Photoshop dasturi ishga tushirilganidan so‘ng dastur oynasining chap qismida uskunalar paneli aks ettiriladi. Uskunalar panelidagi ba’zi uskunalarning xususiyatlari o‘zgaruvchan xususiyatlar panelida aks ettiriladi.
Ba’zi uskunalarni kengaytirib ostida berkitilgan boshqa uskunalarni aks ettirish mumkin. Uskuna tugmasining pastki o‘ng qismida joylashgan uchburchak ushbu tugma ostida berkitilgan uskunalar mavjudligidan dalolat beradi:
Uskuna tugmasi ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib bir oz bosib turilsa uning ostida berkitilgan uskunalar aks ettiriladi:
Uskunani tanlash uchun quyidagilarning birini bajarish kerak:
uskunalar panelidan uskuna tugmasini bosish. Agar uskuna tugmasining pastki o‘ng qismida uchburchak mavjud bo‘lsa tugma ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib bir oz bosib turiladi va uskuna tugmasining ostida berkitilgan uskunalar aks ettiriladi. Aks ettirilgan uskunalar ro‘yxatidan kerakli uskuna tugmasi bosiladi;
uskunaga biriktirilgan klaviatura tugmalar kombinatsiyasi bosish. Uskunaga biriktirilgan tugmalar kombinatsiyasi uskuna to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beruvchi izohda ko‘rsatiladi:
Berkitilgan uskunalar to‘plami o‘rtasida o‘tishlarni amalga oshirish uchun klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda uskunaga biriktirilgan tugmani bosish kerak bo‘ladi.
Uskuna ko‘rsatkichini o‘zgartirish
Turli uskunalar turlicha ta’sir doirasi, ya’ni effekt yoki amal tasvirga ta’sir qilish nuqtasiga ega. Aksariyat hollarda uskunaning kursori uskuna tugmasidagi yorliq bilan bir xil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Masalan, marquee uskunasi uchun kursor
+ ko‘rinishiga, matn uskunasi uchun I ko‘rinishga, mo‘yqalam uskunasi uchun moyqalam uchi ko‘rinishiga ega. Uskunalar bilan ishlashda aniqlilikni oshirish maqsadida uning kursorini + ko‘rinishga ega aniq kursorga o‘zgartirib olish mumkin.
Uskunalar kursorining ko‘rinishini o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Dasturning Edit menyusi Preferences bo‘linmasidan Cursors qatori tanlanadi va kursor xususiyatlarini o‘zgartirish dialog oynasi ochiladi:
Ochilgan dialog oynasidan uskuna kursorining quyidagi xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin:
Standard– kursor uskunaning tugmasida aks ettirilgan yorlik ko‘rinishida aks ettiriladi;
Precise – kursor + ko‘rinishiga ega;
Normal Brush Tip – kursor mo‘yqalam uchining ta’sir doirasini 50% ko‘rinishida aks ettiriladi;
Full Size Brush Tip - kursor mo‘yqalam uchining ta’sir doirasini 100% ko‘rinishida aks ettiriladi;
Show Crosshair In Brush Tip – mo‘yqalam uchining markazida + elementini aks ettiriladi;
Show Only Crosshair While Painting – mo‘yqalm bilan chizilganda mo‘yqalam uchining markazida + elementini aks ettiradi.
Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.
Dialog oynasining Painting Cursors bo‘limidagi elementlar quyidagi uskunalarning kursorlariga ta’sir qiladi: Eraser, Pencil, Paintbrush, Healing Brush, Clone Stamp, Quick Selection, Smudge, Blur, Sharpen, Dodge, Burn va Sponge.
Dialog oynasining Other Cursors bo‘limidagi elementlar quyidagi uskunalarning kursorlariga ta’sir qiladi: Marquee, Lasso, Polygonal Lasso, Magic Wand, Crop, Slice, Patch, Eyedropper, Pen, Gradient, Line, Paint Bucket, Magnetic Lasso, Magnetic Pen, Freeform Pen, Measure va Color Sampler.
Chizish uskunalarining kursor o‘lchami o‘zgartirish uchun uskunani tanlab klaviaturadan Alt tugmasini bosib turgan holda sichqon ko‘rsatkichini chapga yoki o‘ngga siljitish kerak. Kursorning ta’sir darajasini o‘zgartirish uchun uskunani tanlab klaviaturadan Alttugmasini bosib turgan holda sichqon ko‘rsatkichini tepaga yoki pastga siljitish kerak.