Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


- mavzu. Husnixatga o‘rgatish tarixidan ma’lumot



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə27/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

9- mavzu. Husnixatga o‘rgatish tarixidan ma’lumot

  1. Husnixatga o‘rgatish tarixi.

  2. Boshlang‘ich sinflarda yoziivga o‘rgatish

  3. Soddalashtirilgan harflar.

Eski maktabda husnixat qoidalarini o‘rgatuvchi birdan-bir qo‘lanma “Mufradot” kitobi bo‘lgan. Domlalar yozishni o‘rgatish va husnixat mashq qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o‘rgatishning birdan-bir yo‘li ko‘chirib yozish ko‘nikmasini hosil qilish bo‘lgan. Bolalar uchun arab alfavitida yozish juda qiyin bolib, unda biror nuqtaning noo‘rin qo‘llanishi yoki nuqtalar sonini kam yoki ortiq bo‘lishi so‘zning ma’nosini tubdan o‘zgartirib yuborgan. Shuning uchuin, arab yozuvida juda ehtiyot bo‘lib yozish zarur edi. Ana shunday bir vaqtda husnixat bo‘lishni, har bir harfni to‘g‘ri va aniq yozishni talab qilish, bu masalaga kishilarning diqqatini jalb qilishda husnixat ta’limini o‘rgatuvchi metodik qo‘llanma juda muhim edi. Bu ishga birinchi bo‘lib shoir va Hattot Shermuhammad Avazbek o‘g‘li Munis (1778-1829) bel bog‘laydi. Munis 1804 yilda o‘zbek tilida’Savodi ta’lim’ nomli risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy hamda nazariy tomondan o‘sha davrga nisbatan katta ahamiyatga ega edi. Munisning bu asari uning vafotidan keyin Xorazm Hattotlari tomonidan ko‘chirib yoziladi.
Munis bu risolasini ikki qismga bo‘lib, birinchi qismida husnixat ta’limini bergan ustozlari haqida, xat va chiroyli yozuv asboblari haqida foydali maslaxatlar beradi.
So‘ z maxzanining nishonasi ham,
Ma’ni durining hazonasi ham,
Har so‘ zki, ko‘nguldan o‘vdi mavjud,
Xat bo‘lmasa bo‘lg‘ay erdi nobud...
U yozuv qoidalariga ham katta axamiyat berib shunday deydi: Olam ishi intizomi andin, Olam elining nizomi andin, Ul bo‘lmasa bo‘lmag‘ay kitobat, Bu bo‘lmasa qolmag‘ay hikoyat...
“Savodi ta’lim”ning ikkinchi qismida arab alfavitidagi harflarning o‘lchovi va shakli katta kichikligi tushuntiriladi. Munis bu kitobida harflarning o‘lchovini qat’iylashtirib har xillikka chek qo‘yib, husnixat ta’limiga yangilik kiritgan. Uning bu risolasi Hattot va kitoblarga hamda o‘z xatini tuzatmoqchi bo‘lgan kishilarga yaqindan yordam bergan.
Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri o‘quvchilarning savodxonligini oshirishdir. O‘quvchilarning savodxonligini oshirishda toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug‘ rus pedagogi K. D. Ushinskiy husnixat darslariga alohida e’tibor berib,’dastlabki orfografik malakalar husnixat darslarida tiklanadi’, - degan edi.
O‘zbek maktablari 1940 yildan boshlab, rus grafikasi asosida yozuvga o‘ta boshladi. O‘zbek maktablari uchun husnixatga maxsus oid qollanmalar yaratilmagan bo‘lsa ham bu davrda yaratilgan turli metodik qollanmalardan foydalanib kelingan.
1948- yilda V. A. Saglin tomomonidan tuzilgan’Boshlang‘ich sinflarda yoziivga o‘rgatish’ nomli qo‘llanmada I, II, III, IV sinflarda husnixatga o‘rgatishning maqsad va usullari bayon etiladi. Bu kitobda yozuvda uchraydigan tipik xatolarni tuzatish uchun ko‘rsatmalar va tez yozishga o‘rgatish uchun tayyorgarlik mashiqlari beriladi. Qo‘llanmada doskada bo‘r bilan yozish qoidalari ham kiritiladi.
1948-yilda E.V. Guryanov tomonidan tuzilgan “Yozuv mashqlarning psixologik eslatmalari” va “Alifbe davrida yozuvga o‘rgatishning psixologiyasi va metodikasi” nomli qo‘llanmalarda esa yozuv jarayoniga ilmiy asosda yondashiladi va yozuvning psixofiziologik asoslari ochib beriladi. Muallif bu qo‘llanmalarda o‘quvchilarning diqqatini boshlang‘ich sinflarda darsning samaradorligini oshiruvchi qator shart-sharoitlarga tortadi hamda amaliy ko‘rsatmalar beradi. 1959-yilda E.V. Guryanovning “Yozuvga o‘rgatish psixologiyasi” kitobi nashr qilindi. Bu qo‘llanmada, asosan, yozuvga o‘rgatish psixologiyasi to‘la ochib beriladi, hamda eski kaligrafik yozuv sistemasi tanqid qilinadi. Muallif bosim bilan yoziladigan yozuv sistemasini misollar bilan ko‘rsatib beradi, hamda mavjud yozuv grafikasini soddalashtirishni talab etadi.
1983- yilda D. A. Pisarevskiy tomonidan yozilgan’Yozuvga o‘rgatish’ kitobida birinchi marta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun darslarni qanday tashkil etish yo‘llari ko‘rsatiladi. Muallif bu kitobda harflarni izchillik bilan o‘rgatishni, har xil bog‘lanishlarni to‘liq ko‘rsatib o‘tadi. Ammo chiroyli yozuvga o‘rgatishning asosiy shartlari ustida kam ko‘rsatma beradi.
1970 yidan boshlab soddalashtirilgan harflar qabul qilindi, undan “Alifbe” kitobida, o‘quvchilar uchun qo‘llanma va metodik ko‘rsatmalaridan foydalanila boshlandi. Yangi shriftning asosiy xususiyatlari quyidagilardir: juda ko‘p harflarning shakli soddalashtirilgan, katta harflarning shakliga yaqinlashtirilgan; yangi harflar bir sharoitda qo‘lni uzmasdan bog‘lab yozishga mo‘ljallangan. Yozuv qurollari takomillashib borishi bilan E.V.Guryanov tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970 yildan boshlab maktablarda keng qo‘llanila boshlandi.
Shu vaqtlarda rus alfaviti o‘qitiladigan maktablar uchun yangi soddalashtirilgan harflar bilan husnixat kitoblari nashr qilina boshlandi.
O‘zbek maktablarida soddalashtirilgan kiril alifbosida chiroyli yozish va chiroyli yozishga o‘rgatish borasida M.G‘ulomov tadqiqot ishlarini olib bordi. U o‘zining qo‘llanmalarida 1-4-sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish usullarini, husnixat qoidalarini ishlab chiqdi, amaliyotga tadbiq etish metodikasini ochib berdi.
Amaldagi yozuvni husnixat qoidalari ularga doir amaliy mashqlar namunasi Y.Abdullayevning “Sovg‘a”, “Yangi alifbo va imlo” “Hamrohim” o‘z aksini topgan.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin