Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


-Jadval Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə4/18
tarix24.11.2023
ölçüsü3,71 Mb.
#133890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mohigul hisobot

1-Jadval
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga o‘tkazish
JADVALI2

5 baholik shkala

100 ballik shkala

5 baholik shkala

100 ballik shkala

5 baholik shkala

100 ballik shkala

5,00 — 4,96



100

4,30 — 4,26



86

3,60 — 3,56



72

4,95 — 4,91



99

4,25 — 4,21



85

3,55 — 3,51



71

4,90 — 4,86



98

4,20 — 4,16



84

3,50 — 3,46



70

4,85 — 4,81



97

4,15 — 4,11



83

3,45 — 3,41





69

4,80 — 4,76



96

4,10 — 4,06



82

3,40 — 3,36



68

4,75 — 4,71



95

4,05 — 4,01



81

3,35 — 3,31



67

4,70 — 4,66



94

4,00 — 3,96



80

3,30 — 3,26



66

4,65 — 4,61



93

3,95 — 3,91



79

3,25 — 3,21



65

4,60 — 4,56



92

3,90 — 3,86



78

3,20 — 3,16



64

4,55 — 4,51



91

3,85 — 3,81



77

3,15 — 3,11



63

4,50 — 4,46



90

3,80 — 3,76



76

3,10 — 3,06



62

4,45 — 4,41



89

3,75 — 3,71



75

3,05 — 3,01



61

4,40 — 4,36



88

3,70 — 3,66



74

3,00



60

4,35 — 4,31



87

3,65 — 3,61



73

3,0 dan kam



60 dan kam



I.2. Magistratura talabalarining shaxsiy kalendar ish rejasining bajarilishini tahlil qilish
“Magistratura talabasining о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, dissertatsiyani tayyorlash, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati bо‘yicha” shaxsiy kalendar ish rejasi о‘quv davri mobaynidagi faolityatini tashkil etish uchun mо‘ljallangan bо‘lib, quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha majburiy faoliyati va ularni bajarilish muddatlarini belgilab beradi: о‘quv va о‘quv-uslubiy ishlar; ilmiy-tadqiqot ishlari; ilmiy-pedagogik ishlar; malakaviy amaliyot faoliyati kabilarni oʼz ichiga qamrab oladi.
“Magistrlik dissertatsiyasini bajarishning kalendar rejasi” magistrlik dissertatsiyasini magistraturada о‘qish davomida tayyorlashga mо‘ljallangan ishlar ketma-ketligi va ularning tarkibini belgilaydi. Rejada qayd etiladigan ishlarni talaba ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda tayyorlashi va bayon etishi kerak.
Magistratura talabasining shaxsiy kalendar ish rejasi o’quv va o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlar, ilmiy-pedagogik ishlar, dissertastiyani tayyorlash, malakaviy amaliyot faoliyatiga oid tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, kalendar ish rejasi magistratura talabasining butun magistratura o’qishi davomidagi faoliyatni tashkil etish uchun mo’ljallangan. Magistrlik dissertastiyasining bajarilishi kalendar rejasi, magistrlik dissertastiyasini magistratura o’qishi davomida tayyorlashga mo’ljallangan ishlar ketma-ketligi va ularning tarkibini belgilaydigan hujjatdir.
Magistratura talabalarining shaxsiy kalendar ish rejasini tuzish Magistratura to’grisidagi Nizomning Magistratura ta’lim dasturi hamda o’quv jarayonini tashkil etilishi to’g’risidagi 3-bobga muvofiq magistratura talabasi mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi shaxsiy kalendar ish rejasi tuzishi, shaxsiy kalendar ish rejasi asosida ta’lim olishga magistratura bo’lim boshlig’i, tegishli fakultet dekani, kafedra mudiri hamda ilmiy rahbar ma’sul hisoblanadi.
Men ham Magistratura to’g’risidagi Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy shaklga asaslanib, 70310301 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” mutaxassisligi bo’yicha, 2022-2023 va 2023-2024 o’quv yillariga mo’ljallangan shaxsiy kalendar ish rejasini ilmiy rahbarim bilan maslahatlashib, kelishilgan holda tayyorladim.
Ish reja “Innovatsion iqtisodiyot” kafedrasi umumiy yig‘ilishida muhokama qilinib, kafedra mudiri tomonidan imzo qо‘yildi va kafedra qaroriga kо‘ra “Iqtisodiyot” fakulteti Ilmiy Kengashida muhokama qilish uchun tavsiya qilindim, shaxsiy ish rejam bо‘yicha “Iqtisodiyot” fakulteti kengashida tasdiqlandi va fakultet dekani tomonidan tasdiqlandi. Ish rejamni institut “О‘quv ishlari bо‘yicha prorektori” tasdiqladi va bir nusxasini magistratura bо‘limiga taqdim qildim.
I.3. Professor o’qituvchilar tomonidan bajariladigan o’quv, o’quv–uslubiy, ilmiy- tadqiqot va boshqa ishlar hajmini belgilash uchun vaqt me’yorlarini tahlil qilish
Professor-o’qituvchilar tomonidan bajariladigan o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar hajmini belgilash uchun vaqt meyorlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 8-oktyabrdagi 3076 - son bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasi professor-о‘qituvchilar tarkibining о‘quv yuklamasi hamda о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi bо‘yruq asosida ishlab chiqilgan. Vaqt me’yorlari 4 ta asosiy bo’limdan iborat: o’quv ishlari; о‘quv-uslubiy ishlar; ilmiy-tadqiqot ishlari va “USTOZ-SHOGIRD” ishlari.
Professor-o’qituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirish har yili kelgusi o’quv yili uchun tuziladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejalariga asoslangan.
Ushbu Qoidalar О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuniga va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasasi professor-о‘qituvchilar tarkibining о‘quv yuklamasi hamda о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “Ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini belgilaydi..
Ish turlari professor-o’qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalarida to’la va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o’quv yili yakunida faqat mazkur o’quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi.
O’quv yili davomida bajarilgan qo’shimcha ish turlari professor-o’qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin.
Ish turlari boyicha hisoblangan soatlar hajmi oliy ta’lim muassasasining shtat birliklari sonini hamda professor-o‘qituvchilar tarkibining oylik maoshlarini belgilash uchun asos bo‘lmaydi.
Shtat birliklari professor-o’qituvchilarning talabalar soniga nisbati boyicha, oylik ish haqi esa, xarajatlar smetasi boyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.
Professor-o‘qituvchilarning o’quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi. Toshkent davlat yuridik universitetida professor-o’qituvchilarning o’quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi mazkur ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
Professor-o’qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, fakultet dekani, dekan o’rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo’lmagan oliy ta’lim muassasalarida o’quv bo’limi (o’quv-uslubiy boshqarma) tomonidan, har semestr yakunida esa, tegishli yo’nalishlar boyicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
“Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini belgilash qoidalari” asosida professor-o‘qituvchilarning egallab turgan lavozimlariga bog‘liq holda o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarining hajmini belgilash bo‘yicha o‘quv yuklamalari hajmini hisoblashga qo‘yilgan minimal talablar mavjud.
Mа’ruzа mаshg‘ulotlаri fаqаt professor, dotsent vа kаttа o‘qituvchilаr tomonidаn o‘tkаzilаdi. Zаrur hollаrdа kаfedrа yuklаmаsidа mа’ruzа soаtlаri ko‘p bo‘lgаndа, institut Kengаshining qаrori bilаn kаmidа 5 yillik ilmiy-pedаgogik ish stаjgа egа аssistentlаrgа 250 soаtgаchа hаjmdа mа’ruzа mаshg‘ulotlаri o‘tishgа ruxsаt berilаdi.
O‘quv yuklamalari semestrlar bo‘yicha nisbatan teng taqsimlanishi lozim.
Sof auditoriya soatlari jami o‘quv yuklamasining 50 % idan kam bulmasligi shart. Chetdan jalb qilinadigan BMI rahbarlari o‘quv yili boshida aniqlanib, soatbay asosida ishga kabul kilingandan sung raxbar etib tayinlanadi.
Professor-o‘qituvchilarning ilmiy va ilmiy-uslubiy faoliyatini (monografiya, darslik, kullanma va sh.k. yaratish) rag`batlantirish maqsadida oliy o‘quv rektori zarur hollarda kafedra tavsiyasi, institut Ilmiy Kengashi qaroriga muvofiq o‘qituvchi yuklamasini kamaytirish yoki ma’lum vaqtga (bir o‘quv yiligacha) o‘quv yuklamasini rejalamaslikka haqli. Bunda mazkur o‘qituvchi o‘quv yuklamasi kafedraning boshka a’zolari o‘rtasida meyordan ortiq qilib taqsimlanadi. O‘qituvchining malaka oshirishda, xizmat safarida, kasalxonada bo‘lgan davridagi yuklamalari kafedra a’zolari tomonidan meyoridan ortiqcha qilib bajariladi.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin