Pul massasini miqdoriy o’lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud:
Transaksion yondashuv - bunda pullarning to’lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko’zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi e’tiborga olinadi.
Likvidli yondashuv – bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.
Pul multiplikatori va pul agregati.
Pul multiplikatori – muomaladagi pul massasini qay darajada o’sib yoki kamayib borayotganini ko’rsatadi.
Pul multiplikatori – muomaladagi pul massasini qay darajada o’sib yoki kamayib borayotganini ko’rsatadi.
Pul multiplikatori pul massasini qanday suratlarda ko’payotganligini ko’rsatadi. Shu sababli Markaziy bank pul massasining dinamikasini va inflyatsiya darajasini kuzatish uchun unga pul multiplikatori kerak.

Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlardir.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlardir.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi.
Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
1. M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.