Mavzuning dolzarbligi. Daraxtlar va butalarning ko'p bo'lishi kishi ruhiyatiga kayfiyatiga ijobiy ta sir etadi. Havoni zararli gazlardan tozalaydi, chang va g'uborlarmi ushlab qoladi,shovqinni kamaytiradi. Mutaxasislarning aytishicha, 1 ga dagi daraxtzorlar yiliga 54 tonna changni yutib, 5 tonna uglerod l oksidni ushlab qolar ekan. Havoni zararl nikroflora bilan to'ynishini 40-45 foizga kamaytiradi. Ko'kalamzorlashtirish keng ko'lamda hududda havo harorai ochiq joylarga nisbatan 16 daraja salqin bo'ladi. Shunday ekan, bunday foydali qurulishbop, manzarali daraxt va hutalarni turli xil kasalliklar, zararkunanda xasharotlardan saqlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.
Qo'qon shahri va unga yaqin hududlarda manzarali daraxt va butalarni har-xil kasalliklari, zararkunanda xasharotlarlarning turli xil turkum vakillari zararkunandalik qiladi. Misol tariqasida hozirgi kunda zararkunandalik qilayotgan xasharotlar ba'zilarini ko' rsatib o’tish zarur: shiralar, buzoqboshi qo'ng'izlari, barg parvonasi, qalqondorlar, po'stloqosti qo'ng'izlari tunlamlar, yong'oq qurti, anor qurti va tunlamlar va mo’ylovdor qo’ng'izlar. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida bu zararkunandalarning ayrimlarini biologiyasi ekologiyasi tarqalishini o rgandik. Zararkunandalar ichida tarqalishi zarar keltirishi jihatdan po'stloqxo'rlar va mo'ylovdorlar yuqori ko'rsatkichda turadi. Jumladan mo'ylovdorlarning Qo'qon shahrining o'zida quyidagi turlarni uchratishimiz mumkin. Shahar moylovdor qo'ng’izi (Acolesthessarta Solsky. 1871), Namangan uzunmoylovi (Xylotrechus namangancnsis Hd), tut uzunmoylovi (Trichofcrus campestris Fald) va ba' zan Semyonov moylovdori (Clyroclytus Semenvi). Tarqalishi zarar keltirishi jihatdan shahar mo'ylovdori yuqoriroq pog'onada turadi. Shahar mo'ylovdor go'ng'izi (Acolcsthessarta Solsky, 1871) keng ozuqa spektriga ega bo'lgan tur bo'lib, manzarali va mevali daraxtlarning jiddiy zararkunandasi hisoblanadi.
Tadqiqot obyekti va usullari.Kuzatishlardan ma'lum bo'ldiki, shahar mo'ylovdor qo'ng'izi Markaziy Osiyo sharoitida daraxtlaming 30 ga yaqin turida hayot kechirib, zarar keltiradi. Jumladan, manzarali daraxtlardan: chinor, qayrag' och, qarag'ay, eman, tol, terak, akasiya, qayin va boshqalar, shuningdek mevali o'simliklarning ko' plab turlari: o'rik, olma, nok, olxo'ri, olcha, yong'oq, tut va boshqalar uning asosiy ozuqa o'simligi hisoblanadi. Shahar mo'ylovdor qo'ng'izi o'simlik uchun ikkilamchi, ayrim hollarda csa uchlamchi tartibli zararkunanda hisoblanadi. Chunki ular asosan boshqa hasharotlar tomonidan zararlangan va kasallikka uchragan daraxtlargagina kelib o' rnashadi.
Tadqiqot natijalari. Qo'ng'izlaming urchish chastotasi terak, qayrag' och, tollarda boshqa daraxtlarga nisbatan yoqori bo'lishi bilan ajralib turadi. Chunki bu o'simliklar birlamchi zararkunandalar, ya'ni tengsiz ipakchilar, shiralar, qalqondorlar, tunlamlar va boshqa sikadalar bilan ko'proq zararlanadi. Natijada vegetatsiya buziladi, daraxt tanasi yoriladi, yelim ajraladi va po'stloqdagi fiziologik hususiyati buziladi hamda mo'ylovdorlar yashashi uchun qulay imkoniyat vujudga keladi. Tabiiy'ki mo'yovlovdorlar bilan zararlangan daraxtlar rivojlanishdan orqada goladi, sekin o' sib nimjon bo' ladi, ayniqsa, po'stloqxo'rlar va mo'ylovdorlar tomonidan jiddiy shikastlangan o'simlik yengil shamolda ham sinib ketadi. Tadqiqotlar davomida Qo'qon shahrida o’stirilayotgan tol va teraklardagi mo'ylovdorlaming zarar keltirish xususiyatlari aniqlandi. Jumladan, toldoshlar tanasining mo' ylovdorlardan zararlanishi oqibatida manzarali daraxt sifatida butunlay yo' qolish holati ham qayd etildi. Vodiy sharoitida daraxtlarni kemiruvchi zararkunandalarini manzarali va kompleks o'rganish nazariv va amaliy vo'nalishdagi ayrim muommolarmi yechimini topish imkoniyatini beradi.
Tadqiqotlar davomida Qo’qon shahridagi manzarali daraxt sifatida o`stirilayotgan tol va terakdagi qalqondorlar, po`stloqxo`rlar va mo`ylovdorlarning zarar keltirish xususiyati aniqlandi. Tоldоshlar tanasining po`stloqxo`r va mo`ylоvdоrlardan zararlanish оqibatida butunlay yiqilish hоlati ham qayd etildi.
Qo’qon dendrоflоrasida iqlimlashtirilgan daraхt va butalar хilma-хilligi va turlarga g`оyat bоyligi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda ko`kalamzоrlashtirishga alоhida e`tibоr berilishi bоis ularning хilma-хilligi yanada оrtib bоrmоqda. Mazkur o`simliklar ayni hudud flоrasini bоyitibgina qоlmay, hasharоtlar, shu jumladan, zararkunandalar faunasining o`zgarishiga, o`ziga хоs entofaunaning shakllanishiga ham sabab bo`lgan.
Iqlimlashtirilgan o`simliklar bilan ushbu mintaqa faunasiga хоs bo`lmagan turlarning kelib qоlishi va хafvli zararkunandaga aylanishi, yohud ayrim mahalliy tur qo`ng’izlarni ayni o`simliklarga o`tib yashashga mоslashishi sоdir bo`ladi.
Qo’qon hududi daraхt va butalar zararkunandalarining faunasini keng ko`lamda tadqiq etish bu bоradagi nazariy va amaliy ahamiyatga mоlik muammоlarni tahlil etish imkоniyatini beradi.
XULOSA
Qo’qon shahri va unga chegaradosh hududlar mevali bog’larida keng tarqalgan zararkunandalarning biologiyasi hamda hayotiy sikllari o’rganildi.
Qo’qon shahri va unga chegaradosh hududlar mevali bog’larida keng tarqalgan zararkunandalarning ekologiyasi o`rganildi hamda ularning uchrash chasotalari aniqlandi. Tadqiqotlar davomida o`rganilayogan hududlardagi zararkunanda hasharotlarnilarning 4 turi yoppasiga uchrovchi, 3 turi o`rtacha va 3 turi esa kam uchrovchi turlar ekanligi aniqlandi;
Eng zararkunanda turlarning o`simliklardagi zararlilik darajalari aniqlandi
hamda, qiyosiy tahlil etildi. Olingan natijalarga ko`ra, manzarali va mevali bog’largagi daraxtlarda Parthenolecanium corni (Bouche) ва Pseudococcus comstoki (Kuv.) (Aeolesthes sarta), kuchli zararlash darajasini namoyon etadi.