Refleks Proxazka bo'yicha har qanday tashqi qo'zg'ovchi bilan chaqirilmaydi. Balki faqat his
qilishga asoslangan qo'zg'ovchi bilan chaqariladi. His qilish hamma joyda bilish akti bo'ladimi,
yo'qmi faqat va faqat bitta umumiy ma'noga "hayot kompasiga" ega bo'ladi. Bilish bilan
kuzatiladigan his qilish va bilish bilan kuzatilmaydigan sezish bizga hayot ehtiyojlarini ko'rsatib
beradigan hayot kompasi bo'lib xizmat qiladi va zaruriy ta'sirlarni keng tushunish imkoniyatini
beradi. By yo'nalishni rivojlantirib, Proxazka nafaqat his qilish, balki psixik
qonuniyatni bir muncha murakkab formasini organizmni moslashtirishni hayot shartlariga
bo'ysundiradi.
Proxazka o'zining "Fiziologiya" yoki inson haqidagi ta'limot asarida refleks haqidagi
tushuncha butun nerv sistemasini butunligicha tushuntirishi zarurligini tasdiqladi. By yerda uning
sxemasi bilan to'qnashdi. Organizmning tashqi olam bilan uzluksiz bog'liqligi dastlab mexanistik
dunyoqarash printsipidan kelib chiqdi.
Dekart o'zining harakatlari miqdorini saqlash printsipiga asoslandi. Bu qonun universal
xarakterga zid kelmas edi. Qachonki, agar tirik tana o'zidan quvvat ajratib chiqarmas ekan, u
Dekart bo'yicha ularni paydo qilmaydi, balki, o'z xulqida tashqi tanaga so'zsiz tobe bo'ladi.
Proxazka shuningdek, organizmning tabiatga bog'liqlik g'oyasi va u bilan chambarchas
bog'liqligiga asoslanadi. Unday bo'lsa ham bu bog'liqlikni asosi sifatida va bog'liqlik harakat
miqdorini saqlash qonuni emas, balki tashqi muhit taassurotiga tanlab olingan reaktsiyalarni
ro'yobga chiqarish sharoitida bajariladigan tirik tanani o'z-o'zini himoya qilish qonuni namoyon
bo'ladi. Bu turdagi reaktsiyalarni o'z navbatida tashqi olam xususiyatini farqlash qobiliyati va
ularni organizm ehtiyojiga munosabati bo'yicha baholash deyiladi.
Bunday qobiliyat Proxazka bo'yicha psixik qobiliyat deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: