Internet va Zamonaviy arxeologik axborot sistemasi 23
II.3 GATda qo’llaniladigan grafikli ma’lumot formatlari.
Tasvirning skanerlanishi natijasida hosil bo’lgan kodlar bitlarini qattiq diskda saqlash uchun fayllardan foydalaniladi. Fayllarning ma’lum qoida asosida tuzish va xoxlagan dastur orqali ulardan ma’lumotlarni olish, tasvir kodlarini hosil qilish imkoni yaratilishi kerak. Demak, faylning shakli biror-bir shablon bo’lib, qaysi qatorlarni, belgilarni, sonlarni va b. qanday tartibda joylashganligini bildiradi. Ko’plab GIS lar rastrli tasvirlarni saqlash uchun o’zlarida mavjud formatlar ishlatiladi. Agar barcha ishlar bitta GIS da olib borilayotgan bo’lsa, formatlar ushbu GIS da kenglamasida tuzilishi kerak. Lekin ish jarayonida boshqa ma’lumotlar kerak bo’lsa, bu formatlardan foydalanib bo’lmaydi. Bunday vaqtda rastrli va vektorli formatlarni saqlay oladigan keng tarqalgan formatlardan foydalanish zarur. Bugungi kunda keng tarqalgan shunday formatlarning to’rtta turi mavjud.
Grafikli tasvirlarni Windows da saqlaydigan asosiy format VMR (ingl. - Bilmap), u oq-qora, rangli tasvirlarni saqlaydi. Bu formatning asosiy afzalligi – uning soddaligidir, shu sababli bu formatni barcha dasturlar o’qiydi. Uning asosiy kamchiligi – fayllari hajmining nihoyatda kattaligidir.
Malakali mutaxassislar Tiff (ingl. - tagged imaged fail fop mat) ishlaydilar. Bu format ҳoxlagan rangli tasvirni saqlashi mumkin, ma’lumotlarni siib tasvirlashi imkoniyatiga ҳam ega. Fayllarda tasvirlardan tashqari o’shimcha ma’lumotlarni saqlasa ham bo’ladi. Fayllarda ushbu afzallik – uning asosiy kamchiligidir, chunki ba’zi dasturlar qo’shimcha ma’lumotlarni o’qiy olmasligi va natijada tasvir hosil qilmasligi bir necha maratoba aniqlandi.
Fayllarning hajmini kamaytirish uchun ko’plab formatlar ma’lumotlarni siqish yo’llarini ishlab chiqmoqda. Ma’lumotlarni siqib tasvirlashda ish ularning sifati saqlab qolgan holda yoki sifati ko’rsatkichlarini kamaytirish bo’yicha borish mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan formatlardan tashqari, manbalarni siqib tasvirlaydigan, ularni Internen da tasvirlaydigan, kompyuter tarmoqlari orqali yuborish mumkin bo’lgan Gif (ingl. - grafits inderchange Format) formati mavjud. Bu formatning asosiy afzalliklari – ularning rasmni shaffof tasvirlash, animastiya tasvirlarini saqlash va h. k. Bu formatning asosiy kamchiligi – ranglar turlari kam farqlashligidir. Aerosuratlarni bu formatda saqlash mumkin emas. Agar tasvirni uzoq vaqt saqlash kerak bo’lsa JPEG (ingl. - Joint Picture Explort Group) ishlatiladi. Unda tasivrning sifati ancha past ifodalanadi. Shunga qaramasdan JPEG kompyuterda tasvirni qayta ishlashda keng qo’llanilmoqda. Yuqorida nomlari keltirilgan formatlarni turli vaqtlarda ishlatish mumkin. shuni ta’kidlash kerakki, agar kuchli maxsus dasturlardan foydalanilayotgan bo’lsa, unda bajarilgan ishlar faqat dasturning ichki formatlarida saqlanganligi ma’qul. Vektorli formatlarga misol tariqasida DXE, DMG, DX90, PIC, DGN larni keltirish mumkin.