Qashqadaryo viloyati



Yüklə 200,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.05.2022
ölçüsü200,66 Kb.
#116380
1   2   3   4
Qashqadaryo viloyati - Vikipediya

Suvtushar sharsharasi
Shahrisabz tumani Suvtushar sharsharasi Suvtushar soyning
boshlanish qismida, dengiz sathidan 2100 m. Balandlikda joylashgan. Sharsharaning
balandligi 84m. Boʻlib, katta qoya toshlar va archazorlar orasida joylashganligi bilan tabiat
shaydolarini oʻziga maftun etadi. Ushbu sharshara Hisor togʻ tizmasining 4000 m.
Balandlikdagi Osmontalash korli qoyalaridan paydo boʻlgan suvlar hisobiga hosil boʻladi.
Oʻziga xos ajib bir kuyni chalib, sohibjamolning uzun yoyilgan kokillarini eslatuvchi suvning
shiddatli oqimi ushbu sharshara suvini koʻpirtirib, oppoq holatga olib keladi va shuning uchun
mahalliy xalq orasida gohida uni Suttushar sharsharasi ham, deb ataydilar. Hisor davlat
qoʻriqxonasi
Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini
qazib olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib
olinadigan tabiiy gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 %, oltingugurtning 100 % ni
beradi.
Qashqadaryo respublikada eng koʻp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir.
Oʻzbekistonda tayyorlanadigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 10,2 %,shu jumladan,
paxtaning 11,8 %, gʻallaning 12 %, qorakoʻl terining 19 % viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Tabiiy
gaz, kondensat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda.
Viloyatda 1,1 ming kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va
umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar korxonalardan iborat.
Xoʻjaligi va iqtisodiyoti


Sanoatining yetakchi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta
tozalash, yogʻ ekstraksiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik,
oziqovqat va boshqalar Eng yirik korxonalari: Muborak neftgaz unitar korxonasi, Shoʻrtan gaz
unitar korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Qarshi,
Koson yogʻekstraksiya, Shahrisabz konserva zdlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik
fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati va boshqalar 49 qoʻshma korxona
faoliyat koʻrsatadi, shulardan: Oʻzbekiston — Turkiya „Kashteks“ toʻqimachilik, „Oqsaroy
toʻqimachilik LTD“ qoʻshma korxonalari ishlamoqda.
Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi — Shahrisabz paxta tozalash zavodi 1916-yilda
qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalash zdlari, tikuvchilik fabrikalari
qurildi. 1971-yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik-yillarida
Shahrisabz, Yakkabogʻ un ktlari, Tallimarjon issikdik elektr stansiyasi, 2001-yil oxirida Shoʻrtan
gaz kimyo majmuasi qurilib ishga tushirildi. Qashqadaryo viloyati da gaz (propan), jun, paxta
tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: gʻallachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik,
sabzavotchilik, chorvachilik. Bogʻdorchilik, tokchilik, ipakchilik ham salmoqli oʻrin tutadi.
Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik
rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, Gʻuzor tumanlarida qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan
yirik naslchilik xoʻjaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta eʼtibor berilgan.
Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 418,7 ming
gektari sugʻoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga
sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoshka, 38,1 ming ga yerga ozuqa
ekinlari ekiladi. 32,8 ming ga yer koʻp-yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming ga yer mevazor,
9,2 ming ga yer tutzor, 10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar
egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 13815 km uzunlikda
kollektordrenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirish
maqsadida sugʻorish kanallari (Qarshi, Sandal va boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon,
Chimqoʻrgʻon, Hisorak, Qizilsuv vaʼb.) barpo etilgan. Sugʻorishni tashkil etish uchun 6 ta yirik
nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida
Qarshi choʻlida 250 ming ga yer oʻzlashtirilgan.
Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi.
Qashqadaryo viloyati shirkat, fermer va shaxsiy xoʻjaliklarida 654,7 ming qoramol (shu
jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 mln. qoʻy va echki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming-yilqi boqiladi
(2005). 1996-2005-yillar viloyatdan B.Roʻziyev, Q.Moʻminov, Gʻ. Rahmonov, M.Saidovlar
„Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoniga sazovor boʻldilar.


Viloyatdagi temir yoʻl uzunligi 401 km. Asosiy temir yoʻl magistrallari Kogon — Qarshi —
Dushanba, Qarshi — Kitob, Qarshi- Samarqand. Yangi qurilayotgan Toshgʻuzor — Boysun-
Qumqoʻrgʻon (umumiy uz. 223 km) temir yoʻlning 106,2 km qismi Qashqadaryo viloyati
hududidan oʻtadi. 2004-yil oktyabrgacha ushbu yoʻlning 112 km dan ziyod Toshgʻuzor —
Dehqonobod va Qumqoʻrgʻon — Boysun qismlari foydalanishga topshirildi. Viloyatda jami
13,9 ming km uzunlikda avtomobil yoʻllari mavjud. Shundan umumiy foydalanilayotgan yoʻllar
uz. 3,4 ming km, xoʻjaliklar hisobidagi yoʻllar uz. 10,5 ming km. Qashqadaryo viloyati
hududidan respublika ahamiyatiga ega boʻlgan Qarshi — Amudaryo (Turkmaniston), Katta
Uzbekiston trakti (Toshkent — Termiz), Qarshi — Buxoro, Qarshi — Samarqand avtomobil
yoʻllari oʻtadi. Qarshidan Toshkent, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Denov va boshqalar
shaharlarga avtobuslar qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Qarshi — Toshkent,
Qarshi — Andijon va boshqalar yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi
yoʻlga qoʻyilgan.
Qashqadaryo vohasi oʻzining madaniy tarixi bilan mashhur. 1990-yillargacha Qashqadaryo
hududida paleolit (tosh asri) davrida odamzodning yashaganligi haqida ashyoviy dalillar kam
edi. Faqatgina Tanxozdaryo vodiysidan topilgan chaqmoqtoshdan yasalgan ayrim buyumlar,
Taxtaqoracha dovonida Takalisoy boʻyidagi gʻordan arxeolog D.N.Lev tomonidan mustye
davriga oid bir nechta tosh buyum topilganligi Qashqadaryo vodiysida tosh davri odamlari
yashaganligidan dalolat berar edi.
1990-yillarda arxeologlardan R. X. Sulaymonov, A.S. Saʼdullayevlar yuqori Qashqadaryodagi
Oyoqchisoy, Quruqsoy vodiylarini oʻrganib paleolit davriga oid ashyoviy dalillarni topdilar.
Siylontoshda tosh asrining soʻnggi davriga oid topilmalar aniqlandi.
Vohada miloddan avvalgi 10-8-asrlar, jez va temir asrlarga oid Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon
yodgorliklari topiddi. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan
shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Kesh, Naxshab shahrilari paydo boʻlib
rivojlangan. qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan.
Miloddan avvalgi 329-yilda Aleksandr Makedoniyalik qoʻshinlari Navtaka (Qashqadaryo)
viloyatini bosib olgan. Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan Spitamen
qoʻzgʻolonining markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda Qashqadaryo vohasi
Transporti
Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport
Tarixi


Salavkiylar, undan keyin Yunon Baqgriya davlati tarkibiga kirdi. 468-yilda kushonlar avlodidan
boʻlgan koʻchmanchi chorvador toxarlar Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga
kirib kelib Naxshabni oʻzlariga vaqtincha qarorgoh qilib turdilar.
Qashqadaryoda 7-8-asrlarda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha-yillar davomida Sugʻd Kesh
podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi Shasheppi (Shishpar) davrida zarb
qilingan tanga pulda „Ixshid Shishpar“ degan yozuv boʻlgan. Arablar qoʻshini 700-yilda ilk bor
Qashqadaryoga bostirib kelib, Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qishloqlarni
qoʻlga kiritdilar. Qutayba ibn Muslim 710-yilda Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo,
Qarshi, Kesh va Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi.
Kesh asosiy markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. 9-
10-asrlarda Qashqadaryoda iqtisodiyijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana rivojlandi. Kesh
„Qubbat ulilm val adab“ nomiga sazovor boʻddi.
Moʻgʻul bosqinchilari 1220-yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, Kesh, Gʻuzor
shahrilari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka oʻtgandan soʻnggina (14-asrda)
Kepakxon (1318-26) qurdirgan saroy yaqinida yangi shahar — Qarshi shahri ga asos solindi.
14-15-asrlarda Temur va Ulugʻbek davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar —
saroy, masjid va maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga
aylandi. Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish
harakati kuchaydi. Mangʻitiylar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga aylandi.
Qashqadaryo viloyati qoʻxna tarixi, qadimiy madaniyat yodgorliklari bilan mashhur. Viloyatdan
buyuk olimlar, adib va shoirlar, mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar
yetishib chiqqan.
Qashqadaryo viloyati da 2004/05 oʻquv-yilida 1094 umumiy taʼlim maktabi, shu jumladan 34
ixtisoslashgan, 4 maxsus maktab, 3 gimnaziya va boshqalarda 620 mingdan ziyod oʻquvchi
taʼlim oldi. Viloyatda 62 kasb-hunar kolleji (49 ming talaba), 4 akademik litsey (2 ming
oʻquvchi), 18 bolalar musiqa maktabi (1,7 ming oʻquvchi), 3 mehribonlik uyi, 2 oliy oʻquv yurti
(Qarshi unti, Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti; 10,4 mingga yaqin talaba) bor.
Qashqadaryo oʻlkashunoslik muzeyi (Qarshi shahri), Amir Temur muzeyi (Shahrisabz shahri
da), viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, „Eski masjid“, „Muloqot“ teatr
studiyalari, „Oʻzbekraqs“, „Oʻzbeknavo“ning viloyat boʻlimlari, ashula va raqs direksiyasi
faoliyat koʻrsatadi. 464 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3930 ming nusxa), 148 klub
muassasasi, 6 madaniyat va istirohat bogʻi bor. 16 ashula va raqs xalq ansambli, 2 folklor
etnografik xalq ansambli, 373 badiy havaskorlik jamoa va boshqalar madaniy muassasalar
ishlab turibdi.
Qashqadaryo viloyati da Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari: Rahimjon
Komiljonov, Sadriddin Salimov, Isoq Toʻrayev; Oʻzbekiston xalq hofizi Oʻlmas Saidjonov;


Oʻzbekiston xalq baxshilari: Shomurod baxshi Togʻayev, Qahhor baxshi Rahimov; Oʻzbekiston
xalq artistlari: Farogʻat Rahmatova, Ikroma Boltayeva, Zamira Suyunova, Maryam Sattorova,
Nasiba Sattorova, Husan Amirqulov, Muhtarama Nosirova; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan
artistlar: Tojiddin Murodov, Oygul Xalilova, Bahriddin Rahmonov, Zebo Tursunovalar voyaga
yetganlar.
Qashqadaryo vohasi oʻtmishda 300 ga yaqin nasafiylar va oʻnlab keshiylarga vatan boʻlgan
yurtdir. Viloyatda 1996-yilda Amir Temurning 660-yilligi, 2003-yilda Shahrisabz shahrining
2700-yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Qashqadaryo viloyati da Respublika „Oʻzbekturizm“
milliy kompaniyasiga qarashli boʻlimlar, bir necha mehmonxona mavjud. 2004-yilda viloyat
hududiga 31 mingdan ziyod turist kelib ketdi.
1927-yil 17 fevraldan 1938-yil 15 yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida.
1938-yil 15 yanvarda Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi.
1943-yil 20 yanvarda qayta tashkil etildi.
1960-yil 25 yanvarda Surxondaryo viloyatiga qoʻshildi.
1964-yil 7 fevraldan yangidan tashkil etildi.
Viloyatda94 kasalxona (12,1 ming oʻrin), 395 vrachlik ambulatoriyapoliklinika muassasasi,
ambulatoriya va boshqalar tibbiy muassasalar, 221 bolalar poliklinikasi va xonalari, 199
qishloq va shahar vrachlik punkti, 368 feldsherakusherlik punkti, 27 qishloq uchastka
kasalxonasi, 90 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 53,6
mingga yaqin vrach (har 10 ming kishiga 21,9 vrach), 23,6 mingga yaqin oʻrta tibbiy xodim
ishlaydi.
Davlat dasturiga asosan, viloyatdp Davlat tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi boʻlimi (220
oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (410 oʻrin) tashkil
etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Tibbiyot sohasida xususiy,
yakka tartibda va boshqalar nodavlat sektorlarida 131 tibbiy muassasa faoliyat koʻrsatadi.
Qashqadaryo viloyatida 3 sanatoriy ishlab turibdi.
Sogʻliqni saqlash
Sport


Qashqadaryo viloyati sportchilari sportning koʻp turlari (
kurash

dzyudo

karate

futbol

boks
,
shaxmat

tennis
va boshqalar) boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar.
Farhod Xoʻjanov, Zokir Sharipov, Shavkat Joʻrayev, Erkin Xoliqovlar dzyudo boʻyicha; Bahrom
Avezov kurash boʻyicha (Buxarestda va Antaliyada jahon chempioni); akauka Isom va Furqat
Kenjayevlar yunonrum kurashi boʻyicha jahon chempionati bronza medali; Alisher Muxtorov
dzyudo boʻyicha, Sofiya Kaspulatova karate boʻyicha (3 marta) Osiyo chempioni unvonlariga
sazovor boʻldilar. Shaxmatchilardan Anvar Rajabov Yalta, Fransiya, Ispaniya, Sarvinoz
Ergasheva (6 marta respublika chempioni) Fransiyadagi jahon chempionatlarida
qatnashdilar. Viloyatning „Nasaf“, „Mashʼal“, „Shoʻrtan“ jamoalari futbol boʻyicha
Oʻzbekistonning oliy ligasida ishtirok etmoqda. Xotin-qizlarning „Sevinch“ futbol jamoasi
2004-yilda oʻtkazilgan respublika birinchi chempionatining gʻolibi boʻldi. Viloyatda 21 stadion,
tennis kortlari, sport zallari, 8 suzish havzasi va boshqalar sport inshootlari mavjud. 26
bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi. 689 ming kishi (shu jumladan, qishloq
joylarida 614 ming kishi) doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi.
Qashqadaryo vohasida qadimiy dan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, yozuvchi va
muhaddislar, mohir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. 9-asr boshlarida Nasaf va Keshda
hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari vujudga kelgan. 10-asr da Ahmad ibn
Muhammad atTadyoniy, Hammod ibn Shokir anNasafiy, Abdulmuʼmin ibn Xalaf anNasafiy,
alLays ibn Nasr alKojariy, 11-asrda Abdulaziz ibn Muhammad anNaxshabiy, Muhammad ibn
Ahmad alalHasan ibn Ali alHammodiy anNaxshabiy kabi olimlar islom olamida shuhrat
topganlar.
Keyingi davrlarda ham bu ilmiy anʼanalar muvaffaqiyat bilan davom ettirilgan. Aziziddin
Nasafiy asarlari dunyo xalqlarining koʻp tillariga tarjima qilingan. „Nasafiy“ taxallusli bir necha
oʻnlab ijodkorlarning nomlari maʼlum. Bulardan: Moturidiya kalom maktabining atoqli
namoyandalaridan biri Abul Muʼin anNasafiydir. Uning "Bahr alkalom fi ilm alkalom („Kalom
ilmi boʻyicha soʻzlar dengizi“) asari kalom ilmi boʻyicha almoturidiya maktabining asosiy
manbalaridan biri hisoblangan.
Hadisshunos va hanafiy mazhabining taniqli fiqhshunosi Abul Hasan alBazdaviy
anNasafiyning musulmon qonunchiligi asoslari haqidagi „Usuli Bazdaviy“ kitobi Sharqda keng
tarqalgan, unga koʻplab sharhlar bitilgan. Shu sababli „Faqihu Movarounnahr“ va „Us toz
alaimma“ („Imomlarning ustozi“) unvonlariga sazovor boʻlgan. Fiqhshunos Abu Hafs
Najmiddin Umar Nasafiy 100 dan ortiq asar yozgan. Shuningdek, Abul Barakot gnNasafiy, Abu
alMutiʼ Nasafiy, Hakim Soʻzaniy, Abu Turob Naxshabiy, Saido Nasafiy, Nurmuhammad Nasafiy,
Shamsiddin Soʻzaniy, Muayiddin Nasafiy, Shahobiddin Ahmad Nasafiy, Sharafiddin Xusom,
Adabiyoti


Abul Barakot anNasafiy, Hofiziddin Nasafiy, Xoja Abulbaraka (Firoqiy), Ayub Shahrisabziy,
Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy va boshqalar bir qancha nasafiylar yashab, ijod
etganlar.
Nasaf va Kesh allomalari arab (9- 10-asrlar), fors (9-11-asrlar) tillarida ijod qilganlar. 15-
asrdan turkiy tilda asarlar yoza boshlaganlar. Temuriy shahzodalar ijod ahlini oʻz ona tillarida
yozishga daʼvat etganlar, oʻzlari ham turkiy tilda asarlar bitganlar. Alisher Navoiyning
„Muhokamat ullugʻatayn“ asari ana shu ijtimoiy talab zaminida yaratilgan. Ammo, amalda
arab va fors tillari ham qoʻllanavergan.
Amir Temur va temuriy shahzodalar saltanati davrida Qashqadaryoda ilmfan, madaniyat va
sanʼat rivojlangan. Ushbu vohadan chiqqan koʻpgina yozuvchi va ulamolar turli-yillarda
poytaxt boʻlgan Buxoro va Samarqandda, ayrimlari esa Hindiston, arab davlatlarida yashab
ijod etganlar. Moʻgʻullar istilosi davrida ziyolilarning kattagina qismi Hindistondan boshpana
topgan.
Abu Saʼd Abdulkarim asSamʼoniyning (1113-67) „Kitob alAnsob“ („Nisbalar kitobi“) asarida 8-
12-asrlarda yashab oʻtgan 180 yaqin nasaflik olim va shoirning nomlari qayd etilgan. Nasaf
tarixi va adabiyoti bilan bogʻliq bir qancha asarlar, xususan, Abul Horis Asad ibn Hamduvayh
alVarsiniy anNasafiyning (928-yil v. e.) „Kitob mufoxarot ahl Nasaf va Kash“ („Nasaf va Kesh
ahlining iftixorlari haqidagi kitob“), Abu Saʼd Abdurahmon ibn Muhammad alAstrobodiy
alIdrisiyning (milodiy 1015-yil v. e.) „Tarixi Nasaf“, Abul Abbos alMustagʻfiriy Nasafiyning
(961 — 1041, 2 jildli) mufassal „Nasaf va Kesh tarixi“ asarlari bizgacha yetib kelmagan.
20-asrning 2-yarmi Qashqadaryo adabiy muhitining koʻtarilishi va yangi ijodkorlar bilan boyish
davri boʻldi: Gulshaniy, Togʻay shoir, Shomurod baxshi, Suvon Soqi, Samar Nur, Azim (baxshi)
Xoʻjayev, Qodir (baxshi) Rahimov, Abdulla Oripov, Ikrom Otamurodov, Jumaniyoz Jabborov,
Normurod Narzullayev, Ismoil Toʻxtamishev, Xosiyat Lutfullayeva, Muhammad Ochil, Jumaqul
Qurbon, Normurod Norqobil, Poyon Ravshanov, Ubaydulla Uvatov, Yusuf Berdiyev kabi shoir,
yozuvchi va olimlarning ilmiy va badiiy asarlari adabiyot taraqqiyotiga munosib hissa boʻlib
qoʻshildi. 90-yillar boshlarida Nazar Eshonqul, Chori Avaz, Amir Xudoyberdi, Zebo Mirzayeva,
Habib Abdunazar, Luqmon Boʻrixon, Salim Ashur, Amirqul Karim, Gʻulom Mirzo va boshqalar
shoir va yozuvchilar faol ijod qildilar. Mustaqillik-yillarida Qashqadaryo vohasida adabiy hayot
yanada rivojlandi. Bu davrda erishilgan yutuqlar sifatida Poyon Ravshanovning qadimiy
Naxshab va Keshning tarixiga oid 4 jiddli saylanmasi, Abdulla Oripovning „Adolat koʻzgusi“,
„Koʻztumor“, Normurod Narzullayevning „Alyor“, Ikrom Otamurodning „Tavr“, Amir
Xudoyberdining „Yettinchi malak“, Habib Abdunazarning „Anjir guli“ kabi asarlarini koʻrsatib
oʻtish lozim.
Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar,
jurnalistlar va boshqalar) ning viloyat shoʻʼbalari faoliyat koʻrsatadi.


Qashqadaryo viloyati da 33 gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta (1935-yildan „Qashqadaryo
haqiqati“, 2005-yildan „Qashqadaryo“, adadi 5 ming; 1943-yildan „Kashkadarinskaya pravda“,
2005-yildan „Novosti Kashkadari“, adadi 1,5 ming), shahar („Nasaf“), 13 tuman gazetalari, 16
tarmoq, 1 xususiy gazeta, shuningdek, „Nasaf ziyosi“ jurnali (Qarshi davlat universiteti
muassisligida) nashr etiladi.
Viloyatda birinchi radioeshittirishlar 1945-yil dekabrdan boshlangan. Viloyat radiosi va „Oltin
voha“ GʻM radiostansiyasi eshittirishlar olib boradi. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik, „Oltin
voha“ GʻM radiostansiyasi haftada 112 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Qashqadaryo
viloyati da 2 davlat (viloyat va Shahrisabz shahar televideniyesi), 3 nodavlat (Qarshi
jamoatchilik, Muborak „Yangi asr“, Qashqadaryo kabelli) televideniyelari mavjud. 1994-yil 24
avgustdan faoliyat koʻrsatayotgan Qashqadaryo viloyati televideniyesining haftalik
koʻrsatuvlari 11 soatni tashkil etadi. Shuningdek, Qarshi jamoatchilik televideniyesining 1
haftalik koʻrsatuvlari 42 soat, „Yangi asr“ telestudiyasining 1 haftalik koʻrsatuvlari 21 soat,
Shahrisabz televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 24 soat, Qashqadaryo kabelli
televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 63 soatni tashkil etadi.
Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyatdagi tarixiy yodgorliklardan 602 tasi arxeologiya, 192 tasi
meʼmoriy va shaharsozlik yodgorliklaridir, shuningdek, monumental sanʼat yodgorliklari ham
bor. Viloyatdagi mashhur obidalar Shahrisabz shahrida joylashgan. Mirzo Ulugʻbekning 600-
yilligi, Amir Temurning 660-yilligi, Shahrisabz shahrining 2700-yilligi munosabati bilan
Shahrisabzda obidalarni taʼmirlash ishlari keng koʻlamda olib borildi. Oqsaroy meʼmoriy
majmuasi konservatsiya qilindi, markaziy maydonda Amir Temurga haykal oʻrnatildi. Dor
uttilovat, Dor ussiyodat majmuasidagi Jahongir (Hazrati Imom) maqbarasi (1379-80-yillar),
Oqsaroy majmuasi (1380-1404-yillar), Ulugʻbek madrasasi (Gumbazi Sayidon, 1437-yil), Kitob
tumanidagi Xoja Ilimkon xonaqosi (15-16 asrlar), Lan#ar qishlogʻidagi Langarota (Katta
Langar) masjidi (15-asr oxiri — 16-asrlar), Langarota maqbarasi (16-asrning 1-yarmi), Fudino
qishlogʻidagi Xusamota ansambli (11 — 19-asrlar), Qarshi shahrida Mahalla masjidi (19-asr)
va boshqalar saqlangan. Qarshi shahrining 2700-yilligi munosabati bilan Qarshi shahridagi
Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar madrasa va masjid binolari taʼmirlanmoqda.
Suxareva O.A., K istorii gorodov Buxarskogo xanstva (istorikoetnografimeskiy ocherk), T.,
1958; Zaxarov S.M., Sabirjanov A.S., Karshi, T., 1978; Boburnoma, T., 1989; Nafasov T,
Oʻzbekiston toponimlarining izohli lugʻati, T., 1998; Yangiboyev M., Qashqadaryo viloyati
geografiyasi, Qarshi, 1993; Ravshapov P., Qashqadaryo tarixi, T., 1995; Joʻraqulov O.,
Matbuoti, radioeshittirishi va televideniyesi
Adabiyot



Yüklə 200,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin