|
Nuriddinova Saida (2)bo`yicha bir-birini oynadagi aksini ifodalaydigan qo`sh izomerlar shaklida bo`ladi.
Ular bir-biridan alfa atomga bog`langan guruhlarning fazodagi yo`nalishlari bilan
farqlanadilar. Buning natijasida paydo bo`ladigan ikki konfiguratsiya D- va L-
stereoizomerlar deb yuritiladi. Bu izomerlarning biri ikkinchisining ustiga
qo`yilsa, o`ng va chap kaft kabi bir-birini qoplamaydi. Ular enantiomerlar deb
ataladi. Xiral birikmalar bir xil kimyoviy va fizik xususiyatga ega bo`lib, faqatgina
qutblangan nur sathini chapga yoki o`ngga burish belgisi bilangina farqlanadilar,
ularning burish burchaklari ham bir-biriga teng. Bu xildagi qobiliyat + yoki -
belgisi bilan ko`rsatiladi, lekin nur sathini burish belgisi molekulaning D yoki L
konfiguratsiyasiga muvofiq kelishi shart emas. L (leve, chap) va D (dexter, o`ng)
belgilar enantiomerlarning tuzilishi jihatidan qaysi qatorga kirishini ko`rsatadi.
Aminokislotalarning fazodagi strukturasi asosida ularni ikki qatorga ajratish
biologik ahamiyatga ega. Oqsillar tarkibiga faqat L-aminokislotalar kiradi. Lekin
organizmdan ba’zi bir D- aminokislotalar ham ajratib olingan. Ayrim D-
aminokislotalar erkin holda va bakteriya hujayrasining pardasida (sibir yarasi,
kartoshka va pichan tayoqchasida) va mikroorganizmlar tomonidan ishlab
chiqarilgan antibiotiklarda uchraydi.
3. Oqsillarning tuzilish darajalari. Oqsil molekulasida aminokislotalarning birin-
ketin kelish tartibi oqsilning birlamchi strukturasi deyiladi. Bu tartib nasliy bo`lib,
genetik kod bilan belgilangan va o`zgarmas holda avloddan-avlodga o`tadi.
Birlamchi struktura oqsil molekulasining sodda tuzilish darajasi hisoblanadi. Unga
bir aminokislotaning alfa- aminoguruhi bilan ikkinchi aminokislotaning alfa-
karboksil guruhi o`rtasidagi kovalent peptid bog`i yuqori darajada mustahkamlik
beradi.
Peptid bog`i polipeptid zanjirning takrorlanuvchi qismi hisoblanadi va u bir
qancha xususiyatlarga ega bo`lib, bu xususiyatlar faqatgina birlamchi
strukturaning shakliga ega emas, balki polipeptid zanjirning yuqori darajada
tuzilishiga ham ta’sir etadi:
1) koplanarligi – peptid guruhga kiruvchi hamma atomlar bir tekislikda yotadi;
2) ikki xil rezonans (keto – yoki enol) shaklda bo`lish imkoniyatiga ega;
3) qo`shimcha guruhlar C-N-bog`larga nisbatan trans holatida bo`ladi;
4) vodorod bog`larini hosil qilishi, har bir peptid guruhi boshqa guruhlar, shu
jumladan peptid bog`lari bilan ikkita vodorod bog`i hosil qilishi mumkin.
Hozirgacha o`n minglab oqsillarning birlamchi strukturasi aniqlangan. Hosil
bo`lgan peptidning nomi aminokislota qoldiqlari nomidan tuziladi; bunda oxirgi
aminokislotadan boshqa hamma aminokislota nomlarining oxiri “il” ga
almashtiriladi, bunday nomlash N-uchki tomondan C-uchki tomonga qarab
boshlanadi.
Masalan,
leysilfenilalanilglutamillizin.
Oxirgi
C-uchki
aminokislotaning nomi o`zgarmasdan qoladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|