Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Uchinchisi istisno qonuni va uning bilishdagi roli



Yüklə 19,77 Mb.
səhifə127/281
tarix18.11.2023
ölçüsü19,77 Mb.
#132827
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   281
Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Uchinchisi istisno qonuni va uning bilishdagi roli
Nozidlik qonuni barcha bir-biriga mos kelmaydigan hukmlarga nisbatan amal qiladi. Hukmlarning bittasini albatta xatodir, deb belgilaydi. Ikkinchi hukm haqidagi masala ochiqligicha qolaveradi: u chin ham, xato ham bo‘lishi mumkin.
Uchinchisi istisno qonuni faqat bir-biriga zid keladigan (kontradiktor) hukmlarga nisbatan amal qiladi. U quyidagi tarzda shakl topadi: ikkita bir - biriga zid keladigan hukmlar ayni bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin emas, ularning biri chin bo‘lishi zarur: a ѐki b, ѐxud b emas bo‘ladi. Muayyan faktning tasdig‘i ѐki uning raddiyasi chin bo‘ladi.Ikkita hukmdan birida har bir predmet haqida muayyan ko‘plik tasdiqlanadigan (ѐki rad qilinadigan), boshqasida esa – ushbu ko‘plikning muayyan qismi haqida raddiya beriladigan (tasdiqlanadigan) hukmlar bir-biriga zid keladigan (kontradiktor) hukmlar deyiladi. Bunday hukmlar ayni bir vaqtning o‘zida chin ham, xato ham bo‘lishi mumkin emas: agar ularning biri chin bo‘lsa, unda boshqasi xato bo‘ladi va aksincha. Masalan, agar: “O‘zbekistonning hamma fuqarolariga xususiy mulkka ega bo‘lish huquqi kafolatlanadi» degan hukm chin bo‘lsa, unda: “O‘zbekistonning ayrim fuqarolariga xususiy mulkka ega bo‘lish huquqi kafolatlanmaydi» degan hukm xatodir. Shuningdek bir predmet haqidagi ikkita hukmning bittasida nimanidir tasdiqlanib, boshqasida xuddi shu narsaning o‘zi rad etiladigan hukmlar ham bir-biriga zid keladigan bo‘ladi. Masalan: «P.Falsafadan imtixon topshirdi» va «P. Falsafadan imtihon topshirmadi». Ushbu hukmlarning biri albatta chin bo‘lib, boshqasi albatta xato bo‘ladi.
Ushbu qonunni shu tarzda ѐzib qo‘yish mumkin: r // r.
Nozidlik qonuni singari uchinchisi istisno qonuni ham tafakkurning izchilligi, zid kelmasligini ifodalab, fikrlarda ziddiyatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga u faqat bir-biriga zid keladigan hukmlarga nisbatan amal qilib, ikkita bir-biriga zid keladigan hukmning nafaqat ayni bir vaqtda chin bo‘lmasligini (nozidlik qonuni ko‘rsatganidek), u bilan birga ayni bir vaqtda xato bo‘lmasligini ham belgilaydi: agar ularning bittasi xato bo‘ladigan bo‘lsa, unda boshqasi albatta chin bo‘lishi kerak, uchinchi variant bo‘lishi mumkin emas.Albatta, uchinchisi mustasno qonuni ushbu hukmlarning aynan qaysi biri chin bo‘lishini ko‘rsatishi mumkin emas. Bu masala boshqa vositalar orqali hal etiladi. Qonunning ahamiyati shundan iboratki, u chin fikr qidirib topishdagi yo‘nalishni ko‘rsatadi: masalaning faqat ikkita yechimi bo‘lishi mumkin va bunda ularning bittasi (va faqat bittasi) chin bo‘ladi.Uchinchisi istisno qonuni aniq, muayyan javoblarni talab qilib, ayni bir savolga aynan bir xil ma’noda: “ha” va “yo‘q” deb javob berish mumkin emasligini, qandaydir bir narsani tasdiqlash bilan ayni shu narsaning o‘zini rad qilish o‘rtasida qandaydir o‘rtacha holat bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Ushbu qonun masalaning qat’iyan yechimi talab qilinadigan barcha faoliyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Xodim ishni “ѐki – ѐki” shakli bo‘yicha hal qilishi lozim. Mazkur fakt ѐ aniqlangan, ѐ aniqlanmagan. Reja bajarildi, reja bajarilmadi. Yoki bajarildi, ѐki bajarilmadi. Uchinchi yo‘li yo‘q.

Yüklə 19,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin