Qarshi davlat universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi
4.Zamonaviy ta’lim modellari. Globallashuv sharoitida ta’lim shaxsni har tomonlama voyaga yetkazish, unda komillik va malakali mutaxassisga xos sifatlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi tezkor davr ta’lim oluvchilar, shu jumladan o‘quvchilarni ham qisqa muddatda va asosli ma’lumotlar bilan qurollantirish, ular tomonidan turli fan asoslarini puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta’lim jaraѐnining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilishi talab qilinmoqda.
Zamonaviy ta’lim turlari orasida muhim o‘rin tutib tobora ommalashib boraѐtgan ta’lim – modul ta’limi ѐki modulli o‘qitish sanaladi.
Mohiyatiga ko‘ra modul modul ta’limi hamda uni tashkil etishda qo‘llaniladigan texnologiyalarining asosini tashkil etadi. Didaktik imkoniyatiga ko‘ra o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan manba, o‘quv materialini mantiqan tugallangan bo‘laklarga ajratib o‘rganish imkoniyatiga ega. Boshqacha aytganda modul modulta’limining asosiy vositasi, tugallangan axborot bloki sifatida talqin etiladi.
Ta’limning modul tizimi haqida birinchi marta Tokio shahrida 1972 yilda tashkil etilgan YUNESKOning Butunjahon Konferensiyasida so‘z yuritilgan.
Ta’limning bu turi ta’lim jarayonini ilmiy va metodik jihatdan tartibli, izchil, uzluksiz va maqsadga muvofiq tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Zamonaviy sharoitda shuningdek, hamkorlik ta’limi, uni tashkil etish o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
Bu turdagi ta’limning g‘oyalari o‘tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va b. novator-pedagoglarning qarashlari asosida shakllangan. Hamkorlik ta’limi talabalarda intellektual, ma’naviy-axloqiy, jismoniy qobiliyat, qiziqish, motivlarni rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi.
Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jaraѐnida ularning imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda yetakchi xorijiy mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba to‘plangan. O‘zbekiston sharoitida mustaqillik yillarida ta’limning bu turini qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Ta’lim oluvchilar an’anaviy texnologiyalarga nisbatan axborot va kommunikatsion texnologiyalar (AKT) yordamida bilimlarni 40-60 foizgacha tez va qisqa muddatda o‘zlashtiradi. Shu bois zamonaviy sharoitda masofadan o‘qitish butun dunyo miqyosida jadal rivojlanmoqda.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari va elektron nashrlar an’anaviy o‘qitish shakllarining kamchiliklarini bartaraf etishga imkon beradi va bunda ularning barcha afzalliklarini o‘zida saqlab qoladi. Bu turdagi ta’lim o‘quv axborotlari almashuvini ta’minlovchi vositalar (yer sun’iy yo‘ldoshi, televideniye, radio, kompyuter, pochta aloqasi va b.)ga tayangan holda ixtisoslashtirilgan axborot muhitida masofadan turib, ta’lim oluvchilarning keng qatlami hamda xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmati majmui sanaladi. Masofadan o‘qitishning axborot-ta’lim muhiti ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o‘zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan apparat-dasturiy, tashkiliy-uslubiy ta’minot va boshqalarning tizimiy-tashkiliy majmuidan iborat.
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, muammoli ta’lim. Blits, munozara, savol-javob, o‘z-o‘zini nazorat. Adabiyotlar: A3;A4;A5;A8;A7; Q27;.Q26;Q25;Q15;Q16;Q42..