2.4. Maorif sohasidagi amaliy ishlar
Boshqa sohalarga nisbatan anchagina yaxshi tajribaga ega. Ayniqsa, O’zbekistonda kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi qabul qilingandan so’ng tashkil qilingan yangi tipdagi ta’lim muassasalari - akademik litseylar va kasb - xunar kollejlariga bir nechtadan psixologlar shtati kiritilgan va ular aynan tadbiqiy muammolar - bolaning o’quv jarayoniga psixologik jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo’lgan barcha muammolarni hal qilishga
«aralashadi». SHuning uchun respublikamizda shaxsni bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlarida o’qish faoliyatiga, kasbiy faoliyatga yo’naltira olishni diagnostika qilish markazlari tashkil etilgan. Bu o’z navbatida har bir shaxsning o’z tug’ma va orttirilgan qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltira olishi va namoyon eta olishiga imkon beradi.
Yuqorida e’tirof etilgan psixologiyaning tadbiqiy sohalari uchun umumiy narsa shuki, bu sohalarda
ishlaganlar avvalo yaxshi psixodiagnost, ya’ni psixologiya metodlarini o’z o’rnida samarali ishlatishni bilishi va yaxshigina psixoterapevt va psixokorrektor - ya’ni, aniqlangan muammo yoki «kasallikni» tuzatuvchi mohir professional bo’lishi kerakligini taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |