Atmosferadagi havo namligi
Reja:
1.Suv bu g'ining atmosferaga o 'tishi. To'yingan bug' bosimi.
2.Havo namligini harakterlaydigan kattaliklar.
3.Suv bug ining parsial bosimi va nisbiy namlikning sutkalik va yillik
o'zgarishi.
1 Suv bu g'ining atmosferaga o 'tishi. To'yingan bug' bosimi.
Ma'lumki, butun yer sirtining 70 foizcha qismini suv qoplagan.
Atmosferada mavjud suv bug'ining asosiy qismi okean va dengizlarning
bug lanishidan hosil bo'ladi. Ko'llar, daryolar, suv havzalari, nam tuproq va o' simliklarning bug lanishidan ham atmosferaga ancha miqdordagi suv bug i o'tadi. Qor qoplami va muzliklarning bug' lanishi juda kam darajada bo'ladi. Bu misollardan ko'rinadiki, bug lanuvchi sirt turiga qarab bug lanish har xil jadallikda o'tadi. Bir joyning o'zida ham bug lanish haroratga bog' liq ravishda o'zgarib turadi.
Suv bug'lanishida havoning suv sirtiga yondoshgan qatlamlarida eng ko'p suv bug'i bo'ladi. Suv bug'i atmosferaning yuqori qatlamlariga asosan havo bilan birgalikda issiqlik konveksiyasi, turbulent aralashish va molekulyar diffuziya jarayonlari bilan ko'tariladi.
Havodagi suv bug ining miqdori joyning fizik-geografik sharoitlariga bog liq ravishda o'zgaradi. Bundan tashqari havodagi suv bug' ining miqdori yil fasllariga, sutka vaqtiga va ob-havo sharoitlariga bog liq. Shuning uchun ham havodagi suv bug ining miqdori ham o'zgaruvchandir.
Atmosferada uzluksiz ravishda bug lanishga teskari jarayon suv bug ining
havodan suvga, tuproqqa, o' simlik, qor va muz qoplamlariga o' tishi ham ro' y berib turadi.
Agar ajralib chiquvchi suv molekulalarining soni, qaytuvchi suv
molekulalari sonidan oshiq bo'lsa, natijaviy jarayon bug lanish bo ladi.
Bug' lanayotgan sirt ustidagi suv bug' ining miqdori ortgan sari birlik yuzadan vaqt birligida ajralib chiqayotgan molekulalarning soni, qaytib tushayotgan molekulalar soniga teng bo'lib qolishi mumkin, ya' ni bug lanayotgan muhit bilan uning ustidagi bug' orasida harakatli muvozanat vujudga keladi. Bunday holatdagi bug'ni to'yingan bug' deyiladi. Agar bug lanayotgan sirtdan uchib chiquvchi molekulalar soni, bug lanayotgan sirtga gaytib tushuvchi molekulalar sonidan kam bo'lsa, natijaviy jarayon - suv bug' ining kondensasiyasi bo' ladi.
Suv bug'i boshga gazlar kabi bosimga ega. Suv bug' ining parsial
bosimini ko'pincha suv bug' ining elastikligi deb ham yuritiladi. Havodagi mavjud suv bug' ining parsial bosimini e harfi bilan belgilanadi. Havoda suv bug'lari ortsa suv bug'ining parsial bosimi e ham ortadi. Suv bug'ining parsial bosimi e ni hozirgi vaqtda gPa (gektopaskal) birlikda o'Ichanadi.
Berilgan haroratda suv bug'ining parsial bosimi (elastikligi) biror maksimal E qiymatgacha ortishi mumkin va uni bug'ning shu haroratdagi maksimal elastikligi yoki to'yingan bug' (elastikligi) deb yuritiladi. Demak, eShunday qilib, havodagi suv bug'ining berilgan haroratda mavjud bo lishi
mumkin bo'lgan eng katta parsial bosimini to'yingan bug' bosimi deyiladi va E harfi bilan belgilanadi va uni ham gPa birlikda ifodalanadi.
Havoning harorati qanchalik yugori bo'lsa, to'yingan bug' bosimi ham
kattalasha boradi.
Masalan, harorat 0'S bo'lganda suvning tekis sirti ustidagi to'yingan bug'
bosimi 6,1 gPa ga, 10°S da esa 12,3 gPa ga, 20° da 23,4 gPa ga, 30°S da 42,4 gPa ga teng bo'ladi. Bu misollardan ko'rinadiki, harorat oshgan sari havo tobora ko'p suv bug' ini saglay oladi.
Musbat haroratlarda distirlangan suvning tekis sirti ustidagi to'yingan bug" bosimi faqat haroratga bog' liq. Manfiy haroratlarda esa u yana bug lanayotgan sirtning qanday (o'ta sovigan bug' yoki muz) holatda ekanligiga bog liq.
Biror haroratda muz ustidagi to'yingan bug" bosimi, xuddi shu haroratdagi o'ta sovigan suv ustidagi to' yingan bug' bosimidan kichik. Masalan, harorat -5°S bo'lganda o'ta sovigan suv ustidagi bug' bosimi 4,21 gPa, muz ustidagi bug bosimi esa 4,01 gPa ga teng. Demak, suv ustidagi bug'ning to' yinishi, muz ustidagi to' yinishga qaraganda ko' proq bosimda boshlanadi.
To'yingan bug' bosimi harorat va bug lanayotgan sirtning ganday fazaviy
holatda ekanligidan tashqari, bug lanayotgan sirtning egriligining turiga ham bog liq.
Qavariq sirt, masalan tomchi ustidagi to'yingan bug' bosimi, huddi shu
haroratdagi tekis sirt ustidagi to'yingan bug' bosimidan katta. Botiq sirt, masalan kapillyar naydagi suv sathi ustidagi bug' bosimi xuddi shu haroratdagi tekis sirt ustidagi to'yingan bug* bosimidan kichik bo ladi. Ammo bu farqlar radiusi 104dan kichik tomchilar ustida va tuproqdagi juda ingichka kapillyarlar ustida sezilarli bo'ladi.
2.Havo namligini harakterlaydigan kattaliklar.
Havo namligi suv bug' ining parsial bosimi, to yingan bug' bosimi, absolyut namlik,havoning nisbiy namligi, to' yinish etishmovchiligi, shudring nuqtasi kabi kattaliklar bilan tavsiflanadi.
Endi ularning har birini qarab chigamiz:
1.Suv bug' ining parsial bosimi (elastikligi) e deb - berilgan haroratda havo tarkibidagi suv bug'ining faqat o' zi, havo hajmiga teng hajmni egallaganida hosil qiladigan bosimiga aytiladi. Suv bug' ining parsial bosimi oldin aytganimizdek gPa birlikda o'Ichanadi.
2.To yingan suv bug' ining bosimi E - berilgan haroratda suv bug ining
mumkin bo'lgan eng katta parsial bosimi (elastikligi) dan iborat va u ham gPa birlikda ifodalanadi.
3.Absolyut namlik a deb - havoning hajm birligidagi suv bug' ining massasiga aytiladi. Havoning absolyut namligi g/m' birlikda ifodalanadi.
Absolyut namlik a bilan suv bug' ining parsial bosimi e orasida quyidagicha munosabat mavjud:
bu yerda: e - gPa birlikda ifodalangan suv bug' ining parsial bosimi
T - absolyut harorat
Masalan, 0°S (yoki 273 K) haroratda to' yinish holatida absolyut namlik a 44,9g/m ga teng.
4.Havoning nisbiy namligi O deb - mazkur haroratdagi suv bug'i parsial
bosimi e ning xuddi shu haroratdagi to'yingan bug' bosimi E ga nisbatiga aytiladi va foiz hisobida quyidagicha ifodalanadi:
F Quruq havoda eq0 bo'lganidan DI q0 teng bo'ladi, agar eqE bo'lsa O q100% bo'ladi. Demak, havo suv bug'iga to'yinganida nisbiy namligi 100 foizga.
Shunday qilib, nisbiy namlik havoning suv bug'iga to' yinishiga qanchalik
uzoq-yaqinligini tavsiflaydigan kattalikdir.
5. To' yinish etishmovchiligi d - berilgan haroratdagi to'yingan bug' bosimi Ebilan, havo tarkibidagi mavjud suv bug i parsial bosimi e ning ayirmasiga teng:d=E-e
To vinish etishmovchiligi d ni ham gPa birlikda ifodalanadi.
To yinish etishmovchiligi havoning berilgan haroratda suv bug' iga to'yinishi uchun mavjud bug' miqdoriga yana qancha bug' kerakligini bildiradi. Nisbiy namlik oshgan sari to yinish etishmovchiligi kamaya boradi, D q100% bo' lganda esa to' yinish nolga teng bo ladi.
e va E ning ta'riflaridan ko'rinadiki, e havodagi suv bug ining miqdoriga, E
esa havo haroratiga bog'liq. Shuning uchun to' yinish etishmovchiligi havoning harorat va namlik sharoitini ifodalaydigan kattalikdir.
6.Shudring nuqtasi ta deb havodagi mavjud suv bug ining to' yinish xolatiga
o'tish haroratini aytiladi. Nisbiy namlik D q100% bo'lganida havo harorati
shudring nuqtasi bilan mos tushadi.
Jadval bo'yicha to'yingan bug' bosimi 12,3 gPa bo'lsa, mazkur vaqtda
havoning harorati qandayligiga qaramasdan shudring nuqtasi 10°S ga teng bo'ladi,
chunki shu haroratda to' yingan suv bug i 12,3 gPa bosim beradi.
Demak, shudring nuqtasini aniqlash uchun suv bug'ining parsial bosimi e ni
bilish kerak. U holda to'yingan bug' bosimi jadvaliga qarab, e ning qiymati
bo'yicha, uning to'yingan bug ga aylanishi haroratini aniqlash lozim, xolos.
3.Hozirgi vaqtda havo namligini o'lchash uchun psixrometrik va gigrometrik
usullar eng ko'p go llaniladi.
Birinchi usulning nomi grekcha «psixros»-sovitish, sovuq so zidan kelib
chiqqan bo'lib, havo namligini aniglash uchun termometrlardan birini sovitish
Havo namligini aniqlash uchun qo'llaniladigan eng ko'p tarqalgan asboblar-
stansion va aspirasion psixrometrlarning ishlashi shu usulga asoslangan.
Psixrometr 2 ta bir xil bir-biriga yagin o' rnatilgan termometrlardan tashkil
Topgan va batistning ikkinchi uchini suvli idishga tushirilib qo'yilgan, chap tomondagi termometr «quruq» deb atalib, u atrofdagi havo haroratini ko'rsatadi. O'ng tomondagi termometr rezervuarini batist bilan o'ralib, batistning ikkinchi uchini suvli idishga tushirilib qo'yilganligi uchun «ho'llangan» termometr deb ataladi.
Ho' llangan termometr rezervuari sirtida bo'ladigan bug lanish jadalligi
atrofdagi havoning namligiga bog' liq. Havo qanchalik quruq bo'Isa, batist orqali suvning bug'lanishi shunchalik tez boradi va ho'llangan termometr ko'rsatishi quruq termometr ko'rsatishidan shunchalik past bo'ladi. Demak, quruq va ho'llangan termometrlar ko'rsatishlarining farqi havo namligini xarakterlaydi.
Stansion psixrometr meteorologik maydondagi psixrometrik budkada maxsus
shtativga tik (vertikal) holatda bir-biriga yaqin joylashtirilgan ikkita bir xil
psixrometrik termometrdan tashkil topgan.
Aspirasion psixrometr MV-4M ikkita psixrometrik termometrlardan iborat
bo'lib, ular metall g ilofga yonma-yon qilib joylashtiriladi. Bu psixrometrda ham o'ng tomondagi termometr rezervuarini o'Ichashlar vaqtida ho llaniladi.
Bu ikki turdagi psixrometrda o'Ichashlarda dastlab qurug va ho'llangan
termometrlarning farqiga qarab «Psixrometrik jadvallar» yordamida e ni
aniqlanadi. So'ngra e ning qiymatlariga maxsus tuzatmalar kiritiladi (Tuzatmalar kiritish tartibi laboratoriya mashg ulotlariga doir qo'llanmalarda tushuntirilgan).So'ngra e ning tuzatilgan qiymatlari asosida «Psixrometrik jadvallar» yordamida havo namligining boshqa xarakteristikalari aniqlanadi.
Havo namligini o'lchashning gigrometrik usuli yog sizlantirilgan odam
sochining gigroskopik xossalaridan foydalanishga asoslangan.
Soch tolali gigromometr MV-1 meteorologik stansiyalarda psixrometrik
budkaga o' rnatilgan. Bu gigrometrda ma'lum uzunlikdagi yog' dan tozalangan soch tolasi bo'lib uning bir uchi metall ramkaga mahkamlanadi, ikkinchi uchi esa еropik okeandagi va Nukus shahridagi suv bug'i parsial bosimining
gishda va yozda sutkalik o'zgarishining borishi. Ae qiymatlardan chetlanishi.
-O'rtacha sutkalik
Shuning uchun bug'lanish ham kuchayadi va yer sirti ustidagi bug' bosimi
ham ortadi. Soat 8-10 larda konveksiya etarli darajada rivojlangan bo'ladi. Yer
sirtiga yaqin suv bug'iga boyigan havo konveksiya sababli yuqoriga ko'tariladi,
uning o'riga esa ancha quruq havo egallaydi, natijada suv bug'i parsial bosimi
kamaya boshlaydi.
3.Suv bug ining parsial bosimi va nisbiy namlikning sutkalik va yillik
o'zgarishi.
Suv bug' ining vertikal almashinishi soat 14-16 larda eng kuchaygan bo ladi,
xuddi shu vaqtga suv bug'i bosimining minimumi to' g'ri keladi. Soat 14-16 lardan keyin bug' ning vertikal almashinishi kuchsizlanadi va quyi qatlamlardagi suv bugi parsial bosimi yana orta boshlaydi, quyosh botishiga yaqin esa ikkinchi maksimal qiymatiga erishadi.
Suv bug'i parsial bosimining yillik o'zgarishi quruqlik va okean ustidagi havo
haroratining yillik o'zgarishi bilan mos keladi. Shimoliy yarim sharda parsial
bosimning maksimal qiymati iyul oyida, minimal qiymati esa yanvar oyida
kuzatiladi.
O'zbekiston hududida suv bug i parsial bosimining taqsimlanishi quyidagicha
bo ladi: qishda (yanvarda) respublika tekisliklarining shimoliy qismida e ning
qiymatlari 3-4 gPa, janubiy qismida 5-6 gPa teng.
Ammo tog li qismida haroratning pastligi sababli e miqdori 1-2 gPa dan kam.
Yozda suv bug'ining parsial bosimining o'rtacha miqdori qishga nisbatan ko p
bo'lib, Orol dengizi bo' yida, Quyi Amudaryoda 19-25 gPa ga etsa, Qizilqumda 9-10 gPa ni tashkil qiladi. Demak, yozda e ning taqsimlanishi haroratdan tashqari yana sug'oriladigan erlarga, suv havzalari (daryo, kanal, suv omborlari, ko'llar)ning mavjudligiga ham bog liq.
Suv bug'i parsial bosimining sutkalik amplitudasi qishda 0,3-0,7 gPa ni,
yozda esa 1,0-5,0 gPa ni tashkil qiladi.
Suv bug'i parsial bosimining yer sirtidagi eng kam qiymatlari qishda
Antarktika va Yakutiyada uchrab, e ning qiymatlari gektopaskalning yuzlik
joylarda havoning nisbiy namligi ancha kam. Masalan, Chimyonda 59%,
Shoximardonda 55%.O'zbekistonda yozda (iyulda) haroratning yuqoriligi va yog' inlarning deyarli bo'Imasligi sababli havoning o'rtacha oylik nisbiy namligi Qizilqumda, Qarshi va Sherobod cho'llarida eng kam bo'lib, 30-35% ni tashkil etadi. Qolgan qismlarida esa o'rtacha nisbiy namlik 40-50% atrofida (Andijonda 46%, Chimyonda 48%) o'zgaradi.
Toshkent shahrida yanvarda o'rtacha oylik nisbiy namlikning sutkalik
o'zgarishida maksimum 77% mahalliy vaqt bilan soat 22 atrofida, minimum 58% esa soat 13 larda kuzatiladi. Toshkent shahrida iyul oyida o'rtacha nisbiy
namlikning sutkalik o'zgarishida maksimum 57% soat 04 larda, minimum 23% esa soat 13-16 larda kuzatiladi.
Havoning nisbiy namligi 30% va undan kam bo'lgan kunlarni qurg oqchil
kunlar deb yuritiladi. Uni bilish qishloq xo jaligi ishlab chiqarishida amaliy
ahamiyatga ega. Bunday kunlar respublikamiz tekislik qismida yil bo'yi o'rta
hisobda 100-200 kunni, eng janubda Sherobodda esa 200 kundan ham oshiq.
To' yinish etishmovchiligining o'zgarishida maksimum tushki paytdan keyin,
minimum esa ertalab quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi.
Masalan, Chimboyda yanvarda o'rta oylik to' yinish etishmovchiligining
sutkalik o'zgarishida maksimum 1,9 gPa soat 16° da, minimum esa 0,6 gPa soat 04-07 larda kuzatiladi.
Chimboyda iyulda o'кtacha oylik to'yinish etishmovchiligining sutkalik
o'zgarishida maksimum 37,2 gPa mahalliy vaqt bilan soat 16 da, minimum esa
ertalab soat 04 da kuzatiladi.
O'simlik goplami, ayniqsa ochiq va sokin ob-havoda havo namligiga kuchli
ta'sir ko'rsatadi. Qoplami ichida havoning kuchaygan (ortiqcha) namligi vujudga keladi, chunki o' simliklar juda ko'p suvni bug latadi va shu bilan erga yagin havo qatlamini suv bug' i bilan boyitadi.
Qoplam ichida havo namligining ortishiga bundan tashqari o' simliklarning
shamol tezligini ancha darajada kamaytirishi ham sabab bo' ladi. Qoplam ichida shamol tezligi kamaygaligi uchun nam havoning goplam tepasida ancha qurug havo bilan namlik almashinuvi qiyinlashadi. O'rmonlar havo namligiga sezilarli darajada ta' sir ko'rsatadi.
O'rmonlarda nisbiy namlik ochiq joylardagiga qaraganda doimo ancha
ko'proq bo ladi va bu farq 5-10 foizgacha etadi.
Yilning iliq davrida o'rmondagi havoning absolyut namligi ochiq daladagidan
yuqori bo'ladi, ammo qish davrida bu farq juda kam sezilarli darajaga tushib
qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.Xromov S.P. Meteorologiya va klimatalogiya giyagrafik fakultetlar uchun.L.Gidrometizdat 455 b
2.Vitkevich V.I. Selskoxozyaystvennaya meteorologiya. -M.: Kolos, 1966. -383 . 3.Guralnik I.I., Dubinskiy G.P.,Larin V. V., Mamikonova S. V. Meteorologiya. -L.:
Gidrometeoizdat, 1982. -440s.Glazirin G.E., Chanisheva S.G., Chub V.E. O'zbekiston iqlimining qisqacha ocherki. -Toshkent, O'OITGMI, 1999. -31 b.
4.Jo'raev O.J., A'zamov A.A., Tog 'aymurodov Y. T. Meteorologiyadan izohli
lug 'at. -T.: Xalq merosi, 2002. -415 b.
5.Jo 'raev O.J., Mo 'minov O.F., A'zamov A.A., Bilyalov R. B., Tog 'aymurodov
Y.T., Yuldasheva I.A. Ruscha o 'zbekcha meteorologik lug at (atamalar,
tushunchalar). -Toshkent. O'OITGMI, 1998.-250 b.
6.Zvereva R. Yu., Arg 'inboev H.A. Agrometeorologiyadan amaliy mashg'ulotlar.-T.: Mehnat, 1989. - 112 b.
7.Kobisheva N.V., Kostin S.I., Strunnikov E.A. Klimatologiya.-L.:
Gidrometeoizdat, 1980. -344 s.
8.Muhtorov T.M. Ertangi kun Ob-havosi. Toshkent- O 'OITGMI, 1999-154 b.
9.Kostin S.I. Kratkiy kurs meteorologii i klimatalogii dlya lesovodov. -L.: LTA:
1971.-185 s.
10. Xonnazarov A.A. O'rmonshunoslik.-Toshkent, 2000.-94 b.
Dostları ilə paylaş: |