Referat sa`dullayev Zafarbek ning O`zbekiston jurnalistikasi tarixi fanidan " 2-jahon urushi davridagi O`zbek matbuoti "



Yüklə 387,84 Kb.
səhifə1/2
tarix20.04.2022
ölçüsü387,84 Kb.
#115404
növüReferat
  1   2
Referat sa`dullayev Zafarbek ning O`zbekiston jurnalistikasi tar


REFERAT

Sa`dullayev Zafarbekning O`zbekiston jurnalistikasi tarixi fanidan “ 2-jahon urushi davridagi O`zbek matbuoti “mavzusida yozgan referati

Reja :

1.KIRISH

2. 2-JAHON URUSHI DAVRIDAGI VAZIYAT

3.XULOSA

KIRISH

Vaqt hakam deydilar. Sobiq tuzum davrida qasddan amalga oshirilgan mudhish qatag‘onlar, jumladan, kollektivlashtirish, yer-suv islohoti, o‘rtahol dehqonning mol-mulkini tortib olish, o‘zini olis o‘lkalarga surgun qilish kabi jinoiy xatti-harakatlarning asl mohiyati zahmatkash olimlarimizning uzoq yillik mashaqqatli izlanishlari, ilmiy ekspeditsiyalar, arxiv materiallari hamda qonli qatag‘ondan bevosita jabr ko‘rgan kishilarning jonli xotiralarini o‘rganish natijasida oydinlashib bormoqda. Ko‘plab vatandoshlarimizning tabarruk nomlari tiklandi, jang maydonlarida, mehnat frontida ko‘rsatgan jasoratlari haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ldik.



Anqara universitetining «Dunyo va turklik» mavzuidagi simpoziumida 1987 yil 21—28 aprelda o‘qilgan nutq)

1935 yil oxirigacha Turkiston turklari Sovet Armiyasiga safarbar etilmas edi. 1935 yilda qabul qilingan «Sovet Armiyasiga safarbarlik» qonuniga asosan 1935-38 yillar ichida Qizil Armiya xizmatlariga turkistonliklar oz miqdorda olingandi. 1939 yil so‘ngida Sovet Ittifoqi bilan Finlyandiya orasida urush borganligi sabab bo‘lib turkistonliklardan Qizil Armiyaga askar olish orta bordi. 1941 yil iyun oyida Sovet Ittifoqi bilan Olmoniya orasida boshlangan urushning dastlabki yillarida (1941-43) Qizil Armiyada taqriban 4.847.775 turkistonlik bor edi. 18 bilan 65 yosh orasidagi turkistonliklar jabha xizmatiga safarbar qilindi. Turkistonliklar 1939-45 yillar orasida uzluksiz ravishda Qizil Armiya xizmatiga olinishidan oldin, Sovet rejimi Turkistondagi dastlabki siyosatining «mevasini» totayotgan edi. Stalinning «Davlat va kommunistik partiya idoralarini xalq dushmanlaridan va millatchilardan tozalash»ga oid ko‘rsatmasi bilan Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti qabul qilgan qaror asosida 1937-39 yillarda turkistonliklardan taqriban 2 millionga yaqin kishi qamoqqa olingandi. Bunday terrorlardan keyin, qo‘rqinchli yillar ta’siridagi turkistonliklar endi Qizil Armiya xizmatiga olinayotgan edi.

Ikkinchi jahon urushi paytlarida Qizil Armiyaga safarbar etilgan Turkiston turklarining sanog‘i to‘g‘risida to‘la ma’lumot yo‘q. Lekin, «Milliy Turkiston» Birlik Qo‘mitasining 1942-43 yillarda Olmoniya tomonida jabhada bo‘lgan «Turkiston legioni»ning askarlariga berilgan savollarga olingan javoblardan urush davrida Qizil Armiyada bo‘lgan turkistonliklarning sanog‘i borasida haqiqatga yaqin ma’lumot olish mumkin bo‘lgandi. To‘plangan ma’lumotlarga qaraganda, 1943 yilda Qizil Armiyaning 6 harbiy qismida, ya’ni, Minsk, Kiev, Moskva, Leningrad, Uzoq Sharq, Shimoliy Kavkazda 1.179.802 turkistonlik askar bor edi. Faqat Minsk va Kiev qismlarida 997.802 nafar edi.

Sovet Ittifoqining boshqa harbiy qismlarida bo‘lgan turkistonliklarning sanog‘i haqida ma’lumot olishning iloji bo‘lmagan. Olmon urushi doiralarining tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, Sovet Ittifoqi bilan Olmoniya orasidagi urushning ilk yillarida (1941-42) Sovetlarning G‘arbiy jabhasida taqriban 2 millionga yaqin turkistonlik askar bo‘lgan. To‘rg‘ay shahrida joylashgan Olmon harbiy asirlari Boshqarmasining 1943 yilda bergan ma’lumotiga ko‘ra, urushning ilk yillarida (1941-42) Sovet Armiyasidan 1.700000 ga yaqin turkistonlik olmonlar tomonidan asir olingandir.


Yüklə 387,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin