Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


III.2. “Odob-axloq qoidalarini’’ni tahlil qilish



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə17/18
tarix24.11.2023
ölçüsü3,71 Mb.
#133890
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mohigul hisobot

III.2. “Odob-axloq qoidalarini’’ni tahlil qilish
“Odob-axloq qoidalarini’’ning maqsad va vazifalari quyidagilardir:
Maqsadi:
OTMda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obrо‘-e’tiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga kо‘maklashish, OTMning jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.
Asosiy vazifalari:
- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida о‘z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini tо‘g‘ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bо‘lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg‘oq mutaxissislarni tayyorlash;
- OTM jamoa a’zolarining ma’naviy immunitetini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;
- yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zо‘ravonlik, hayosizlik va shavqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarning ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bо‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tubdan “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga kо‘maklashishdan iborat.
“Odob-axloq qoidalarini’’ning 3-bо‘limida jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar keltirilgan. Unga asosan:
OTMda hamjihatlik, о‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining о‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.
OTMda о‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili - bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim, jumladan jamoa a’zosining sо‘z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, о‘zaro munosabatlarda umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo sо‘zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida OTMga kelish huquqini kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta’lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir qilish huquqini kafolatlamaydi va hokazo.
Jamoa a’zolarining OTMga odamlar diqqatini tortadigan tanani shaffof kо‘rsatib turadigan, yelka, kо‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, tо‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari OTMga orasta bо‘lib, unga monand kiyim kiyishlari lozim.
Jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma’naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a’zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo sо‘zlar ishlatishi qat’iy taqiqlanadi hamda OTMda о‘zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.
OTM jamoa a’zolari turli tadbirlarda (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) sо‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bо‘lish, maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq о‘z sо‘zini tugatib, boshqasi sо‘z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib ketish mumkin.
Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor-о‘qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni о‘zlaridan oldin о‘tkazib yuborishlari lozim.
Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga о‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ochiq holda kо‘rsatishi shart.
Jamoa a’zolari OTM hududida yо‘lning о‘ng tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar professor-о‘qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bо‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. Bundan qо‘l berib sо‘rashish istisno bо‘lib, yoshi katta shaxslar birinchi bо‘lib qо‘l uzatganidan keyingina unga javoban qо‘l uzatish mumkin.
Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bо‘lmagan yoki OTMning ichki muammolariga taaluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yо‘lida foydalanish taqiqlanadi.
Kompyuterlarda OTMga tegishli bо‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi.
О‘quv mashg‘ulotlariga va ishga hamda jamoa a’zolarining osoyishtaligiga halaqit beradigan xatta-harakatlar (radiopriyomnik, televizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.
OTM jamoa a’zolari dars mashg‘ulotlari va ishga belgilangan kun tartibiga kо‘ra о‘z vaqtida kelashlari shart.
OTMda har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati yetkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qumor va tavakalchilikka asoslangan boshqa о‘yinlar о‘ynash qat’iyan man etiladi.
Talabalarning о‘zaro munosabatlarida-yagona jamoa, о‘zaro hurmat va e’tibor, dо‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilish lozim.
Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, о‘zganing intelektual mulkini о‘zlashtirib olish, qо‘pollik, behayo sо‘zlar ishlatish, mushtlashish, о‘zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yetkazish qat’iyan man etiladi.
XULOSA

Men ilmiy-pedagogik ishlar hisobotimni bajarish bilan bir qatorda oliy ta’lim muassasalarining faoliyat sohalarini belgilash, magistratura mutaxssisliklarini o‘quv rejalari, magistratura to‘g‘risidagi Nizom, namunaviy dasturlar, o‘quv-tarbiya jarayonlariga tegishli meyorlar, uslubiy xujjatlar, fanlarni o‘zlashtirish sifatini nazorati, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalarini qanday yuritilishini, murabbiylik ishlari, ochiq darslar tahlili kabi bir qatori xujjatlarning yuritilishini o‘rganib oldim.


O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur qonun va meyoriy hujjatlarda tarbiyachilar va o‘qituvchilaroldiga quyilgan vazifalarni bajarish borasida yurtimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mamlakatimizda va horijiy mamlakatlarda to‘plangan ijobiy tajribalarga asoslangan holda, oliy ta’lim tizimining to‘laqonli faoliyatini tashkil etish va islohatlarni jadallashtirishga qaratilgan meyoriy-uslubiy hujjatlar ishlab chiqmoqda.
Mohiyati jihatidan mutlaqo yangi bo‘lgan kadrlar tayyorlash milliy modeli “Ta’lim to‘g‘risidagi”da iborat qonunlarni qabul qilish va joriy etishga asos bo‘ldi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli O‘zbekiston iqtisodiyotinnig raqobatbardoshligini ta’minlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Ta’limning maqsadi va qimmatini, uning mazmuni va natijasini, ta’lim-kasb dasturlari asosiy xususiyatini, ta’lim jarayoni shakliy tuzumini, uning maqsadga erishish darajasini, bosqichma-bosqich va yakuniy tashxislash mo‘ljallangan ko‘lamini va vaqt meyorini, ta’lim va ma’lumotlilik darajasini belgilovchi davlat ta’lim standarti hisoblanadi.
Magistrtura talabasi oliy o’quv yurtida ta’lim olar ekan unga bergan huquq va majburiyatlaridan to’liq foydalanishi hamda institutda o’rnatilgan ichki tartib-qoidalar, odob-axloq qoidalari, turli Nizom va yo’riqnomalar va boshqalardan foydalanishlari hamda unga amal qilishlari lozim.



Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin