Qashqadaryo viloyati



Yüklə 200,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix29.05.2022
ölçüsü200,66 Kb.
#116380
1   2   3   4
Qashqadaryo viloyati - Vikipediya

Internet domeni
.uz
Avtomobil raqami kodi
70
Rasmiy sayti
Qashqadaryo.uz
Tabiati


Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida
joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi.
Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi
450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning
shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000
metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq
(2006). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (91,2 %), shuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, ozarbayjon,
koreys, qirgʻiz, turk, ukrain, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining
oʻrtacha zichligi 1 km²ga 83,7 kishi. Shahar aholisi 587,5 ming kishi, qishloq aholisi 1790,7
ming kishi (2005).
20-asr boshlarigacha hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida yashagan aholining koʻpchiligi
orasida urugʻqabilalarga boʻlinish saqlanib kelgan. Mas, Qarshi shahri va uning atroflarida
mangʻit, saroy, qavchin, qatagʻon, kutchi, qipchoqlar, xtoy, qirq va boshqalar urugʻlar,
Shahrisabz va uning atroflarida kenagas, saroy, qutchi, turk, qatagʻon, qalmoq, qangʻli, chuyut,
qiyot, qoʻngʻirot, mojor, mangʻit, mitan, moʻgʻul, nayman, sayot urugʻlari, Gʻuzor va uning
atroflarida qavchin, kerayit, qoʻngʻirot, mangʻit va boshqalar urugʻlar yashagan. Ular
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanishgan.
Qashqadaryo ko‘prigi
Qarshi shahri, Ravoq MFY Qarshi shahridagi qadimiy koʻprik ayni paytda
“Amir Temur koʻprigi” deya nomlanadi. Manbalarga koʻra, u 700 yillik tarixga ega boʻlib,
qadimda Qashqadaryo daryosi qirgʻoqlarini birlashtirgan hamda xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy
aloqa vositasi boʻlgan. Bir vaqtlar ushbu tarixiy koʻprik ustidan Eron va Hindistonni Yevropa
bilan bogʻlovchi karvon yoʻllari oʻtgan. Shu bois bu voha asrlar davomida gullab-yashnagan.
Olim va sayyoh German Vamberining yozishicha, 1860-yillarda Qarshi shahrida 10 ta
karvonsaroy, katta bozor, shahar aholisi dam oladigan bogʻ boʻlgan. U bunday bogʻni boshqa
yurtlarda uchratmaganini alohida qayd etgan. Oʻrta Osiyoning qadimgi inshootlaridan
hisoblangan koʻprik asosan pishiq gʻisht va mustahkamlovchi qorishmalardan iborat boʻlgan,
unda 12ta pillapoya va 14ta ravoq koʻrinib turgan. Vaqt oʻtishi bilan daryoning oʻzani
kengayadi, koʻprikni uzaytirish va qayta taʼmirlash zarurati tugʻiladi. Shu tufayli 1914 yilda
koʻprikning har ikki tarafidan qoʻshimcha qismlar qurilgan hamda kirish joyida pishiq
gʻishtdan ikkita qorovulxona barpo etilgan. Ular yuk transporti harakatiga xalaqit berganligi
uchun 1970 yilda buzib tashlangan, lekin 2005 yilda yana qayta tiklangan. Inshoot juda puxta,
Aholisi
Turistik manzillar


mustahkam qurilgan boʻlib, oʻzbek meʼmorchiligidagi muhandislik sohasida dadil qadam
hisoblanadi. Tarixiy maʼlumotlar shundan dalolat beradiki, Qashqadaryo koʻprigi ustidan
makedoniyalik Iskandar qoʻshinlari, aravalari, arablar, Chingizxon, Amir Temur, Bobur,
Shayboynixon suvoriylari ham oʻtgan.
'''Imom Moʻyin an-Nasafiy majmuasi'''
Qarshi tumani, Qovchin MFY, Qovchin qishlogʻi
Qashqadaryo zaminining ulugʻ allomalardan, dunyo fanlari rivojlanishiga oʻzining salmoqli
hissasini qoʻshgan, ayniqsa Movarounnahrning fiqh (islom huquqshunoslik) ilmi miqyosidagi
katta oʻrin tutgan Motrudiya kalom maktabini atoqli namoyandalaridan biri buyuk olimlar
oilasiga mansub yirik faqih Abul Muʼiyn an-Nasafiy 1027 yil Nasaf shahrida tugʻilgan. Abul
Muʼiyn uzoq vaqt Buxoro va Samarqandda yashab ijod etgan. Fathulloh Xulayf “Abul Muʼiyn
Moturudiy kalom maktabini himoya qilib turuvchi buyuk shaxs” deb tariflaydi. “Vaqf” xayriya
jamoat fondi Qashqadaryo boʻlimi

Yüklə 200,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin