Yupiter - “qizil dog`” li ulkan sayyora Quyosh sistemasining planetalari ichida eng kattasi hisoblangan Yupiter, tabiati va tuzilishiga ko`ra, jumboqlarga boyligi bilan astronomlar diqqatini o`ziga jalb etadi. Yupiterning o`rtacha radiusi, Yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo`lib, 69 ming 150 kilometrni tashkil qiladi. Bu gigant planeta 778 million kilometr masofada Quyosh atrofida aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo`lib, 12 yilda bir marta aylanib chiqadi. Boshqacha aytganda, Yerdagi 60 yoshli odam Yupiter yili bilan endi 5 yoshga to`lgan bo`lur edi. Qizig`i shundaki, Yupiterning o`z o`qi atrofida aylanishi, er tipidagi planetalar aylanishlaridan farq qilib, ekvator qismi tezroq - 9 soatu 50,5 minutli, o`rtacha qatlamalari esa sekinroq - 9 soatu 56 minutli davr bilan aylanadi. Yupiter atmosferasida SO2 va SO2 kabi molekulyar birikmalarning topilishi astronomlar uchun “syurpriz” bo`ldi, chunki vodorodli atmosferada karbonat angidrid tez parchalanishi kuzatiladi va shuning uchun ham olimlar mushtariyning atmosferasida uni kutmagan edilar. Gigant sayyora atmosferasida suv bug`larining topilishi ham katta voqea bo`ldi, chunki Yerdan kuzatiladigan planetaning bulutli qatlamlaridagi minus 120-130 gradusdan past temperaturada suv bug`lari doimo muz holatidagina bo`lishi mumkin deb taxmin qilinar edi. Yupiterni infraqizil nurlarda o`rganish, boshqa planetalardan farqli o`laroq u o`zidan, Quyoshdan olgan energiyasidan qariyb ikki yarim barobar ko`proq energiyada nurlanishini ma`lum qildi. Shu munosabat bilan amerikalik taniqli planetalar tadqiqotchisi D.J.Koyper Yupiter markazida ham Quyosh va yulduzlardagi kabi energiyaning termoyadro manbai mavjud degan xulosaga keldi. Boshqacha aytganda, Yupiter planetalardan ko`ra yulduzlarga “qarindosh” degan nazariyani berdi. Biroq keyingi yillarda olingan materiallar fonida bu gipoteza o`zini oqlamadi. Yupiterdan 278 ming kilometr naridan o`tgan AQSH ning “Voyajer-1” avtomatik stantsiyasi mushtariy va uning yo`ldoshlariga tegishli talay yangiliklarni ochdi. “Voyajer” olgan rasmlarda planetaning 30 ming kilometrga chuzilgan qutb yog`dusi va atmosferasida 17 marta razryadi - yashinni eslatuvchi chaqnash kuzatildi. Planeta sirtidan 57 ming kilometr balandlikda kengligi 8 ming 700 kilometr, qalinligi 30 kilometrdan katta bo`lmagan, Saturnnikiga o`xshash halqasi borligi ma`lum bo`ldi. Olimlarning aniqlashicha, bu xalka kattaligi bir necha o`n metrdan bir necha yuz metrgacha boruvchi toshlardan va muzdan tashkil topgan. Avtomatik stantsiya sayyoraning yo`ldoshi yonidan eng Yaqin (19 ming km) masofadan o`tib, uning sirtida ayni paytda “ishlayotgan” vulqonni (balandligi 160 km), bir necha yuz kilometrga cho`zilgan tog`lar va jarliklarni kuzatdi. Ganimed va Kallisto sirtida ko`ringan o`nlab yorug` dog`lar esa, aftidan, kraterlar bo`lsa kerak deb taxmin qilindi. Kallistodagi kraterlardan biri bir necha kontsentrik tog` xalqalari bilan o`ralgan bo`lib, ayrim joylarda bu tizimlarning oralig`i 1 ming 600 kilometrgacha etadi. Garchi oxirgi yillarda ulkan sayyora mushtariy va uning yo`ldoshlariga tegishli anchayin asriy sirlar “fosh” bo`lgan bo`lsada, xali yana bir necha un yilga yashiringan muammolar unda mavjud. Bu “tilsim” lar o`z sirlari bilan o`rtoqlashishi uchun navbatdagi kosmik stantsiyalarni kutadilar. Biroq shuni aytish kerakki, bunday kosmik apparatlarning qo`ndirilishiga gigant Yupiter uncha ro`yxushlik bermasada, uning yirik yo`ldoshlari juda “mehmon” do`sdirlar.
Saturn Sayyora qadimgi rimning vaqt va taqdir xudosi Saturn nomi bilan ataladi. Bu planeta sharqda Zuhal, greklarda Kronos nomi bilan yuritiladi. Saturn kattaligi jihatidan faqat Yupiterdan keyin turadi, uning diametri 120 ming 800 kilometr, Quyoshdan o`rtacha uzoqligi 9,5 astronomik birlik, ya`ni kuyoshdan 1 milliard 427 million kilometr narida yotadi. Ekvator zonasining aylanish davri 10 soatu 14 minut bo`lgani holda, qutbga Yaqin rayonlari 10 soatu 28 minutli davr bilan aylanadi. Planetaning ekvator tekisligi, uning orbita tekisligiga 26 gradus 45 minutli burchakka og`ishgan. Saturn atrofida eni 60 ming kilometrgacha, qalinligi 10 - 13 kilometrgacha etadigan halqasi borligi bilan boshqa planetalardan keskin farq qiladi. 1750 yil Saturnning xalqasi haqida Tomos Rayt shunday yozgan edi: “agar biz Saturnni etarli darajada va teleskopda kuzatsak edi, u xolda xalqa, biz yo`ldoshlar deb ataydigan jismlardan ancha pastda cheksiz ko`p mayda sayyoralardan iboratligini ko`rar edik”. Keyingi tadqiqotlar xalqa xaqida Tomos Reynning bu bashorati xaq ekanligini tasdiqladi. 1857 yili mashxur ingliz fizigi Djmems Klerk Maksvell Zuhalning xalqasi monolit bo`lmay, qattiq zarrachalarning tangasimon uyushmasi ekanligini nazariy yo`l bilan isbotladi. Ko`p o`tmay, Maksvellning aytganlari mashxur rus astrofizigi A.A. Belopol`skiy va amerikalik Dj.E. Klerk tomonidan o`tkazilgan eksperimentlar asosida quvvatlandi. Biroq, 1934 yilda G.A. SHayni o`zining observatoriyasidagi (qrim) qator nozik kuzatishlari asosida sayyora xalqasi changdan tashkil topgan degan fikrga qarshi chiqdi. Boshqa bir olim I.S. Bobrov Saturn xalqasini o`rganishga bag`ishlangan bir necha yillik tadqiqotlarini doktorlik dissertatsiyasi ko`rinishida himoya qildi. Uning bildirishicha, xalqa kesimi 10 sm chamasi qattiqlikdagi tipik qattiq jinslaridan tashkil topgan bo`lib, ba`zan ular ichida diametri bir necha metrgacha boradiganlari uchraydi. Keyinchalik Titan atmosferasida etarlicha ko`p miqdorda vodorod kuzatildi. Zuhalning bu yirik yo`ldoshi haqida olingan ma`lumotlar, 1979 yil 2 sentyabrda Titandan 356000 kilometrgina naridan o`tgan “Pioner XI” avtomatik stantsiyasining tadqiqotlari bilan to`la tasdiqlandi. Shuningdek bu kosmik apparat yordamida Saturnning yana bir yo`ldoshi topildi va kosmik stantsiya sharafiga “Pioner qoyasi” degan nom oldi. Saturn yo`ldoshlaridan yana biri - Yaped (diametri 425 kilometr) sibert tuzilishi jixatidan juda “rang-barang” ligi bilan kishi diqqatini o`ziga tortadi.