Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash


Ranglarni aralashtirish rejimlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə28/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Ranglarni aralashtirish rejimlari


Photoshop dasturining xususiyatlar panelida belgilanadigan ranglarni aralashtirish rejimlari tasvirdagi piksellarga chizish yoki tahrirlash uskunalarini ta’sirini belgilaydi. Ranglarni aralashtirish jarayoni quyidagi ranglar farqlanadi:

  • asosiy rang – tasvirdagi birlamchi rang;

  • qorishma rang – chizish yoki tahrirlash uskunalari ta’sirida joriy etiladigan rang;

  • natija rangi – aralashtirish jarayonidan keyingi rang. Dasturda quyidagi ranglarni aralashtirish rejimlari mavjud:

  • Normal – chiziladigan yoki tahrirlanadigan har bir piksel natija rangini belgilangan rangga o‘zgartiradi;

  • Dissolve – chiziladigan yoki tahrirlanadigan har bir piksel natija rangini belgilangan rangga o‘zgartiradi. Lekin, natija rangi asosiy yoki qorishma ranglar bilar tasodifiy almashtiriladi;

  • Behind – qavatning faqat shaffof maydonlariga chizadi yoki tahrirlaydi;

  • Clear – har bir pikselni chizganda yoki tahrirlaganda uni rangini shaffofga o‘zgartiradi;

  • Darken – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va ulardan eng to‘qini natija rangi sifatida belgilaydi;

  • Multiply – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va natija rang qiymatini qorishma rang qiymatiga ko‘paytiradi;

  • Color Burn - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va natija rangini qorishma rang bilan orasidagi kontrastni oshirib to‘q qiladi;

  • Linear Burn – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va natija rangini qorishma rang yorqinligini pasaytirib to‘q qiladi;

  • Lighten – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, asosiy va qorishma ranglardan qaysi biri ochroq bo‘lsa ushbu rangni natija rangi sifatida belgilaydi;

  • Screen – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, qorishma va asosiy ranglarning aksi qiymatini ko‘paytiradi;

  • Color Dodge - tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va asosiy rangni qorishma rang bilan orasidagi kontrastni kamaytirib yorqin qiladi;

  • Linear Dodge – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi va asosiy rangni qorishma rang yorqinligini oshirib yorqin qiladi;

  • Overlay – asosiy rangga bog‘liq holda rang qiymatlarini ko‘paytiradi yoki pasaytiradi;

  • Soft Light – qorishma rangga bog‘liq holda ranglarni to‘q yoki och qiladi;

  • Hard Light – qorishma rangga bog‘liq holda rang qiymatlarini ko‘paytiradi yoki pasaytiradi;

  • Vivid Light – qorishma rangga bog‘liq holda kontrastni oshirib yoki pasaytirib ranglarni o‘zgartiradi;

  • Linear Light – qorishma rangga bog‘liq holda yorqinlikni oshirib yoki pasaytirib ranglarni o‘zgartiradi;

  • Pin Light - qorishma rangga bog‘liq holda ranglarni almashtiradi;

  • Hard Mix – qorishma rangning qizil, yashil va ko‘k kanallarining qiymatlarini asosiy rangning RGB qiymatlariga qo‘shadi;

  • Difference – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, asosiy rang qiymatidan qorishma rang qiymatini ayiradi yoki aksincha;

  • Exclusion – kontrasti past Difference rang aralashtirish rejimiga o‘xshash effekt yaratadi;

  • Subtract – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, asosiy rang qiymatidan qorishma rang qiymatini ayiradi;

  • Divide – tasvirning har bir rang kanallari tahlil qiladi, asosiy rang qiymatini qorishma rang qiymatiga bo‘ladi;

  • Hue – natija rangni asosiy rangning yorug‘lik va to‘yinish qiymatlari va qorishma rangning tuslanish qiymatlari asosida yaratadi;

  • Saturation - natija rangni asosiy rangning yorug‘lik va to‘yinish qiymatlari va qorishma rangning to‘yinish qiymatlari asosida yaratadi;

  • Color - natija rangni asosiy rangning yorug‘lik qiymati va qorishma rangning tuslanish va to‘yinish qiymatlari asosida yaratadi;

  • Luminosity - natija rangni asosiy rangning tuslanish va to‘yinish qiymatlari va qorishma rangning yorug‘lik qiymati asosida yaratadi;

  • Lighter Color – asosiy va qorishma ranglarning barcha rang kanallarining qiymatlarini solishtiradi va yuqoriroq qiymatini aks ettiradi;

  • Darker Color - asosiy va qorishma ranglarning barcha rang kanallarining qiymatlarini solishtiradi va kamroq qiymatini aks ettiradi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin