Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə2/3
tarix24.11.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#133987
1   2   3
Amaliy ish 1 Arxitektura Doston

Operand turlari :

  • Yuqori pog’ona dasturlash tillarida X = X + Y ni hisoblash juda oson ko’rinishda amalga oshiriladi;

  • X = xotiradagi 513 manzil va Y = xotiradagi 514 manzil;

  • Quyi pog’ona dasturlash tillarida, misol uchun, registrga 513 xotira yacheykasining kontenti va 514 xotira yacheykasining kontenti yukalanadi va amallar bajariladi;

  • Ma’lumotlar ishlov berish jarayoni arifmetik va mantiqiy buyruqlar asosida amalga oshiriladi;

  • Ma’lumotlar registrga yoki xotira manzillariga yozilish va qayta o’qib olish jarayonida harakatlanadi (data movement) va h.k.

Operandlar qisqa va uzun ko’rsatma formatiga asoslangan holda loyihalanadi.
Prosessor buyruqni xotiradan yuklab oladi va buyruq asosida amalni bajarish uchun bitlarni dekodlaydi. Operand - bu qanday ma’lumotni boshqarish yoki boshqarish kerakligini ko’rsatadi. Operandlar to’rtta turga bo’linadi:

  • manzillar;

  • sonlar;

  • belgilar;

  • mantiqiy ma’lumotlar.

Operand registrga yoki xotira manziliga ega holatda saqlanadi. Operand quyidagi elementlardan tashkil topadi:

  • operand kodi (operand code);

  • operand manzili (source operand reference);

  • operand natijasi (results operand reference);

  • keyingi ko’rsatma (next instruction reference);


Operand formatlari :
BUYRUQlar bitlar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanadi. Eng uzun buyruq 64 bitli va qisqa buyruqlar 32 bitli bo’ladi.

Operand kodi (operand code) - bajariladigan amalni ifodalaydi va bu ikkilik kod ko’rinishida bo’ladi, masalan, ADD, SUB, DIV, LOAS, STOR. Har bir buyruqlarda opcode bo’lishi shart.





  1. Buyruqlar turlari va formatlari

Buyruq formati (instruction format) yoki Buyruq kodi (instruction code) – bu kompyuter xotirasida saqlangan ma’lumot ustida ma’lum amallarni bajarish uchun foydalaniladigan bitlar guruhidir.


Buyruq – mikroprosessorni ichida ikkilik sanoq sistemasida loyihalanadi. Mikroprosessorni qo’llab qiuvvatlaydigan barcha buyruqlar guruhu buyruqlar to’plami deb nomlanadi. Buyruq x8, x16, x32, x64, x86-bitga asoslangan buyruq OpCode yoki operand yoki buyruq bayti deb nomlanadi.

Hisoblash mashinasida bajariladigan amallar mnemonika shakllarda ifodalanadi.
Buyruqamal kodi, ushbu amalda qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va natija qayerga yozilishi kerakligi haqidagi axborotlardan iborat bo‘ladi.
Buyruqlarda amal kodi - har doim bo‘ladi, ammo adreslar esa buyruqlarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz buyruqlar deb ataladi. Qolgan xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin.

Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili:

    1. adressiz buyruq; b) bir adresli buyruq;

c) ikki adresli buyruq; d) uch adresli buyruq.
Misol: MOVE R1, 4 – bir adresli buyruq; ADD R1, R2 – ikki adresli buyruq.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin