3.Oʼrta asrlar Yevropa falsafiy tafakkuri rivojlanishi.
4.Oʼrta asr Sharq falsafasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Olim adashsa – olam vayron boʼlgʼusi…
Аfsuski, bir olim oʼzi adashgani yetmagandek, ongi oliy maʼlumot ila shakllanayotgan talabalarni ham “adashtirish”ga urinayotganini eshitib, “portlab” ketayozdim.Bir ilm dargohida ikki olimning suhbati qulogʼimga chalingach, dafʼatan shunday alamli soʼzlar quyulib kela boshladi: ogʼzidagi oshini oldirgan olim – millatga zolim…
Ulardan biri shunday dedi:
“Аvesto”ning oʼzbek xalqiga aloqasi yoʼq, u qadimgi Xorazmda yaratilmagan… Men talabalarimizni shunday deb oʼqitayapman…
Unga ikkinchi olimning javobi ancha joʼyali boʼldi:
– Baraka topgur, “Аvesto” yaralgan zamonda Xorazm buyuk mamlakat markazi hisoblangan. Ehtimolga yaqin faraz shuki, oʼsha paytlarda Eronu Ozarbayjon oʼlkalari ham Xorazm mamlakati tarkibiga kirgandir… Kam emas – 12 mingdan ortiq qoramolning bir qismi hozirgi Eron va bir qismi Ozarbayjon hududida soʼyilib, terilari oshlanib, asarni yozishda eroni va ozar allomalari ham oʼz hissalarini qoʼshgan boʼlishi mumkin. Nima boʼlganda ham bu noyob asar oʼsha davrda mamlakat markazi – Xorazmda vujudga kelgani ayon haqiqat!..
Аfsus, suhbatni oxirigacha eshitishga imkonim yoʼq edi…
Biroq, “Аvesto”ning oʼzbek xalqiga aloqasi yoʼq, u qadimgi Xorazmda yaratilmagan… Men talabalarimizni shunday deb oʼqitayapman” degan shubhali gaplar menga tinchlik bermay qoʼydi…
Sobiq mustabid tuzum davrida Аbu Аli ibn Sinodek allomalarimizni, Samarqandu Buxoro, hatto Toshkentni oʼzbeklarga aloqasi yoʼq, degan gʼayrishuuriy gaplardan qanchalik zada boʼlganimiz kammidi?..
Endi “Аvesto”dek durdona asarimizni ham oʼzgalarga “tortiq” qilayotgan shovvozlar paydo boʼlibdimi?..Yoʼq, bunga aslo yoʼl qoʼyib boʼlmaydi!
“Аvesto”ning oʼzbek xalqiga aloqasi yoʼq, degan kimsaning bizga aloqasi boʼlmasligi mumkin…
Аbu Аli ibn Sino kabi allomalarimiz, Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa shaharlarimiz singari “Аvesto” ham oʼzbek xalqining ajdodlaridan qolgan boyligi ekanligini har qanday vallomatga tushuntirib qoʼyishimiz mumkin. Yosh avlodni chalgʼitishga, ongini zaharlashga esa aslo yoʼl qoʼyib boʼlmaydi! “Аvesto”ni yaratgan buyuk ajdodlarimizning ruhini bezovta qilgan “olim” oʼziga javr qilmasligini istardik.