Lekin uchlamchi strukturaning bunday ko`rinishda bo`lishi fibrillyar oqsillar faqat
beta-struktura, globulyar oqsillar esa alfa-spiralga ega degan fikrga asos bo`la
olmaydi. Chunki shunday fibrillyar oqsillar borki, ular qatlam varaqchali ikkilamchi
strukturaga emas, balki spiral ko`rinishida bo`ladi. Masalan, alfa-keratin va
paramiozin
(mollyuskalarning
tayanch
mushaklari),
tropomiozin
(skelet
mushaklarining oqsili) fibrillyar oqsillarga kirib, ularning ikkilamchi strukturasi
alfa-spiral; aksincha, globulyar oqsillarda beta-struktura miqdori ko`p bo`lishi ham
mumkin.
To`g`ri polipeptid zanjirining spirallanishi uning o`lchamini 4 martaga; uchlamchi
strukturada taxlanishi esa 10 martaga ixchamlashtiriladi.
Uchlamchi srtukturani mustahkamlovchi bog`lar. Oqsil molekulasining fazodagi
shaklini mustahkamlashda uning polipeptid zanjirini tashkil qiladigan kuchli
(kovalent) va kuchsiz (qutbli, van-der-vaals) bog`lari ishtirok etadi. Bunda asosan
aminokislotalarning yon radikallari o`rtasida bog`lar hosil bo`ladi.
Kovalent bog`larga quyidagilar kiradi:
1) disulfid (-S-S-) bog`lari – polipeptid zanjirining turli qismlarida joylashgan
sisteinning yon radikallari o`rtasidagi bog`lar;
2) izopeptid yoki psevdopeptid – alfa-aminoguruhning emas, balki lizin,
argininning yon radikallaridagi aminoguruhlar bilan aminokislotaningalfa-
karboksil guruhi emas, balki asparagin, glutamin va aminolimon kislotaning yon
radikallaridagi COOH guruhlari o`rtasida hosil bo`ladigan peptid bog`lari;
3) efir bog`lari – dikarbon aminokislotalar (asparagin, glutamin
kislotalar)ning COOH guruhi bilan gidroksiaminokislotalar (serin, treonin)ning
OH guruhi o`rtasida hosil bo`ladi.
Kuchsiz bog`lar.
1. Qutbli bog`lar:
1) vodorod bog`lari – bir aminokislotaning yon radikalining –SH yoki NH2 , -
OH guruhlari bilan boshqa bir aminokislotaning karboksil guruhi o`rtasida hosil
bo`ladi;
2) ion yoki elektrostatik bog`lar – lizin, arginin, gistidin kabi aminokislotalarning
yon radikallarining – NH3 va asparagin, glutamine kislotaning – COO (-)
zaryadlangan guruhlari orasida yuzaga keladi.
2. Qutbsiz yoki van-der-vaals bog`lari – aminokislotalarning uglevodorod
radikallari o`rtasida hosil bo`ladi. Alanin, valin, izoleysin, metionin, fenilalanin
aminokislotalarining gidrofob radikallari suvli muhitda o`zaro ta’sirlashadilar.
Kuchsiz van-der-vaals bog`lari globulyar oqsilning ichida qutbsiz radikallardan
gidrofob yadro shakllanishiga olib keladi. Qutbsiz aminokislotalar qancha ko`p
bo`lsa, polipeptid zanjirning taxlanishida van-der-vaals bog`lari shunchalik katta
ahamiyatga ega bo`ladi. Oqsilning barcha biologic xossalari tabiiy konformatsiya
deb ataladigan mana shu strukturaning saqlanishiga bog`liq.
Uchlamchi strukturaning asosiy xususiyatlari. Polipeptid zanjirning uchlamchi
Dostları ilə paylaş: |