Raqamli dunyo sharoitida boshlang’ich sinf matematika fanini rivojlantirish va samaradorligiga erishish istiqbollari”



Yüklə 155 Kb.
səhifə4/13
tarix06.06.2023
ölçüsü155 Kb.
#127840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishi O\'g\'ilshod opa

1-bob yuzasidan xulosalar
Boshlang’ich sinf o’quvchisining ijodiy faoliyatini oshirishda kompyuterli ijodiy mazmundagi topshiriqlar muhim ahamiyat kasb etadi. Kompyuterli ijodiy topshiriq bu – ijodiy mazmundagi topshiriqlarni kompyuter vositasida bajariladigan topshiriqdir. Topshiriq tushunchasi keng tushuncha bo’lib, turli ma’nolarda talqin qilinishi olimlar tomonidan ko’rsatib o’tilgan.
Topshiriq – bu

  • vosita (S.L.Rubinshteyn);

  • maqsad (A.N.Leontev);

  • muammoli holat (Y.A.Ponomarev);

  • ta’lim vositasi (N.F.Talizina);

  • ongda paydo bo’lgan to’siq (L.M.Fridman);

  • o’quv materialining shakli (O.R.Roziqov).

Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini tuzish va undan foydalanish yuzasidan tadqiqot olib borilib, bunday topshiriqlarni ta’limda qo’llashning holati o’rganildi va matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini yaratish metodik muammo ekanligi asoslandi.

2-bob. Raqamli dunyo sharoitida boshlang’ich sinf matematika fanini rivojlantirish va samaradorligiga erishishda matematik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish uchun asos sifatida moslashtirilgan ta’lim tizimidan foydalanish.
2.1.Boshlang’ich sinf matematika fanini rivojlantirish va samaradorligiga erishish istiqbollari asosida matematik kompetensiyalarni shakllantirish tamoyillarini aniqlash.

Matematik savodxonlik va bu tildan unumli foydalana olish (gapning aniq mazmunini, gaplar orasidagi mantiqiy bog’lanishni bilish) fikrlashning aniqligi va tartibliligini ko’rsatadi. O’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi harakati natijasida nimaga erishilganiga emas, balki bu natijaga qaysi yo’l bilan erishilganiga asosiy e’tiborni qaratish kerak. Bunda: - umumfan yo’nalishi darajasidagi o’qitish – matematik standartning o’rta maktab kursidagi bilimlarini egallash; - matematik yo’nalishda – matematikani tabiiy fanlar bilan uyg’unlashgan holda ixtisoslashgan kengaytirilgan fan yo’nalishi bo’yicha o’qitish. Bu fanni o’rganish insonning ilmga bo’lgan qiziqishini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirib, boshqa fanlarning o’qitilishiga ta’sir ko’rsatadi va ta’limda asosiy vazifani o’taydi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarda namoyon bo’ladigan matematik tushunchalarni yaxshi o’zlashtirish, matematik fikr yuritishga tayyor bo’lish, masala va muammolarni yecha olish, matematik tilda bemalol ish yurita olish ko’rinishidagi samarali natijalarni ta’lim usulini o’zgartiribgina erishish mumkin. Bunda izlanuvchanlik asosiy o’rin tutadi. Masalan, muammoli o’qitishda o’quvchilar nazariy va amaliy ko’rinishdagi turli muammolarni yechish orqali yangi bilim va malakalarni egallaydi. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, qiziqarli muammolarni qo’yish va ularning yechilishiga yordam berish o’quvchilarning faolligi va mustaqilligini rivojlantirib, bu fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Natijada o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanishni o’rganishadi va o’zlarining ijodiy imkoniyatlari va aniq fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishadi. O’qitishning zamonaviy kompetensiyaviy yondashuvga o’tilishi ta’lim jarayoniga qor ko’chkisi kabi ta’sir ko’rsatadi va misli ko’rilmagan o’zgarishlarga olib keladi. Bunda yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi kun o’qituvchisiining vazifasiga aylanadi. Bilimli, yuqori malakaga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlargina jamiyatning ta’lim oldiga qo’ygan vazifasini amalga oshirishga qodir bo’ladilar. O’qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o’z-o’zini tarbiyalashi, o’z ustida tinimsiz izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mukammal o’zlashtirishi va ularni ta’lim jarayonida qo’llashi ta’lim samaradorligini oshiradi.


Yüklə 155 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin