nazariya, qonun tushunchalaridan iborat o'rganilayotgan materiallarni sistemalashtirishdan
iboratdir. Psixologiya tarixining asosiy metodi o'tmish ilmiy sistemalarini tasvirlash va ularni tahlil
qiluvchi nazariy rekonstruktsiya metodidir. Nazariy rekonstruktsiya
ilmiy kontseptsiyalar,
muammolar, tadqiqot metodlarini predmet mantiqiga mos ravishda tarixiy ketma-ketlikda
reprospektiv qayta tiklash imkonini beradi. Tarixiy tadqiqot yo'nalishining bitta turi ilmiy
maktablar hisoblanadi. Arxiv materiallarini o'rganish,
izlanish, sharhlash, izoh berish,
yo'naltirishni talab qiladi.
Psixologiya tarixida interv`yu metodidan ham foydalaniladi.
Biografik va avtobiografik
metodlar ham psixologiya tarixida ko'p qo'llaniladi. Ilmiy ishlardan sitatalar keltirish chastotasini
tahlil qilish ham tarixiy psixologik metodlardan biri hisoblanadi. Tarixiy psixologik faktorga
munosabatini aniqlash va ularga baho berish uchun anketa metodidan ham keng foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: