qiladi. Bu o‘simtada 2 ta anterediya bo‘lib, anterediyalar spermatazoidlarni ishlab
6
chiqadi. Makrosporalar sporangiyadan ajralmagan holda onalik o‘simtasini vujudga keltiradi. Onalik o‘simtasida bir - nechta Arxegoniyalar yetiladi. Spermatozoidlar suvda suzib kelib Arxegoniyalarning bo‘yni orqali kirib,tuxum xujayrani otalantiradi. Bunda embrion hosil bo‘ladi. Embriondan yangi o‘simlik o‘sib chiqadi. QIRQBO‘FIMLAR Bu sinf 1 ta oila, 25 turdan iborat. Qirqbo‘g‘imlar ko‘p yillik o‘t o‘simlik hisoblanadi. Bular yer sharining Avstraliyadan boshqa hamma qismida tarqalgan. Shulardan 11 turi MDXning har xil joylarida, 3 turi UzRda uchraydi. Janubiy Amerikaning tropik qismida uchraydigan qirqbo‘g‘imning poyasining yo‘g‘onligi 2 sm, uzunligi esa 12 m ga yetadi.U butalarga osilib o‘sadi. Bu sinfga MDXning hamma yerlarida uchraydigan "Dala qirqqbo‘g‘imini"vakil qilib olamiz. Dala qirqbo‘g‘imi ko‘p yillik o‘t o‘simlik bo‘lib uning ildizpoyasi yerga chuqur o‘rnashgan. Ildizpoyadan, kattaligi danakdek keladigan tuganagi bor. Bu tuganakda zapas oziq moddalar to‘planadi. Ildiz poyadan yer betiga poyalar o‘sib chiqadi. Bu poyalarning uzunligi 1 m gacha bo‘lishi mumkin. Qirqbo‘g‘imning poyasi 2 xil bo‘ladi. 1. Vegetativ yoki assimilyatsion poya -yozgi: 2. Spora beruvchi poya-bahorgi Vegetativ poya yashil rangda bo‘lib, kech bahorda o‘sib chiqadi, kuzda qurib qoladi. Bu poyani "yozgi poya" deb ham yuritiladi. Spora beruvchi poya jigarang- pushti bo‘lib, erta ko‘klamda o‘sib chiqadi. Sporalari yetilib to‘kilgandan so‘ng qurib qoladi. Poyasida bir qancha bo‘g‘im oraliqlari bo‘lgani uchun bu o‘simlikni xalq orasida qirqbo‘g‘im deyiladi. Poyasidagi epidermis xujayralari bilan sug‘orilgan. Bargi juda mayda, reduksiyalangan, uchburchakli bo‘lib, poyaga tagi bilan doira shaklida o‘rnashgan. Poyasi ko‘ndalang kesmida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida ustitsalar joylashgan. So‘ngra mexanik to‘qima po‘stloq xujayralari, peretsikl bilan o‘ralgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari uchraydi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiya
7
bo‘lmaydi. Dala qirqbo‘g‘imi vegetativ, jinssiz va jinsli yo‘l bilan ko‘payadi. Vegetativ ko‘payishi ildizpoya yoki tuganaklari yordamida bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish sporalar yordamida, jinsli ko‘payish o‘simtada, ya’ni gametofitda tarqqiy etgan jinsiy organlar yordamida bo‘ladi. Sporalar bahorgi poyaning uchiga joylashgan boshoqchalarda vujudga keladi. Spora beruvchi boshoq sporachi barglardan tashkil topgan.Sporachi barglarning ostki tomonidan 6-8 tacha sporangiyalar doira shaklida joylashgan . Sporangiyalarning shakli ko‘zachaga o‘xshash bo‘ladi. Sporangiyalar ichida ko‘p miqdorda sporalar taraqqiy etadi. Sporasi sharsimon qoramtir-yashil xujayralardan iborat bo‘lib, 2 qavat po‘st bilan o‘ralgan. Tashqi po‘sti "ekzina" ichki po‘sti "intina" deb ataladi. Sporaning 4 ta speralsimon ellaterasi bo‘ladi. Ellatera havo nam bo‘lgan vaqtda ellateralar to‘g‘rilanib, yozilib ketadi. Bu ellateralar sporalarning bir biriga ilashib tarqalishiga yordam beradi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo‘lsa ham, fiziologik jihatdan har xil bo‘ladi. Bir xil sporadan otalik o‘simta o‘sib chiqsa, 2 xil sporadan onalik o‘simta o‘sib chiqadi. O‘simtalarning otalik yoki onalik bo‘lishiga