Kafedra mudiri: D.A.Sobirova Kafedra yig‘ilishi qarori № ______ «______» ______________2022 y.
Kelishildi: Fakultet kengash raisi: _____________. Fakultet yig‘ilishi qarori № ______ «______» ______________2022 y.
1-MAVZU: Shaxslararo munosabatlar tizimida shaxsning rivojlanishi. Reja. 1. Insonning shaxs sifatida shakllanishi va bunda ijtimoiy muhitning o`rni.
2. Ijtimoiy psixologiyada shaxsni o`rganishning o`ziga xosligi.
3. Guruhlar va ularning shaxs rivojlanishiga ta’siri.
4. Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari.
Insonning shaxs sifatida shakllanishi va bunda ijtimoiy muhitning o`rni.
Shaxs jamiyatning a’zosi, ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning sub’ekti bo’lmish individdir.
Shaxsning boyligi, uning hayotga faol munosabati, boshqa kishilar bilan bo`ladigan aloqalarining turli-tumanligiga bogliq bo`ladi.
Individ- so`zi lotincha-«individium»-bulinmas degan ma’noni anglatadi.
Har bir odam o`zi mansub bo`lgan sinf, muloqotga xos bo`lgan umumiy sifatlar bilan bir qatorda shaxsiy xususiyatlarga ham egaki ular shaxning takrorlanmas individualligidir.
Individuallik- ma’lum sifatlarga ega bo`lgan shunday odamki, bu sifatlar faqat shu odamgagina xosdir.
Shaxs tashqi turmush sharoitlari ta’sirida shakllanadi.
Savol: Bir xil sharoitda tarbiyalanganda har biri o`zining shaxsiy xususiyatlariga ega bo`ladimi?
Javob: Shaxsning shakllanishida ijtimoiy omillardan tashqari biologik omillar ham ta’sir ko`rsatadi.
Bu omillarni bir-biridan ajratib quyish noto`gri.
Hosil qilinadigan xususiyatlar bilan tabiiy mavjud xususiyatlar o`zaro bogliq tashqi sharoitlar ta’sirida odamning shakllanishini ichki sharoitslarga boglik holda sodir bo`ladi.