193
21-Mavzu: Virtual sintezatorlar. Sound-Forge.
Reja:
1. Ovozli fayllar bilan ishlash
2. Tovush tizimlarini dasturiy va aparat vositalari
3. Sound Forge dasturi haqida.
Ovozli fayllar bilan ishlash hamma biladiki, inson qulog‘iga
eshitilayotgan tovushlar havoda tebranishga ega. Inson qulog‘I qabul qiladigan
tovushning chastota diapozoni 20 Гц dan 20 кГц gacha, eng sezgirligi 3000–
3500 Гц chastotaga to‘g‘ri keladi. Bu oblastda quloq 140 дБ dinamik
diapozondagi signalni qabul qiladi (og‘riq chegarasidagi tovush bosimining
eshitish chegarasiga nisbati 107 ). Chastota diapozonining chekkasida dinamik
diapozon 50 дБ gacha torayadi (quloqning eshitishi pasayadi, og‘riq
chegarasining bosimi kamayadi). Gaplashish spektri 40 дБ dinamik diapozonda
taxminan 200 Гц – 4000 Гц joyni egallaydi. Musiqa eshitish diapozonini hamma
chastotasini egallaydi va 70 – 90 дБ dinamik diapozonni talab qiladi . Eshitish
qobiliyatining afzalliklaridan biri tovush manbasiga moslashuvidir. Аn’anaga
ko‘ra tovushni uzatish, saqlash, eshittirish va sintezlash akkustik tebranishdan
elektrik (mikrofon) tebranishga va (dinamik) teskarisi bajarilar edi. Oldin
hamma signallarni qayta ishlash analog ko‘rinishda bajarilib, analog ko‘rinishda
gramplastinkaga, magnitofon tasmalariga saqlanar edi. Axborotni analog
ko‘rinishda saqlash uni kata miqdorda yo‘qolishiga olib keladi, chunki
gramplastinkalar chizilib ketadi, magnit lentalar magnit maydoniga ta’sirchan
o‘ladi. 1-rasm. Eshitish maydoni. Elektronika rivojlanishi bilan elektrik
signallarni raqamli ko‘rinishga o‘tkaziladigan bo‘ldi. Endi mikrofondan
kelayotgan kirish signali oldindan kuchaytirish yo‘li bilan raqamlashtiriladi.
Signal raqamli ko‘rinishda uzatilishi, 54 saqlanishi (uzoq vaqt va xatosiz), turli
xil ko‘rinishlarga keltirilishi mumkin. Eshittirishda esa yana analog ko‘rinishga
keltiriladi. Akkustik axborotni raqamli ko‘rinishda saqlash uchun lazer kompakt
disklar ishlatilyapti.
Dostları ilə paylaş: